Kompakt va flesh disklar
– kompyuterga axborotni kiritish, kompyuterdan
axborotni chiqarish va axborotlarni saqlash qurilmalari hisoblanadi. Kompakt disk
(kompakt - disk) - kompyuterga axborotlarni kiritish vositasi. U yana
kompyuterlararo axborotlarni almashish va saqlash kabi vazifalarni ham bajarib,
axborot tashuvchi vosita hisoblanadi.
7.1.
Kompakt disklar
. CD abbreviaturasi kompakt-disk, ya’ni boshqa disklarga
nisbatan kichiq o’lchamli plastik o’lchamga ega degan ma’noni anglatadi. CDning
standart o’lchami 120 millimetrni tashkil qiladi. Undagi axborot hajmi CD disklar
342
uchun 700 megabaytdan 900 megabaytgacha, DVD disklar uchun bir tomonlama
yozuvda 4,7 gigabaytni va ikki tomonlama yozuvda 9,4 gigabaytni tashkil qiladi.
Bundan tashqari kichiq diametrli o’lchami 80 mm bo’lgan 200 megabayt axborot
sig`imli CD lar ham mavjud.
Bu disklardan ikki xil yo’nalishda foydalanish mumkin, ya’ni, faqat yozuvchi
recordable (CD-R) va qayta yoziladigan rewritable (CD-RW). Dunyoda dastlabki
multmediali dasturlarning asosiy tashuvchilari bo’lib, CD-ROM lazer disklari
hisoblanadi. Tashqi ko’rinishidan Audio kompakt - diskdan farq qilmaydigan bu lazer
disklari - video, audio, matn, grafika va animatsiya ko’rinishdagi axborotlarni 900
megabaytgacha bo’lgan hajmini o’ziga sig`dira oladi.Masalan sig`imi 700 MBaytli
kompakt diskka 250000 sahifali matn yoki 8 metrli kitob javonidagi axborotlarni
joylashtirish mumkin. Bu imkoniyatlar, CD-ROM lazerli disklarni hayotda amaliy
jihatdan keng qo’llanishiga olib keldi. Kompakt disklardan ma’lumotlarni o’qish
lazerli nurlar yordamida amalga oshiriladi. Lazerli nurlar kompakt diskga kiritilgan
mikroyo`lakchalardagi axborotlarni o’qiydi.
CD disklar uchun CD-ROM (faqat o’qish uchun) va CD-RW (o’qish va yozish
uchun) qurilmalari kompyuterlarda kompakt disklardan axborotlarni o’qish va yozish
uchun o’rnatiladi. DVD- disklar uchun DVD -ROM (faqat o’qish uchun) va DVD -
RW (o’qish va yozish uchun) kabi qurilmalar ishlatiladi.
1.22-rasm. Kompakt disk.
7.2.
Flesh disk
. Bu hozirgi davrda - eng ommalashgan zamonaviy axborot
tashuvchisi va saqlovchisi. U katta hajmdagi ma’lumotlarni uzoq muddatli sifatli
saqlash imkoniyatiga ega. Axborot sig`imi (hajmi) 4 gigabaytgacha boradigan flesh
– xotiraning Flash File System fayl sistemasiga ma’lumotlarni 100 000
marotabagacha qayta yozish mumkin. Yuqori darajadagi ishonchliligi, mustahkamligi
va energiyani kam sarflash xususiyatlariga ega. Flesh – xotira kompyuterga USB
porti orqali ulanadi. Hozirga davrda diktofonlarda, pleerlarda, mobil telefonlarida,
raqamli fotoapparatlarda va boshqa qurilmalarda flesh – xotira keng qo’llanilmoqda.
1.23-rasm. Flesh disk.
343
Do'stlaringiz bilan baham: |