O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

yuritish xususiyatlari
270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi
ishlarni ko‘rish tartibi
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sud
ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga
olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da’vo arizasi bilan sudga
murojaat etish muddatlari
Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi fuqaroning
o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan
paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risida da’vo arizasi berishning
uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
270 -modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi
da’vo arizasining shakli hamda mazmuni
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ushbu
Kodeksning 
189-moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Da’vo arizasida quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat
birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor
shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;
2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan
harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
3) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli
buzilayotgan o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi
qonunchilikka zid bo‘lsa, o‘sha qonunchilik;
(270 -modda ikkinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) da’vogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish
to‘g‘risidagi talabi.
Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 
191-moddasida 
ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek
nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish