1
MUNDARIJA:
KIRISH
....................................................................................................................2
I BOB. ANTROPOLOGIK TUSHUNCHALAR VA ANTROPOGENEZ
HAQIDAGI QARASHLARNING RIVOJLANISH TARIXI.............................5
1.1
Antropologik tushunchalar. Antropologik yondashuv: tamoyillar................5
1.2 Antropogenez haqidagi qarashlarning rivojlanish tarixi..............................17
II BOB. ANTROPOLOGIYANING ASOSIY TADQIQ OBYEKTLARI VA
ZARAFSHON VOXASI ANTROPOLOGIYASI..............................................21
2.1 Antropologiyaning asosiy obyektlari..........................................................21
2.2 Zarafshon voxasi antropologiyasi................................................................27
XULOSA ...............................................................................................................37
ADABIYOTLAR RO'YXATI .............................................................................38
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining
“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak
ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida
e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”
1
,
- deb ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan
hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida
talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa
hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi,
mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga
qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars
mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida
mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib
borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan
bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan
o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
1
O'zbekiston respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov
3
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo
bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar
to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi.
Katta qurilishlardao`tkaziladigan er qazish ishlarida arxeologiya buyumlariga
ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi. Arxeologiya fani hali
boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor
qozongan va hammani qiziqtirgan fandir. Tarixchilikning katta yutuqlaridan biri
arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining
turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi.
Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi: 1.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm
davri. Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga
yaqinlasha boradi. SHu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat,
ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy
jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi.
O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish
usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda
ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta
Osiyoga aholi eron va Shimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin
qilinar edi. quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib,
so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining hayotida o`zgarish
bo`lmagan, deb uqtirilar edi. Bundan tashqari jamoat o`lkashunosligiga mustaqil
ravishda tanga pullarni o`rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni
o`rganuvchilar sfragistlar, tamg`a (gerb)larni o`rganuvchilar — geraldistlar, tosh,
metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni o`rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski
asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi narsalarni to`plovchilar ham
uyushadi. Maktab o`lkashunosligi esa maktablarda tarih inson va jamiyat fani
o`qituvchilarining
bevosita
rahbarligida
tashkil
qilinadi.
Maktab
4
o`lkashunosligining a`zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli va a`lochi
o`quvchilaridan tuzilib, ular o`lka materiallarini to`rt guruhga bo`lingan holda
to`playdilar. To`plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari
maktab o`lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi. Maktab
o`lkashunosligi ta`lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish
tajribasi bilan uzviy bog`liq holda o`rganadi. O`qitish jarayonida o`lka
materiallaridan o`rinli foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasi tarixini bilib olishga,
chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo`lgan qiziqishini orttiradi va kelgusi
hayot yo`lini tanlab olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |