Эркин иқтисодий ҳудудлар


Texnik-tadbiq etish hududlari va ularning xususiyatlari. Texnik-tadbiq



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

3.4.
Texnik-tadbiq etish hududlari va ularning xususiyatlari. Texnik-tadbiq 
etish hududlari turlari: texnoparklar, texnopolislar, ilmiy park, innovatsiya 
markazi, ilmiy-texnik parklar 
Texnika-tadbiq
etish hududlari
hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida 
raqobatbordoshlikning asosiy omili bo„lgan tovarning narxi, shuningdek, uning sifati, 
yangiligi, fan taraqqiyoti yutuqlarini o„zida qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Bu 
tendensiya eksport sanoat hududlarining faoliyati xarakteriga ham o„z ta‟sirini 
o„tkazmasdan qolmadi. Natijada ko„pgina eksport-sanoat hududlari texnika-tadbiq 
hududlariga aylana boshladi. Texnik-tadbiq etish hududlarining ko„rinishlari sifatida 
texnologik, ilmiy parklar, texnopolis, yangi va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish 
hududlarini qayd etish mumkin. Texnik-tadbiq hududlari yangi texnalogiyalar va 
yuqori texnalogik ishlab chiqarish turlarini rag„batlantirish maqsadida tuziladi. 
Bunday hududlar uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80 yillar). Ular 
stixiyali tarzda hosil bo„ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy 
markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan 
foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari 
jamlanadi. 
Texnik-tadbiq etish hududlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va rivojlantirish 
uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim: 
-
hududda nufuzli universitetning yoki boshqa kuchli ilmiy tekshirish bazasiga 
ega bo„lgan ilmiy markazning mavjudligi; 
-
rivojlangan ishlab chiqarish bazasiga ega bo„lgan ilmiy parkning mavjudligi;
-
investitsion xatarni oshirishga mo„ljallangan venchur (ham milliy ham chet el) 
kapitalini jalb etish imkoniyatlari mavjudligi; 
-
ishlash va dam olish uchun qulay geografik va iqlim sharoitlari. 
Texnoparklar – ilmiy texnologiya zonalari III avlod zonalaridir. Hozirgi AQSh 
adabiyotlarida ularni
 
texnoparklar deb ataydilar. Bunday zonalar barcha moddiy va 
mehnat resurslarini, texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish 
maqsadida tuzildi. 
Texnologik park deganda subekt tadbirkorlik shartini taminlovchi zamonaviy 
bozor standartlariga javob bergan zarur kompleks xizmatlari tushuniladi. Texnopark 
esa zamonaviy dunyo talabiga javob beruvchi bozordir. Texnoparklar kichik biznes 
rivjlanishida katta o„rin tutadi. 


94 
Zamonaviy texnologik parklar birinchi bo„lib AQShda 1960-yillar oxirlarida 
paydo bo„ldi, lekin ularning shiddat bilan o„sishi 1980-yillarda ko„zatildi. AQShning 
ilmiy parklari – bu yirik ilmiy tekshirish institutlari va universitetlari yaqinida 
joylashgan yuqori texnologiyali korxonalar kontsentratsiyalashgan hududlardir. 
AQSh ilmiy parklarining rivojlanish xususiyati shundan iboratki, avvalida, bir qancha 
faktorlar-iqtisodiy, ijtimoiy, geografik va boshqalar, hisobiga o„z-o„zidan paydo 
bo„lgan. Masalan, Stendford universiteti yaqinidagi Santa-Klara shahri yonida 
“Silikon vohasi” texnologik parki paydo bo„lgan. U AQShdagi eng katta ilmiy-
texnologik hudud bo„lib jahon miqiyosidagi hisoblash texnikasi va kompyuterlar 
ishlab chiqarishining 20% ni beradi. AQShda taxminan 200 dan ortiq texnoparklar 
mavjud bo„lib, ularda 140 ming ishchi va 45 ming olim ishlaydi. Shunga o„xshash 
texno parklar Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Shvetsiyada ham tashkil 
etilgan.
Yaponiyada ilmiy-texnik markazlar texnopolis deb yuritiladi. Yaponiyada bir 
necha o„nlab texnopolislar mavjud. Texnopolislarni tuzish bo„yicha davlat dasturi 
quyidagi maqsadlarni ko„zda tutgan edi: 
-
sanoatni markazdan chekka hududlarga ko„chirish; 
-
mahalliy universitetlar faoliyatini ilmiy izlanishlarni intensifikatsiyalash 
hisobiga faollashtirish; 
-
sanoat ishlab chiqarishini fan yutuqlariga asoslangan va energiya tejaydigan 
texnologiyalarga yo„naltirish; 
-
tadbiq etish jarayonini jadallashtirish. 
Bu maqsadlarga erishish uchun turli xil kredit va soliq rag„batlari ko„zda 
tutilgan edi. Masalan, yuqori texnologiyaga ega bo„lgan korxonalarga faoliyatining 
birinchi yilida dastgohlar qiymatining 30 %ni va bino hamda inshootlar qiymatini 
15% ni amortizatsiya qilishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga davlat ilmiy tekshirish 
harajatlarining uchdan bir qismini o„z zimmasiga shu hududda joylashgan ilmiy 
labaratoriyalar va mahalliy firmalar hisobiga olgan. 
AQSh texnoparklari va Yapon texnopolislarining asosiy yutug„i – bir joyda 
mujassamlashgan ilmiy ishlab chiqarish muhitini yaratganlikdan iboratki bu doimo 
ilg„or texnologiyalarni, yuqori malakali mutaxassis va tadbirkorlarni rag„batlantiradi 
va doimo mahalliy, zamonaviy ilmiy tekshirish, o„quv va tijorat tashkilotlarning 
yordamiga erishadi. 
Texnoparklar 
sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlardan 
asta-sekinlik 
bilan 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ham qadam qo„ya boshladi – Hindiston, Malayziya, 
Xitoy, Singapur, Tayvan va boshqa mamlakatlar. 2004-yil ularning soni 450 dan 
oshdi.
Faoliyat turi va pirovard mahsuloti bo„yicha tenoparklar ilmiy (faoliyat 
mahsuloti – amaliy va fundamental izlanishlar natijalari), ilmiy-texnikaviy (mahsulot 
– tajribaviy namunalar va kichik hajmdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar), ilmiy-
sanoat (yuqori texnologiyalardan foydalanish hisobiga zamonaviy mahsulotlarni 
yoppasiga ishlab chiqarish). 
Texnoparklarning eksport-ishlab chiqarish hududlaridan farqi shundan iboratki, 
ularda urg„u kichik venchur tadbirkorlikni rivojlantirishga beriladi. Soliq va 


95 
moliyaviy imtiyozlar firmalar faoliyatining birinchi eng riskli bosqichida qo„llaniladi. 
Maxsus soddalashtirilgan hisobga olish tartibi hisobiga venchur kompaniyalarini 
tuzish 
onsonlashadi, 
kichik 
firmalarning 
tashkiliy 
muapmmolari 
bilan 
shug„ullanadigan muhsus ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Kapitalning 
tashqaridan 
kirib 
kelishi, 
texnoparklar 
tarkibida 
kichkina 
firmalarni 
moliyalashtiriuvchi investitsiya fondlarining tashkil etilishi texnologik yechimlarni 
eng samarali yo„l bilan ommaviy ishlab chiqarish darajasiga etkazishga yordam 
beradi. Firmalar xodimlariga imtiyozli asosda yetakchi olimlar maslahat beradi, 
asbob uskunalar va universitetlarning kutubxona fondlaridan foydalanish imkoniyati 
yaratiladi. Qo„shma tijorat loyihalarida ishtirok etish hisobiga universitetlar 
daromadlarini ko„paytiradilar va bitiruvchi talabalarni ish joyi bilan ta‟minlaydilar. 
Ilmiy xizmatchilarga bunday hududlarda eng qulay turmush sharoiti yaratiladi.
Texnoparklarning funksional xususiyati turli mamlakatlarda turlichadir. Agar 
Fransiyada ular kichik biznesni otaliqqa olishga mo„ljallangan bo„lsa, Germaniyada 
urg„u texnologiyalarni sanoatga tadbiq etishga, firmalar o„rtasida texnologiyalar 
almashinishiga beriladi. Xuddi shunday yondashuv Buyuk Britaniya texnoparklarida 
ham mavjud. 
Texnologik parklarning keng tarqalganligi, ularning tashkiliy shakillarining 
xilma xilligi texnoparklarning turli regionlarda, turli maqsadlarni hal etishga 
qaratilganligidir. Bu esa faqatgina fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini tadbiq etish 
va yoyish bilan chegaralangan emas. Texnoparklar quyidagi vazifalarni hal etadi:
-
sanoat tuzilmalarini qayta qurish; 
-
mahalliy resurslarni mobilizatsiya qilish; 
-
qoloq mintaqalarning hali ochilmagan imkoniyatlarini ochish; 
-
raqobatbardosh mahsulotlarni chiqarish va boshqalar. 
Texnoparklar innovatsion jarayonning barcha pog„analarini amalga oshirish 
uchun barcha sharoitlarni yaratadi – yangilikni yaratish va uni ekspertizasidan tortib, 
toki tovar mahsulotini ommaviy ishlab chiqarib, uni bozorda keng joylashtirishgacha. 
Texnoparklar tadbirkorlarni o„qitish, texnologik transfer markazlari bo„lib xizmat 
qiladi va bundan tashqari, keng miqyosda fan-texnika xizmatlarini ko„rsatadi. 
Agar ilmiy parklar to„g„ri tashkil qilinsa va qulay joyda joylashtirilsa, regional 
o„sishning markaziga aylanib butun regionning bevosita va bilvosita samarali 
o„sishini ta‟minlaydi. Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil 
shundan iboratki, ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga 
xususiy investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga 
imkon beradi, ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi 
talabni o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish 
turlarini ham rivojlantiradi. Shu bilan birga ilmiy park operatori tomonidan 
investitsion loyihalarni saralab olinishi hisobiga, ishlab chiqarish imkoniyati birligiga 
maksimal darajada innovatsion samara olinishiga erishiladi. Natijada, parklar 
texnoindustrial o„zgarishlarning tezligi va yo„nalishiga ijbiy ta‟sir ko„rsatuvchi 
dastakka aylanadi. Yangi korxonalarni paydo bo„lishini, real sektor rivojlanishini va 
alohida hudud bo„yicha zamonaviy ishlab chiqarishni rag„batlantirish hisobiga 
parklar bir vaqtning o„zida yangi ishchi o„rinlarini yaratishni ham ta‟minlaydilar. 


96 
Umumlashgan holda bu soliqqa tortish bazasini kengaytiradi va buning natijasida 
turli darajadagi budjetlarning daromadlari o„sadi. 
Texnoparklar hozirgi vaqtda boshqacha tuzilishga ham ega. Bunday xilma-xillik 
quyidagi hududlar olib borilayotgan faoliyati talabi va maqsadlariga javob beradi. 

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish