1 ООО martaga sekindir (0,5 mm/s). Kapillarlarda qonning sekin
oqishi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi hamda to ‘yimli moddalar-
ni qondan va parchalanish mahsulotlarini esa to'qim alardan qonga
o ‘tishini ta'm in etadi.
Qonning aylanish tezligi yosh ulg'ayishi
bilan sekinlashadi, bu,
o ‘z navbatida, tomirlarni uzayishi bilan bog'liq b o ‘lsakeyingi davr-
larda esa tom irlar devorining elastikligini pasayishi bilan bog'liq.
Bolalarda yurakning juda tez qisqarishi ham qonning tomirlar-
da oqish tezligini oshishiga olib keladi. Yangi tug'ilgan bolalarda
qon katta va kichik qon aylanish doiralarini to 'liq aylanib chiqishi
uchun 12 s zarur 3 yashar bolalarda - 15 s, 14 yoshda - 18,5
s dan
ortiq vaqt sarflanadi. Voyaga yetgan odam larda qon aylanish vaqti
22 s tashkil qiladi.
9. 10. Qon aylanishining boshqarilishi
Yurak va tom irlar innervatsiyasi.
Yurakning faoliyati ikki juft
nervlar: adashgan va simpatik nervlar bilan boshqariladi. Adash-
gan nerv
uzunchoq m iyadan boshlansa, simpatik nerv esa orqa mi-
yaning bo'yin qismidagi simpatik tugunidan boshlanadi. Adashgan
nerv yurak faoliyatini tormozlaydi. Simpatik nerv bo'ylab yurakka
tushayotgan nerv impulslari ta'siri ostida yurakning faoliyat ritmi
tezlashadi va har bir yurakning qisqarishi kuchli bo'ladi.
Qon aylanuvchi tom irlar ko'ndalang kesimi yuzasining o'zga-
rishi simpatik tomirlarni toraytiruvchi nervlar bo'ylab tom irlar de-
vorlariga keladigan impulslari ta ’siri ostida yuz beradi.
Bola tug'ilish paytida uning yurak muskullarida simpatik nervi-
ni ham parasimpatik nervlarining uchlari yetarlicha yaxshi ko'rinib
turadi. Bolalar hayotining dastlabki yillarida (2-3 yoshgacha) sim
patik nervning yurakka tonik ta ’siri ustun bo'ladi,
bunda yurakni
qisqarish chastotasi bo'yicha gap yuritish mum kin (yangi tug'ilgan
bolalarda 1 daqiqada 140 martagacha qisqaradi). Bu yoshda adash
gan nerv markazining tonusi past bo'ladi.
297
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolaning yoshi ulg'ayishi bilan adashgan nervning yurakka
ta'siri orta boradi. I. A. Arshavskiy fikricha, bu jaravonda muhim
rolni skelet muskullarining rivojlanishi o'vnaydi. Bola 3^4
oylik
bo‘lganida u boshini tuta oladi. ayni shu yoshda adashgan nervni
yurak faoliyatiga ko'rsatuvchi ta'sirining dastlabki belgilari na-
m oyon b o ‘la boshlaydi (k o'z olmachasini bosish reflektor ravishda
yurak ritmining sekinlashishini chaqiradi).
3—4
voshli bolalarda harakat faolligi
jiddiy darajada ortadi, bu
vaqtga kelib adashgan nervning tonik ta'siri mustahkamlanadi. Bo
lalarda harakatlarning to'xtatilishi adashgan nervning yurak faoli
yatiga ta ’sirining to'xtalishi bilan birgalikda kechadi. 7 yoshdan
12 yoshgacha bo'lgan muddatda adashgan nervning boshqaruv-
chilik roli ortadi, y a'ni yurakning qisqarish ritmining sekinlashishi
bilan birga kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: