O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

237-modda. Ashyoviy dalillarni tekshirish
Ashyoviy dalillar sud tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur
hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi.
O‘ziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki
bu holatlarga sudning e’tiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga
kiritiladi.
Ushbu Kodeksning
76

93

103

104
va 
239-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda tuzilgan
ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish bayonnomalari sud majlisida o‘qib eshittiriladi, shundan keyin
ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishi mumkin.
238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish
Xususiy tusga ega bo‘lgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni
tekshirish chog‘ida ushbu moddaning qoidalari qo‘llaniladi.
Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun
maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish
manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan
keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish to‘liq yoki qisman
takrorlanishi mumkin.
Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud ma’lumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan
mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin.
239-modda. Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish
Sudga olib kelish imkoni bo‘lmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda ko‘zdan
kechiriladi va tekshiriladi. Joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi
shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan
holda amalga oshiriladi.


Raislik qiluvchi ko‘zdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi
to‘g‘risida e’lon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha olib boriladi.
Ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko‘zdan kechirish
paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning
ko‘zdan kechirish vaqtida olingan ko‘chirma nusxalari, yozma va ashyoviy dalillarning videoyozuvlari,
fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish