O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish tartibi



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

119-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish tartibi
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest)
berilishi mumkin.
120-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
Ish yuritish to‘xtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan
tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli
emas, bundan da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
121-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topganidan keyin ishda
ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda
chaqiradi.
Ish yuritishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
11-bob. Arizani ko‘rmasdan qoldirish
122-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1
1


1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan
berilgan bo‘lsa;
3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida
ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan
ish mavjud bo‘lsa;
4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida
hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;
5) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv
bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni
hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv
bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq
to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;
8) xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining
roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;
9) da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9 ) da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs
tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa va bunda uchinchi shaxslarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa;
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli 
Qonuniga 
asosan 9 -
band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
10) da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan,
basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
10 ) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish
tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
10 ) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar
uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
10 ) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuniga 
asosan 10 ,
10 va 10 -bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y.,
03/19/531/2799-son)
11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan
muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda
tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish