ni homilaning ona organizmidan olgan immun tanalari mavjudligi
bilan tushuntirish mumkin. Kasalga chalinmaslikning yana emadi-
gan bolalarni ona sutidan olgan antitanalar
bilan ham tushuntirish
mumkin. Gamma-globulin antitanalarni tashuvchi ona organizm i
dan homilaga plasenta orqali berilsa. tug'iiganidan keyin dastlab-
ki 3 -5 kunlik sut (og'iz suti) tarkibida beriladi. Bundan tashqari,
yangi tug'ilgan bolalarning turli kasalliklar bilan og’rimasligi, ular
organizmining, ayniqsa, uning asab tizimini to 'lig 'ich a yetilma-
ganligi bilan bog'liq. Bu yoshda bolalarning
qizil iligida va limfa
tugunlarida antitanalar ishiab chiqaruvchi hujayralar y o 'q va gam-
ma-globulinlar sintezlanmaydi. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan
kichik yoshdagi bolalarda spetsifik bo'lm agan
himoya omillari
aniq namoyon bo'ladi.
Organizmning yetilish darajasiga qarab uning asab tizimi ham
yetila boradi va bolaning organizmida chidamli im munologik xu-
susiyatlar asta-sekin paydo b o 'la boshlaydi. 2
yoshda jiddiy dara-
jadagi immun tanalar hosil bo'la boshlaydi. Shuni qavd qilish ke-
rakki. jam oalarda tarbiyalangan bolalarda immun reaksiyalar ancha
tez shakllanadi. Jamoat joyiardagi bolalar vopiq-yashirin immuni-
zatsiyaga uchraydi. kasal boladan bola
organizmi kichik dozalarda
tushgan q o ‘zg ‘atuvchilar unda kasallik chaqirmay, qo 'zg'atuvchi-
lar tezda halok bo'ladi. va'ni organizm unga qarshi antitanalar ish
iab chiqarishga ulgurishi bilan yuqoridagi holatni tushuntiramiz.
Agar bu holat bir necha marta takrorlansa ushbu kasallikka qarshi
immunitet yuzaga keladi.
Organizm 10 yoshga yetganida uning
immun xususiyati yaxshi
namoyon bo'ladi. kevingi davrlarda ular nisbatan doimiy darajada
turadi va 40 yoshdan keyin pasaya boshlaydi.
Organizmning immunli reaksiyalarini shakllanishida profilak-
tik em lashlar muhim rol o'ynavdi. Asosiy emlashlarning va ular
ning takrorlanishini kalendar jadvali (revaksinatsiya)
quyidagicha
ko'rinishga ega.
1. Silga qarshi - dastlab hayotning 5 -7 kunida. Takrorlash 7,
12 va 17 yoshda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Poliomiyelitga qarshi - dastlab 2 oylikda. Takrorlash 1, 2 va
3 yoshda, so'ngra 7 va 15-16 yoshda.
3. Difteriva. ко'к y o ‘taiga qarshi — dastlab 5-6 oylikda. Takror
lash 2 -3 yoshda va 6 yoshda (maktabdan oldin).
4. Chechakka qarshi - dastlab 1 dan 1,5 yoshgacha. Takrorlash
8 va 15 yoshda.
5. Qizamiqqa q a rs h i- 10 oy likda va barcha 8 yoshgacha boTgan.
em lanmagan va qizamiq bilan og'rigan bolalar bir marta emlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: