Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/77
Sana15.05.2021
Hajmi0,8 Mb.
#64408
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Tabiatdan 
foydalanishning 
iqtisodiy 
chora-tadbirlari. 
Bizning 
mamlakatimizda  uzoq  vaqt  davomida  tabiatdan  foydalanish  bepul  bo’lgan. 
Korxonalar  yer,  suv  va  boshqa  tabiiy  resurslardan  foydalanishgan,  atrof  muhitni 


ifloslantirganlar  va  buning  uchun  hech  qanday    to’lov  to’lamaganlar.  Faqatgina 
atrof  muhitning  juda  kuchli  ifloslanishi  kuzatilgan  ayrim  hollarda  korxonalar 
jarima  to’lash  bilan  cheklanganlar.  Tabiatdan  xo’jasizlarcha  foydalanish  ekologik 
inqiroz  vaziyatlari  vujudga  kelishining  asosiy  sababi  hisoblanadi.  Tabiiy 
resurslarni  qidirish,  qazib  olish  va  atrof-  muhitni  muhofaza  qilish  xarajatlari 
davlatning  zimmasida  bo’lgan.  Lekin  hozirgacha  bu  xarajatlar  tabiiy  muhitga 
yetkazilgan  zarardan ancha kam va  farq chuqurlashib bormoqda.  
Tabiiy  resurslardan  foydalanish,  atrof-muhitni  ifloslaganligi,  chiqindilarni 
joylashtirgani  va  boshqa  ta’sir  turlari    uchun    to’lovlarni  joriy    qilish  iqtisodiy-
ekologik  muammolarni  hal  qilishning  samarali  yo’li hisoblanadi.   
Iqtisodiy  uslublardan  foydalanib  xalq  xo’jaligiga  yetkazilayotgan  ekologik 
ziyonni  baholash mumkin.  Bu quyidagi  formula  orqali ifodalanadi: 
Z
xx
q Z
a
Q Z
q
 Q Z
k
 Q Z
s
 
Bu yerda:  Z
xx
-  xalq xo’jaligiga  ziyon; 
               Z
a
- aholi salomatligiga  ziyon; 
               Z
q
- qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligiga  ziyon; 
               Z
k
 – kommunal, turar joy, maishiy xo’jalikka  ziyon; 
               Z
s
 – sanoat, transport va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlariga ziyon.    
Tabiatga  foyda  keltiradigan,  uning  holatini  yaxshilaydigan  faoliyati  uchun 
korxonalar, muassasalar tashkilotlar  va alohida  shaxslarga turli  imtiyozlar  beriladi. 
«Tabiatni  muhofaza  qilish  to’g’risida»gi  qonunga  muvofiq  O’zbekistonda  
tabiatni  muhofaza qilishni  ta’minlashning  iqtisodiy tartiboti: 
-tabiiy  resurslardan  maxsus  foydalanganlik  uchun,  atrof  tabiiy  muhitni 
ifloslantirganlik  (shu  jumladan  chiqindilarni  joylashtirganlik)  va  atrof  tabiiy 
muhitga  boshqacha tarzda zararli ta’sir ko’rsatganlik  uchun to’lov undirishni; 
-kamchiqitli  va  resurslarni  tejaydigan  texnologiyalarni  joriy  etilganida,  tabiatni 
muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslarni  qayta  tiklashda  samara  beruvchi  faoliyat 
amalga  oshirilganida  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga    soliq,  kredit 
imtiyozlari  va o’zga imtiyozlar  berishni; 
-ekologiya  nuqtai  nazaridan  xavfli  texnologiyalarni  qo’llaganlik  va  o’zga 


faoliyatni  amalga  oshirganlik  uchun  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga 
nisbatan maxsus soliqlar joriy  etishni; 
 -tabiiy  muhitning  qulay  holatini  buzgan  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar 
va fuqarolar zimmasiga  uni  tiklash  vazifasini  yuklashni; 
-tabiat  ob’ektlarini  buzish  yoki  yo’q  qilib  yuborish  oqibatida  yetkazilgan  zarar 
uchun belgilangan  tartibda tovon puli undirishni  va boshqalarni ko’zda tutadi‖. 
Ushbu  qonunga  muvofiq  tabiatdan  maxsus  foydalanganlik  uchun  to’lovlar 
atrof  tabiiy  muhitni  ifloslantirganlik  (ifloslantiruvchi  moddalarni  chiqarganlik, 
oqizganlik  va  chiqindilarni  joylashtirganlik)  uchun  to’lanadigan  to’lovlardan, 
tabiiy  resurlarni  muhofaza  qilganlik  va  qayta  tiklaganlik  uchun  to’lanadigan 
to’lovlardan  iborat  bo’ladi.  Atrof  tabiiy  muhitga  ifloslantiruvchi  moddalar 
chiqarganlik  va  oqizganlik  hamda  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  chiqindilarini 
joylashtirganlik  uchun  to’lov  tabiatni  muhofaza  qilish  jamg’armasiga  kelib  tushadi 
va uning  bir qismi ekologik  maqsadlarga sarflanadi. 
O’zbekistonda  atrof  tabiiy  muhitni  belgilangan  normativ(limit)dan  ortiqcha 
ifloslantirganlik 
(ifloslantiruvchi 
moddalarni 
chiqarganlik, 
oqizganlik 
va 
chiqindilarni  joylashtirganlik)  uchun,    normativ  ifloslantirganlik  va  tabiiy 
resurslardan  nooqilona,  kompleks  bo’lmagan  foydalanish  uchun  to’lovlar 
mavjuddir.   
O’zbekiston  Respublikasida  atrof  tabiiy  muhitning  ifloslanishi  va  tabiiy 
resurslar  sifatining  yomonlashuvi  oqibatida  zarar  yetishi  hollarini  nazarda  tutib 
korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  mol-mulki  hamda  daromadlari, 
fuqarolarning  hayoti,  salomatligi  va  mol-mulki  ixtiyoriy  hamda  majburiy  sug’urta 
qilinadi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish