Bozorning afzalliklari:
resurslarning samarali taqsimlanishi;
moslanuvchanlik, o‘zgaruvchi sharoitlarga yuqori darajada moslashish;
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning tanlash va harakat erkinliklari;
ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini maksimal darajada ishlatish;
xilma-xil talablarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish salohiyati.
Bozorning salbiy tomonlari:
qayta tiklanmaydigan resurslarning saqlanishiga yordam bermaydi;
qabul qilinayotgan qarorlarning potensial salbiy oqibatlarini ko‘pchilik holatlarda
hisobga olmaydi, inkor etadi;
tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun rag‘batlar yaratilmaydi;
to‘liq bandlikni va narxlarning mo‘‘tadil darajada bo‘lishini kafolatlamaydi;
fandagi tadqiqotlarning ta’sirchan asoslanishini ta’minlamaydi;
tegishli rezession va inflyatsiya jarayonlari bilan birga rivojlanishi
nomo‘’tadil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |