majmuasini joriy qilish yo‘llari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirish va axborot
kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 30 may 2002 yilda
chiqargan qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish
to‘g‘risida”gi 6 dekabr 2002 yildagi 200 -sonli qarorlari asosida Moliya vazirligi
tizimida alohida dastur qabul qilindi va axborotlashtirish tizimining yanada keng
rivojlanishiga asos bo‘ldi. SHuning uchun 2010-2011 yillarda dasturiy majmua
yanada takomillashtirilib va rivojlantirilib borildi va uning markazlashgan versiyasi
yaratildi. Bu dastur, «UzASBO» - Byudjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan
buxgalteriya hisobi dasturiy majmuasi deb nomlandi. Dastur O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining topshirig‘i asosida vazirlikning Axborot hisoblash
markazi tomonidan qaytadan yaratildi. Bu dastur O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligining 2010 yil 17-dekabrdagi №105-sonli buyrug‘iga va byudjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 2169-sonli yo‘riqnomaga asosan
ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv makazi
179
tomonidan tuzilgan "UzASBO" dasturida amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar markazlashgan holda
saqlanadi va dasturdan foydalanish internet tarmog‘i korporativ tizim asosida amalga
oshiriladi. Moliya xodimlarida birlamchi va natijaviy xujjatlarni avtomatlashtirilgan
tarzda tayyorlash mumskin bo‘ladi. "UzASBO" dasturi har kuni g‘aznachilik dasturi
bilan ma’lumotlar almashinish imkoniyatiga egadir.
Dastur afzalliklari:
• Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan buxgalteriya hisobotlari va
metodik ko‘rsatmalar hamda 2169-sonli yo‘riqnomaga kiritiladigano‘zgartirish va
qo‘shimchalar dasturda namoyon bo‘ladi;
• Dastur WEB texnologiyaga asoslangan bo‘lib, axborotlar bazasi
markazlashgan holda saqlanadi;
• Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
• "UzASBO" dasturi g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlaralmashinish
imkoniyatiga ega;
• Barcha foydalanuvchilar dasturning oxirgi versiyasidan foydalanishadi;
• Ma’lumotlar bazasi maxsus serverlarda saqlanib har kunlik ma’lumotlar
arxivatsiya qilib turiladi;
• Foydalanuvchining kompyuteri nosoz holga kelganida ma’lumotlar
yo‘qolmaydi va foydalanuvchi boshqa kompyuterdan dasturda ishlashni davom
ettirish imkoniyatiga ega;
• Dastur internet brauzeri orqali amalga oshirilib, foydalanuvchi
kompyuteridan ortiqcha joy egallamaydi.
Dasturda asosiy vositalar deb, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini
yuritish to‘g‘risidagi 2169-sonli yo‘riqnomaga asosan, zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir
yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan moddiy
aktivlar hisoblanadi. "UzASBO" dasturiga parol va login orqali kiriladi. Dasturni
ishga tushirilganda dastlab uning bosh sahifasi chiqadi va ekranida uning asosiy
menyulari namoyon bo‘ladi:
180
Do'stlaringiz bilan baham: |