9
chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-117-sonli, 2005-yil 28 sentyabrdagi «O`zbekiston
Respublikasi jamoat ta`lim axborot tarmog`ini yaratish to`g`risida»gi PQ-191-sonli
Qarorlaridan ko`zda tutilgan asosiy vazifa aholining kompyuter savodxonligini
oshirish hisoblanadi. Ushbu masalani hal etish uchun maktab, litsey, kasb - hunar
kollejlari hamda oliy o`quv yurtlarida kompyuter va axborot texnologiyalari bilan
ishlashga o`rgatish keng ko`lamda yo`lga qo`yilmoqda. Buning uchun, avvalo, bilim
dargohlari zamonaviy kompyuter texnikalarga ega maxsus xonalar bilan bir qatorda
“Inforomatika va axborot texnologiyalari” faniga bo`lgan talab ham ortmoqda.
Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib,
ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi
masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish,
ya`ni
inson
faoliyatining
barcha
sohalarida
axborotni
kompyuter
va
telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan
bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
"Axborot
texnologiyalari"
iborasidagi
"texnologiya"
so`zi
lotincha
"thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi.
Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom
ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslubar, metodlar va vositalar
yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob`yektining
dastlabki, boshlang`ich holatini o`zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun undan turli texnologiyalar orqali non,
bo`g`irsoq, tort va boshqa unli mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang`ich xom
ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot
mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining
ma`nosi saqlanib qoladi. Faqat unga "axborot" so`zini qo`shish mumkin. Bu narsa
axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish
mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiya - bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo`nalishda borishini ta`minlash uchun
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning
samaradorligini bildiradi. Bu esa tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi,
tuzilishi va shaklini o`zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi
axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot
texnologiyasini quyidagicha ta`riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: