"elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari"



Download 15,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/525
Sana10.06.2022
Hajmi15,3 Mb.
#651197
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   525
Bog'liq
Axborot texnologiyalari. Pedins

 
 
 
4.2.1-rasm. MRP II tizimining funktsional bloklari 
 
Ishlab chiqarish va savdoni rejalashtirish
. Biznes-reja va talablar rejasi
Ishlab chiqarish quvvatiga talablarni rejalashtirish
. Odatda, bu modulda 
mavjud va talab etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash va solishtirish 
amalga oshiriladi. Kichik bo‘lgan o‘zgarishlar bilan nafaqat ishlab chiqarish 
quvvatlari uchun, balki, korxona ishlab chiqarish o‘rin almashish xususiyatiga ega 
boshqa turdagi ishlab chiqarish resurslari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. 
Mijoz buyurtmasi
. Bu erda mijozlarning mavjud talablari mahsulot ishlab 
chiqarish rejasi bilan mos qo‘yiladi. Haqiqatda, qabul qilingan ishlab chiqarish 
algoritmiga (omborga joylashtirish uchun ishlab chiqarish, buyurtmaga asosan ishlab 
Talabni rejalashtirish 
Manzillashtirish va 
ishlab chiqarish joriy 
quvvati 
Zahiralar 
darajasi 
Mahsulot 
xususiyatlari 
Ishlab chiqarish reja-
grafigi 
Materiallarga talablarni 
rejalashtirish 
Ishlab chiqarish va savdoni 
rejalashtirish 
Ishlab chiqarish quvvatiga 
talablarni rejalashtirish 
Mijozlar buyurtmasi 
Ishlab chiqarish bo’linmasi 
darajasida boshqaruv 
Natijalarni baholash 
Biznes-rejalashtirish 
yo’q 
Mavjud resrurslar etarlimi? 
Rejalarni bajarish mumkinmi? 
ha 
yo’q 
ha 


135 
chiqarish, buyurtmani loyihalashtirish) bog‘liq holda mijozlarning yangi 
buyurtmasini kiritish rejalashtirish jarayonlarigacha yoki undan keyin amalga 
oshirilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish bo‘linmasi darajasidagi boshqaruv
. Bu erda tezkor reja-
grafiklar shakllanadi. Rejalashtirish muddati katta emas - bir necha kundan bir 
oygacha.
Ijroni baholash
. Rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlarida tahrirlash 
kiritish uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha rejalarning haqiqatdagi ijrosi 
baholanadi.
MRP II tizimni keyingi rivojlantirishlar yangi sinfdagi – “Korxona resurslarini 
rejalashtirish” (Enterprise Resource Planning - ERP) tizimlariga qayta shakllantirish 
bilan bog‘liq. Bu sinfdagi tizimlar resurslari hududiy tarqalgan katta korporatsiyalarni 
boshqarish masalalarini echishda moliyaviy axborotlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan. 
Resurslarni olish, mahsulotni tayyorlash, jo‘natish va mijoz buyurtmalari bo‘yicha 
hisob-kitoblarida zarur bo‘lgan barcha jarayonlar uning tarkibiga kiradi. Bu sinfdagi 
tizimlar 1980 yillar oxiridan boshlab faol rivojlanib kelmoqda. ERP-tizimlar birinchi 
navbatda moliya va xodimlarni boshqarish bilan bog‘liq yangi funksional modullari 
bilan kengayib borishi bilan birga MRP II sinfidagi tizimlarni o‘z ichiga to‘liq 
qamrab oladi. Keyingi yilllarda ERP-tizimlarida moliyani boshqarish funksiyalarini 
qo‘llanishi rossiya va evropa tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro raqobatni avj olishiga olib 
keldi. Evropa tizimlari asosida rejalashtirish va prognozlashdan boshlab, faoliyatning 
barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilishgacha bo‘lgan jarayonlarni, ya’ni,
moliyani real boshqarishni qurish mumkin degan fikrlar mavjud bo‘lsada, mahalliy 
ishlab chiqilgan echimlar mamlakat haqiqiy holatiga yaxshi moslashgan bo‘ladi.
ERP tizimlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish masalalarini echishdagi 
yondashuvlar yaqin vaqtgacha MRP II tizimlari asosiga kiritilgan standartlar 
ko‘rinishda bo‘lgan. Qisqacha qilib, ishlab chiqarish jarayonlariga kalendar-reja 
modulida o‘rnatilgan me’yorlarini faol qo‘llashga asoslangan yondashuv deb aytish 
mumkin, rejalashtirishni optimallashtirish zaruriyati bilan raqobatga borishi bunday 
yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. An’anaviy MRPII/ERP-tizimlarida 
rejalashtirishning optimallashtirish elementlari faqat quyi darajada - tezkor 
rejalashtirish masalalarini echishda uchraydi.
MRPII/ERP tizimlarni joriy etish va hisoblash quvvatini o‘sishi, raqobatchilik 
muhiti sharoitlarida boshqaruvning yangi usullarini izlash natijasida 1990 yillar 
o‘rtasida MRPII/ERP tizimi standartlariga asoslangan “rejalashtirishning rivojlangan 
tizimlari” (Advanced Planning/Scheduling – APS) nomini olgan yangi sinfdagi 
tizimlar paydo bo‘ldi. Bu tizimlar rejalashtirish masalalarini echishda ishlab chiqarish 
jarayonlarida kalendar-reja o‘rnatilgan me’yorlari o‘rniga iqtisodiy-matematik 
usullarni qo‘llab borishi bilan farq qiladi. APS tizimi ananaviy MRP-rejalashtirishga 


136 
qo‘shimcha ravishda kiritish mumkin bo‘lgan alohida optimallashtiruvchi modullarni 
ifoda etadi. 
Bunday yondashuv murakkab ko‘p turdagi ishlab chiqarish uchun o‘ta samarali 
bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda, boshqaruv xodimining tabiiy ravishda malakaviy 
darajasiga yangicha talablar qo‘yadi.
MRPII/ERP konsepsiyalarini har bir lahzada shartli ravishda uch qatlamga 
ajratish mumkin. Birinchi qatlamda tajribada sinalgan va standartlar ko‘rinishida 
mustahkamlangan vosita va usullar joylashadi. AQSHda davlat, qisman, mudofa 
Vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan standartlar tizimi mavjud. Bu 
standartlarda davlat buyurtmalarini bajaradigan kompaniya axborot tizimlari uchun 
alohida talablar shakllantirilgan. Natijada shartnoma tuzish bosqichida byudjet 
xarajatlari to‘g‘ri tarqatilayotganligiga davlatning ishonchi ortadi, uni bajarish 
bosqichida esa bajarilish muddati va haqiqiy xarajatlar har tomonlama nazorat qilib 
boriladi.
Ikkinchi qatlam etarlicha barqaror xususiyatga ega bo‘lib, har doim 
qo‘llaniladigan usul va qoidalar majburiylik tavsifiga ega bo‘lmaydi. Ularni 
funksional tuzilishni chuqur tahlil etgan holatdagina aniqlash mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning asosiy tizimga kiritadigan yangi dasturiy 
mahsulotlari MRPII/ERP g‘oya va usullarining uchinchi qatlamiga kiritiladi. Bu 
mahsulotlar asosida foydalanilayotgan axborot texnologiyalari turli dasturiy mahsulot 
ishlab chiquvchilarning “nou-xou”larini o‘zida ifoda etadi va odatda, aynan shu 
qatlam dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi turli firma mahsulotlaridagi sezilarli 
farqlarni aniqlab olishga imkon beradi. Ba’zi yangi texnologiyalar yirik axborot 
tizimlarini qurish samaradorligiga jiddiy ta’sir etish xususiyatiga ega hisoblanadi. 
YAngi innovatsiyalar asosida tashkil etilgan korxonalarda tizimni qurishda 
etarli infratuzilish va uslubiyotning mavjudligi MRP II/ ERP turidagi boshqaruv 
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishda yuqori darajadagi samaradorlikka 
erishishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi baholashlarga ko‘ra, bunday 
tizimlarni joriy etilishi zahirada ushlab turish zaruriyatini 8-30% qisqarishiga, ishlab 
chiqarish unumdorligini 8-27% o‘sishiga, muddatida bajarilgan buyurtmalar sonini 7-
20% o‘sishiga olib keladi. Axborot tizimlarini rivojlantirilishi biznesni 
takomillashtirish talablarida ham o‘z aksini topadi. Aniq biznes-jarayondagi 
boshqaruv sifatini axborot jarayonlari, hujjat aylanishlar va boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishga tayyorgarlikni tezlashtirishga qo‘yiladigan talablarga mos holda 
oshirish zamonaviy axborot tizimlarini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy talablardan biri 
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, boshqaruvni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya va 
tizimlari biznes strategiyalarni ishlab chiqish, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, xodim 
bilan maqsadli yo‘naltirilgan ishlarda bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanib, korxona 


137 
strategiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli o‘ringa ega bo‘ladi. 
Jahon amaliyotida to‘plangan tajriba va usullarga asoslangan holda biznesni 
boshqarishni ko‘plab quvvatlashga yo‘naltirilgan integrallashgan axborot tizimlarini 
rivojlantirish konsepsiyasini yaratish istiqbolli boshqaruvni avtomatlashtirilgan 
axborot texnologiya va tizimlarini yaratishning bosh mezoni hisoblanadi. 

Download 15,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish