G2F
(Government to Foreigners) –
Davlat xorijliklarga
– bu tizimda,
Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga
tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza
masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi
nazarda tutiladi.
4)
G2B
(Government to Business) –
Davlat biznesga
– mazkur tizim esa,
yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil
rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish,
shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish,
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.
“Elektron hukumat” tizimi doirasida o`zaro munosobatning asosiy shakllari
quyidagilar hisoblanadi:
davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosoboti;
davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munisabati;
davlat organlarining o`zaro axborot munosabati.
“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish samaradorligining muhim
ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan
foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor
davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.
“Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat
xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi
lozim.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida yaxlit
statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona
228
siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir.
Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy
hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish,
qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi.
Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan Davlat
statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. Davlat
statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari, dasturiy-apparat
ta`minoti va telekommunikatsiya vositalarini o`zida mujassamlashtirgan Davlat
statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi shakllantirilgan.
Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda,
davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10
tasi interaktiv ko`rinishda
http://www.stat.uz
rasmiy sayti orqali amalga
oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni
maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam
ravishda ishlar olib borilmoqda.
“Elektron hukumat” tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha
statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini ta`minlash,
shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv
organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim
etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, “Elektron
hukumat” tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng
foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil
jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat
statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida
faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar
shakllantirilmoqda.
Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va
saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika organlarining
ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlari jarayonlari
esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi.
O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy
qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali –
www.gov.uz
bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga
tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib
ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa
davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning
229
yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan
ta’minlangan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hukumat portali –
www.gov.uz
dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq
qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal –
www.my.gov.uz
tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda
ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012 yil
so’ngida, ya’ni Yagona Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi
interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi.
Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga
ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |