Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

no
m


 
Logistik tizim 
Qisqacha 
nomi 
Inglizcha tafsiloti 
O„zbekcha tafsiloti 
E
h
ti
y
o
jl
ar

res
u
rs
lar
n

rej
al
as
h
ti
ri
sh

MRP-1 
(MRP-1) 
Materials 
Requirements 
Planning 
Materiallar 
ehtiyojini 
rejalashtirish 

DRP 
Distribution 
Mahsulotlar 
taqsimotini 


136 
DRP 
Requirements 
Planning 
rejalashtirish 

Djast in 
taym (LT) 
Just in time 
“Aniq muddat” - detallar 
talabini 
aniq 
hisobga 
olishning tashkiliy usuli 

Kanban 
(Kanban) 
Kanban 
Oqimli 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
mahsulot 
miqdorini operativ tartibga 
solish 

OPT 
(OPT) 
Optimized 
production 
technologies 
Optimizatsiyalashgan ishlab 
chiqarish texnologiyalari 

MRP-2 
(MRP-2) 
Manufacturing 
Requirements 
Planning 
Ishlab chiqarish resurslarini 
rejalashtirish 
“K
am
d
o
ira
d
a”

LP (LP) 
Leal Production 
“Kam 
doirada” 
ishlab 
chiqarish 
konsepsiyali 
aralash tizimlar guruhi 
T
al
ab
g

mo
sl
as
h
u
v
ch
an

DDT 
(DDT) 
Demand Driven 
Techniques 
Talabga 
moslashish 
konsepsiyasi: 
1.Buyurtmaning eng yuqori 
nuqtasini aniqlash. 
2.Shoshilinch moslashuv. 
3.Uzluksiz to„ldirish. 
4.Zaxiralarni 
avtomatik 
to„ldirish. 
Logistikaning tizim sifatidagi dastlabki shakllanish davri “tortuvchi tizim” 
mezoniga asoslanilgan. “Tortuvchi tizim” texnologik operatsiyalarning qat‟iy 
grafigiga amal qilmaydigan, ayni chog„da detal va yarimfabrikatlarga bo„lgan talab 
taqsimot kanallari buyurtmasining zaruratiga qarab, tashkil etiladigan ta‟minlash 
tizimi hisoblanadi. Bu turdagi eng ommalashgan tizimlar jumlasiga “Aniq muddat I” 
va “Aniq muddat II”, “Nol zahirali ishlab chiqarish”, “Kanban tizimi” kabilar kiradi. 
“Aniq muddat tizimi”. Ushbu tizimning konseptual asoslari dastlab XX asr 50 
yillarida “Tayota motors” (Yaponiya) kompaniyasidagi avtomobil sanoatida ishlab 
chiqilgan. U amerikaliklar tomonidan o„zlashtirila boshlangach, LT (Lz1- t Lte) deb 
nomlangan. XX asr 60 yillariga kelib, bu kompaniya mazkur logistik tizimni yangi 
avtomobil tayyorlashda tadbiq etish hisobiga asosiy logistik tsikl vaqtini bir oygacha 
qisqartirishga erishgan. Bu paytda avtomobil tayyorlash tsikli amerikaliklarda 6-9 
oyni tashkil etgan. 
Tizimning ko„pchilik kompaniyalarga tadbiq etilishi tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulot zahiralari kamayishiga, olib kelgan. 
Xarajatlarning tejalishiga, texnologik liniyadagi buzilishlar barham topishiga 


137 
bozor talabidagi tebranishlarga moslashishiga olib kelgan. 
Moddiy xomashyolarni vaqtida va zarur miqdorda yetkazib berish tufayli 
mahsulot sifati yaxshilangan. Ombor binolarining bo„shagan qismlaridan boshqa 
ehtiyojlarni qondirishda foydalanilgan. Ushbu tizim ta‟minlash, ishlab chiqarish va 
sotish jarayonlaridagi zahiralar minimallashuvini muvofiqlashtirgan. 
“Aniq muddat II” konsepsiyasida esa, turli variantli kombinatsiyalarning 
zamonaviy integratsiyalashgan tizimi barpo etilgan va quyidagilar hisobga olingan: 
- logistik kanallardagi minimal zahiralar; 
- talab etadigan hajmdagi zairalar darajasiga tezkor moslashuv; 
- mahsulot sifati tsiklini boshqarish; 
- umumiy statistik nazorat; 
- zahiralarning kritik nuqtasidagina buyurtma berish va boshqalar. Bunda 
zahiralarni minimallashtirish uchun logistik operatsiyalar integratsiyalashgan, 
sifatning yuqori darajasiga, o„zaro ishonchga va samarali servisga erishilgan. 
Logistik operatsiyalarning tobora takomillashuvi “Nol zahirali ishlab chiqarish 
tizimi” darajasini ta‟minlagan. Bundan omborlardan voz kechish ko„zda tutilgan. 
Moddiy-texnika ta‟minoti va ishlab chiqarish texnologiyasi qo„shimcha ishlab 
chiqarish va zahiralarga barham bergan. 
Ushbu tizimning an‟anaviy yondashuvlardan farq qiluvchi ko„rsatkichlari 
jumlasiga quyidagilar kiritilgan: 
- moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot 
zahiralarining nol zahiralari; 
- zahiralarni sug„urtalashning bekor qilinishi; 
- ishlab chiqarish tsiklining qisqarishi; 
- ta‟minot va tayyor mahsulot hajmining katta emasligi; 
- ishonchli ta‟minotchilar va tashuvchilar bilan munosabat o„rnatish; Nol 
defektli sifatni boshqarish falsafasi; 
- tayyorlash, ishlab chiqarish va mahsulot sotishning barcha bosqichlarini 
sinxronlashtiruvchi samarali axborot bilan qo„llab-quvvatlash. 
Tortuvchi tizimning eng takomillashgan shakli “Kanban” tizimi hisoblanadi. 
Ushbu tizim tebranuvchi takror ishlab chiqarish talablariga tez moslashuvchan va 
sug„urtalanadigan zahiralarsiz tashkil etilgan tizimdir. Uning natijasi ishlab 
chiqarishni qayta tashkil etishga moslashuvchanlik, raqobatbardoshlik ortishi, tannarx 
pasayishi ta‟minlanadi. 
Ayniqsa, bevosita texnologik jarayonlar davridagi sifatni nazorat qilish 
xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sifatni nazorat qilishning Amerikada 
tadbiq etilgan tizimi amerikalik mutaxassis “Dening” sharafiga “Dining tsikli” nomi 
bilan shuhrat topgan. Tizim bora-bora asbob-uskunalar unumdorligini oshirgan holda 
ularning yuqori sifatda ishlashini tashkil etuvchi va ishlab chiqarish quvvatlari 
samarali ishlashini uyg„unlashtiruvchi tizimga aylandi. 
Yaponiya mashinasozlik korxonalaridagi raqobatbardoshlikni ta‟minlagan ushbu 
tizimning asosiy ko„rsatkichlari quyidagilar: 
- logistik tsiklning qisqarishi; 
- aylanma mablag„lar aylanuvchanligining jadallashuvi; Ishlab chiqarish 


138 
zahiralariga ehtiyojning kamayishi; Tovar zahiralarining kamayishi; 
- sug„urtali zahiralardan voz kechish; Mahsulotlar sifatining yaxshilanishi. 
Ushbu tizim samaradorligining asosiy shartlari: 
- ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish; 
- ta‟minotchilarning boshlang„ich moddiy resurslari sifati nazorati; 
- ishonchli ta‟minotchilar bilan hamkorlik; 
- jamoa a‟zolarining mehnatga munosabatidagi yuksak axloqiylik. 
Mazkur tizim yuqorida ta‟kidlanganidek, tortuvchi tizimlar evolyutsiyasining 
yuqori bosqichi hisoblanadi. Agar “itaruvchi tizimlar” tafsilotiga to„xtalsak, ularning 
faoliyati “ehtiyojlar/resurslarni rejalashtirish” konsepsiyasiga asoslanadi. Bu 
konsepsiya asosidagi tizimlar ham XX asrning 50 yillarida shakllana boshlagan. 
Xususan, MRP-1, MRP-2, DRP-1, DRP-2 kabilar shular jumlasidandir (yuqoridagi 
5.1-jadval). Ushbu ishlab chiqarish logistik tizimda nafaqat moddiy resurslar va 
yarim fabrikatlar, balki tayyor mahsulotlar ham distribyutorlar tarmog„igacha surib 
boriladi. Bunda ishlab chiqarishdagi uzilishlar, majburiy sug„urtaviy zahiralarga 
talabning o„zgarishi hisobga olinadi. Biroq aylanma mablag„lar aylanishining 
sekinlashuvi tannarx ortishiga olib keladi. Bu tizim “tortuvchi tizim”dagiga nisbatan 
ta‟minotchilar ishonchsizligi va talabning tebranuvchanligi sharoitida barqarorlikka 
intiladi. Qolaversa, bu tizimning zaif jihati shundaki, unda talabni kuzatishga doir 
e‟tibor har doim etishavermaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “itaruvchi tizim” 
quyidagicha ta‟riflanadi: 
“itaruvchi tizim” – detallar, komponentlar va 
yarimfabrikatlarning oldingi texnologik operatsiyadan keyingisiga o„tishi qat‟iy 
belgilangan va rejalashtirilgan grafik asosida amalga oshiriladigan tizim. Uning 
dastlabki shakllaridan bo„lgan MRP-1 va MRP-2 asosan, moddiy resurslar oqimi 
ta‟minotini rejalashtirishga xizmat qiladi. MRP-1 ga XX asrda kompyuter ixtirosidan 
so„ng 50-60 yillarda asos solingan. O„tgan asrning 80 yillariga kelib esa, yillik savdo 
hajmi 15 mln. AQSh dollardan yuqori bo„lgan Amerika korxonalarining asosiy kismi, 
Buyuk Britaniyadagi har uchta korxonadan bittasi ushbu tizimdan foydalangan. 
Moddiy resurslarga zarurat iste‟molchilarning aniq buyurtmalari va qat‟iy ishlab 
chiqarish grafiklari asosida ta‟minlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari 
rejalashtirilgan. Bulardan so„ng logistik protseduralar va qoidalar tayyorlangan. 
Pirovard mahsulotning miqdori va tayyorlash muddati MRP faoliyati uchun asos 
bo„lgan, MRP faoliyatidagi ko„rsatkichlar esa, o„rta va uzoq muddatli istiqbolga 
mo„ljallangan bo„lib, qisqa muddatdagi o„zgarishlarga moslashishi qiyin kechgan. 
Bu esa, ortiqcha ishlab chiqarish va sug„urtalangan zahiralar yaratishni talab 
etgan. Logistik tsikl qisqarishi uchun iste‟molchi talabi o„zgarishiga qaror qabul 
qilish muhlati bir paytda hisobga olinishi kerak bo„lgan. Umuman, aylanma 
mablag„lar aylanuvchanligi pasaygan. 
MRP ning zaifliklariga MRP-2 da barham berilgan. Chunonchi: 

zahiralar 
boshqaruvining 
logistik 
xarajatlarini 
rejalashtirishda 
moslashuvchanlik va talab o„zgarishiga zudlik bilan munosabatda bo„lish 
ta‟minlangan; 
- tizim tarkibida talabni boshqarish va istiqbolni belgilash blokining faoliyati 
yo„lga qo„yilgan; 


139 
- tizimdagi logistik oqimni nazorat qilish uchun qiymati 10 mingdan 100 ming 
AQSh dollarigacha bo„lgan 100 dan ortiq amaliy dasturlar tadbiq etilgan. 
MRP-1 va MRP-2 tizimlari moddiy-texnika ta‟minotida va ishlab chiqarishni 
tashkil etishda ustuvorlik bilan tadbiq etilgan bo„lsa, distribyutsiya tizimida DRP-1 va 
DRP-2 tizimlari qo„llanilgan, DRP II tizimida logistik va marketing funksiyalari 
birgalikda rejalashtirilgan va moslashtirilgan: 
- bozor konyunkturasi istiqbollari ishlab chiqilgan; 
- zavod-ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy va markaziy omborlardagi 
zahiralari darajasi, ta‟minot miqdori va manzili rejalashtirilgan; 
- tayyor mahsulotlar zahiralarini boshqarish va saqlashdagi logistik xarajatlar 
optimallashtirilgan; 
- tayyor mahsulotlarni yetkazib berish muxlati qisqargan. DRP-1 tizimida 
quyidagi zaifliklarga ham yo„l qo„yilgan: 
- tovar o„tkazish tarmog„idagi har bir tayyor mahsulot kanalining to„liqligi va 
jo„natish istiqbolidagi aniq hisob zarurligi; 
- zahiralar rejalashtirilganda buyurtmalar tashish va ishlab chiqarish 
ko„rsatkichlarining o„zaro ishonchliligi talab etilishi; 
- ishlab chiqarish grafigi va taqsimot rejasidagi o„zgarishlar bilan bog„liq 
bo„lgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tebranishlarining mavjudligi; 
- distribyutiv tarmoqda tayyor mahsulotlar uchun sug„urtalangan zahiralar 
zarurligi. 
DRPning 
bunday 
zaifliklarini bartaraf 
etishda 
mahsulot 
taqsimotini 
boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan DRP-2 dan foydalaniladi. Mahsulot 
taqsimotini boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan ushbu tizimda: 
- tayyor mahsulot istiqboli; 
- talabning o„rtacha va uzoq muddatli istiqboli; 
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning o„rta va uzoq muddatli rejalari 
ishlab chiqilishi; 
- tizim tarkibidagi ombor xo„jaligi, xodimlarning tashkiliy asoslari, servisni 
boshqarish kabilar ishlab chiqarish dasturi bilan muvofiqligi; 
- real vaqt rejimida ishlashi kabilarning ahamiyati. 
MRP-1, MRP-2, DRP-1 va DRP-2 kabi logistik tizimlar ehtiyoj/resurslarni 
rejalashtirish konsepsiyasininng birinchi yo„nalishdagi tizimlari hisoblanadi. Ushbu 
konsepsiyaning rivoji “Talabga moslashish” konsepsiyasida namoyon bo„lgan. Bunda 
talabdagi o„zgarishni tez fursatda qondirish hisobga olingan. Buning uchun talab 
o„sishi kutilayotgan bozorlarni zahiralar bilan tez to„ldirish amalga oshiriladi. 
Integrallashgan tizimning logistik bo„g„inlari bo„lgan ishlab chiqaruvchilar, ulgurji 
vositachilar va chakana savdogarlarning o„zaro munosabatlari tartibga solinadi. 
Natijada quyidagi ustuvorliklarga erishiladi: 
- buyurtma jarayonlari ma‟lumoti asosidagi tayyor mahsulotni yetkazib berish 
grafigidagi taqsimotning zahiralarini yaxshiroq boshqarilishiga yordam beradi; 
- chakana savdoning sotuv hajmi va savdo zahiralarini bilish ishlab 
chiqaruvchilarga ta‟minotni aniq rejalashtirishni ta‟minlaydi; 
- iste‟molchilar talabidagi tebranishlarga ta‟minotchilar tezroq moslashadilar; 


140 
- tavakkalchilik kamayadi va logistik jarayonlar samaradorligi oshadi. 
Mazkur konsepsiyaning amaliyotdagi tadbig„i turli variantlar va usullar 
ko„rinishiga ega bo„ladi: 
- buyurtmaning eng yuqori nuqtasini aniqlash (usuli) varianti; 
- shoshilinch moslashuv (usuli) varianti; 
- uzluksiz to„ldirish varianti. 
Ushbu variantlarning ustuvorlik xususiyatlarini tahlil etaylik. 
“Buyurtmalarning eng yuqori nuqtasini aniqlash” variantida ombordagi 
zahiraning ma‟lum nuqtasidan boshlab, ta‟minotchilarga qo„shimcha buyurtma 
beriladi. 
Bunday yondashuv logistik tsiklning to„xtovsiz ishlashiga asos bo„ladi, ya‟ni 
mazkur nuqtada mahsulotni ta‟minotchidan tashib etkazish hisobga olinadi. Ushbu 
variantning qo„llanilishi uchun zaruriy sharoit XX asr oxiriga kelib, axborot-
kompyuterlar tizimi va telekommunikatsiyalar rivojidan so„ng yuzaga keldi. 
“Shoshilinch moslashuv” varianti. Bu variant taqsimlash tarmog„idagi tovarlar 
oqimini yaxshilash maqsadini ifodalaydi, ta‟minotchi bilan savdo korxonasi 
o„rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan. Buning uchun mahsulot 
yetkazib berishni tartibga solish va rejalashtirishga asosiy e‟tibor qaratiladi. Tartibga 
solishda savdo korxonalaridagi zahiralarni optimallashtirish ko„zda tutiladi. Tayyor 
mahsulot miqdori talab darajasida saqlanadi. Xaridorlar talabi darhol yoki tezda 
qondirilishi uchun shart- sharoit yaratiladi. Ushbu variantning ustuvorliklari 
shundaki, undan: 
- logistik tizimning talab o„zgarishiga moslashuv muhlati tejaladi; 
- muhim sotuv nuqtalaridagi zahiralar hajmi markazlanadi va to„ldirib turiladi; 
- ishlab chiqarish, mahsulotlarini yetkazish, buyurtmalarni to„ldirish muhlatlari 
va muddatlaridagi noaniqliklarga chek qo„yiladi; 
- integratsiyallashgan logistik tizim bo„g„inlaridagi hamkorlar faoliyatida o„zaro 
moslik o„rnatiladi; 
- zahiralarning aylanuvchanligi sezilarli darajada ortadi va boshqalar. 
Albatta, ushbu variantlar ustuvorliklariga erishishda quyidagilarga e‟tibor 
quchaytiriladi: tadbirkorlarning kichik partiyadagi tovar ishlab chiqarishga moslasha 
olishi; tadbirkor bilan savdo korxonalaridagi axborot almashuvining yuqori 
darajadaligi; zahiralar holatidagi nazoratning aniqligini ta‟minlash uchun shtrixlangan 
kodlashtirishga o„tishga. 
“Talabga moslashish” konsepsiyasining uchinchi varianti “Uzluksiz to„ldirish” 
deb 
nomlanadi. 
Ushbu 
variant 
“tez fursatda moslashish” variantining 
takomillashtirilishi asosida kelib chiqqan. Bunda ta‟minotchilar ulgurji va chakana 
savdo tashkilotlarining logistik rejalarida va kelishuvlarida sug„urtalangan 
zahiralarsiz buyurtma berish yo„lga qo„yiladi. 
Mazkur variant faoliyatida esa quyidagilarga e‟tibor qaratiladi: tayyor mahsulot 
oqimini ta‟minlash yuzasidan hamkorlarning o„zaro majburiyati qabul qilinadi; 
chakana savdo do„konlari ulgurji korxonalar yoki tadbirkorlarning bevosita o„zlari 
tomonidan uzluksiz ta‟minlanadi; turli taqsimot kanallaridan chakana savdo 
tarmog„iga jo„natilayotgan tovarlar oqimi to„g„risidagi ma‟lumotlarni qayta ishlash 


141 
amalga oshiriladi. Natijada tadbirkorlar tomonidan tovarlar oqimidagi assortiment va 
zaruriy ehtiyoj miqdori aniqlashtirib turiladi. Ushbu variantdagi tovarlar oqimi 
to„g„risidagi ishonchli axborot, yuklarni ishonchli yetkazishdagi mas‟uliyatlilik 
kabilar samaradorlik ortishiga jiddiy ta‟sir qiladi. 
Yuqoridagi variantlar tahlili shuni ko„rsatadiki, samaradorlikning ortishi va 
talabga moslashuvidagi asosiy unsur vaqtni tejash hisoblanadi. Aynan, har bir 
tovarning chakana savdo tarmog„idagi barcha amaliy harakati va belgilari 
kombinatsiyasini anglab olish samarali faoliyatga xizmat qiladi. Yuqoridagi ikki 
variantning ijobiy jihatlarini takomillashtirish orqali “Zaxiralarni avtomatik 
to„ldirish” konsepsiyasi varianti ishlab chiqilgan. 
Takomillashgan variantda chakana savdo tarmog„idagilar xarajatlarini tejashga 
tadbirkorlarning zahiralarni boshqarishdagi ta‟siri ortishi tufayli erishiladi. Chunki 
bunda logistik zanjirdagi qatnashchilarning uzoq muddatli hamkorlik aloqalari yo„lga 
qo„yiladi. Ushbu variant – konsepsiya itaruvchi tizim guruhidagi eng so„nggi va 
ommalashgan variant-konsepsiya hisoblanadi. 
Tadbirkorlik nuqtai nazaridan logistik tizimlarning “itaruvchi” yoki “tortuvchi” 
deb guruhlanishi bilan bir qatorda ularning aralash xususiyatli tizimlariga ham e‟tibor 
qaratilishi zarur, deb hisoblaymiz. Ta‟bir joiz bo„lsa, ularni “aralash tizimlar” deb 
ham nomlash mumkin. Ana shunday aralash tizimlardan biri “Mayda hajmdagi ishlab 
chiqarish” konsepsiyasiga asoslangan tizim hisoblanadi. 
Ushbu tizim faoliyati uchun keng tarqalgan ishlab chiqarish jarayonlari asos 
qilib olingan. Unda ishlab chiqarishni tashkil etishda kam resurs, kam zahira va kam 
vaqt sarflanishiga erishish mezoniga amal qilinadi. Buning uchun yuqorida talqinlari 
keltirilgan “Aniq muddat”, “Kanban” va “MRP” tizimlari ijodiy rivojlantirilgan. 
Chunki, “Kanban” va “MRP”da moddiy resurslar zahirasi omborlarga qo„yilmasdan 
minimal sug„urta zahiralari ishlatiladi. Bunda mahsulot sifatining yuqoriligi 
ta‟minlanadi, kichik partiyali ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlash va ishga 
tushirish uchun qisqa vaqt talab etiladi, malakali xodimlar jalb etiladi, zahiralarning 
eng past ko„rsatkichlariga erishiladi. 
Qayd qilish joizki, ushbu tizimda moddiy resurslarni omborlarda saqlash, ularni 
omborga va ombordan tashish, ishlab chiqarish tsiklida kutish, resurslar oqimini 
qo„shimcha nazorat qilish kabi “foydasiz” operatsiyalardan voz kechiladi. Demak, 
sifat, kam sarflik, bozorga tez moslashuvchanlik, uskunalarni qayta jihozlashdagi 
osonlik kabilar “Mayda hajmdagi ishlab chiqarish” tizimi afzalliklari tarkibidan o„rin 
olgan. 
Xulosa qilib aytganda, har bir logistik tizimning o„ziga xos ustuvorliklaridan, 
turli tadbirkorlik tuzilmalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi. 
Logistika fani so„nggi yarim asrda shakllanib ulgurgan bo„lsa-da, tadbirkorlik 
amaliyotining muhim va samarali vositalaridan hisoblanadi. Ulardan milliy 
tadbirkorligimizda foydalanish uchun bevosita tadbirkorlik xususiyatlarini chuqur 
o„rganish, umumlashtirish va subyektning logistik oqimlaridagi ustuvorliklarini 
aniqlash lozim. Buning uchun esa, tizimiy yondashuvning nazariy va uslubiy 
jabhalarini chuqurroq va batafsil o„rganish zarur. 


142 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish