320
va boshqa bir qator mamlakatlar hukumatlari qonunchilikka ma‟suliyatni cheklashni
kiritishdi, bu vaziyatda maksimal yo„qotish aksioner kapitaliga teng bo„ladi. Bu
ishchan investitsiyalashni qo„llab-quvvatlash uchun amalga oshirilgandi, bankrotlik
yuz bergan hollarda kreditorlar kompaniya egasining mulkiga egalik qilish huquqiga
ega bo„ldilar. Bu kabi ma‟suliyat cheklashning yo„lga qo„yilishi mamlakatda ishchi
faoliyatni jonlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va
kompaniyalarga turli xil soliqlar qo„yilardi, bu esa soliq tizimini rejalashtirishni
amalga oshirish imkoniyatini berdi, amaliyotda esa bu soliq stavkalarini
pasaytirishning qonuniy yo„llarini izlab topish deb tushuniladi.
Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar
orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat
va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z
hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan.
Hozirda esa offshor kompaniyalar faoliyat ko„rsatayotgan davlatlar qatoriga
Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari,
Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o„n
yillikda bular tarkibiga Malta, Mavrikiya, Garbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan
oroli) va boshqa davlatlar qo„shildi.
Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug„urta va boshqa kompaniyalar, yo
umuman, soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki kichik miqdordagi soliqlar
to„laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va b.). Masalan,
Shveytsariyada nisbatan kam soliq miqdori belgilan-gan. Bu soliq ma‟lum holatlarda
umuman
to„lanmasligi
mumkin.
Shuningdek,
offshor
hududlar
valyuta
cheklashlarining yo„qligi, daromadni olib chiqish erkinligi, xorijiy investorlar uchun
bojlarning yo„qligi bilan ajralib turadi. Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar
qo„shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududda ro„yxatga olingan korxonadan
foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo„shimcha ish joylari tashkil qilinishi
orqali foyda ko„radilar.
Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk
bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda
jamlanadi. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganga offshor biznesda band bo„lgan kapital 500
mlrd. doll.ga etadi. Unda kariyb 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha ming
yangi kompaniyalar ro„yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: