97
3. ATK ni yonilg’i va boshqa energiya resurslari bilan ta’minnlash.
4. Suyuq yonilg’ini tashib kelish, saqlash va tarqatish.
5. Yonilg’i sarfmi me’yorlash.
l.Avtotransport vositalari doimo ko’payishi va ulardan ko’proq
foy-dalanilishi natijasida,
ekspluatatsion harajatlar oshib bormoqda. Bu harajatlarning bor-yo’g’i 12-15% ni texnik xizmat va
ta’mirlash (TXK va JT) uchun sarflanadi. Shu bilan birga, yuk tashish tannarxi boshqa maxsulotlar
(yonilg’i va moy maxsulotlari, shinalar, haydovchilar oyligi va hokazo)
uchun ketadigan
harajatlarning qiymatiga, TXK va T ni sifatiga hamda, muxandis-texnik xizmati (MTX)ning
samarali ishlashiga uzviy bog’liqdir.
Avtotransport korxonalarida (ATK) texnik xizmatni yaxshi tashkil qilinmaganligi va ishlab
chiqarishni boshqarish to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi sababli, hodimlarni 30% gacha va jihozlarni
40% gacha ish vaqti bekorga yo’qotiladi.
Bundan tashqari avtomobillar sonini oshishi atrof muhitni
zaharli moddalar bilan
ifloslanishini ko’paytirmoqda. Bu erda ta’minnlash va yondirish tizimlaridagi nosozliklar, yonish
mahsulotlari tarkibidagi zaharli moddalarni qiymatini 2 - 7 martagacha oshib ketishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda halq xo’jaligining boshqa tarmoqlari kabi, avtotransport sohasida ham yaqin yillarda
bajariladigan eng asosiy vazifalar belgilangan:
- avtotransport korxonalarini qaytadan tiklash va zamonaviy uskunalar bilan
jihozlash;
- yonilg’i va boshqa ekspluatatsion materiallarini tejab sarflash;
- korxonalarda yangicha boshqarish usullarini tatbiq qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minnlovchi usullarni qo’llash va hokazolar.
Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish avtotransport korxonalarida ishlaydigan
muxandis texnik hodimlarini malakasiga katta bog’liqdir. Shuning uchun
bu vazifalarni bajarish
usullarini chuqur o’rganish zarurdir. Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minnoti
avtotransport vositalarini ekspluatatsion materiallar (yonilg’i, moy, rezina), ehtiyot qismlar,
agregatlar bilan ta’minnlab, ularni betoxtov ishlashi uchun zamin yaratadi. ATK larida MTT ning
asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1) Korxonalardagi avtomobillarni betoxtov ishlashi uchun kerak bo’lgan barcha materiallar
bilan o’z vaqtida ta’minnlash,
2) Ehtiyot qismlar va materiallarni saqlashni tashkil qilish,
3) Omborlardagi ehtiyot qismlar va materiallarni aylanishni ko’paytirish,
4) Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda va ta’minnlash ishlarini bajarishda
ehtiyot qismlarni va materiallarni tejab tergab ishlatishni ta’minnlash.
ATK larda MTT ni samaradorligini oshirish sarflashni zamonaviy normativlaridan
foydalanishga uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga ehtiyot qismlar va materiallarni o’z
vaqtida olib
kelib yaxshi saqlash va to’g’ri taqsimlash katta ahamiyatga egadir.
Ta’minnot rejalari kelgusi yildagi yuk va yo’lovchilarni tashish rejalarini, ekspluatatsiya
qilish sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Bu rejalar shundagina tejamkorlikni
ta’minnlay oladi.
98
ATKlarda ishlab chiqarishda ishlatiladigan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar quyidagi
asosiy qismlarga bo’linadi:
- agregatlar va ehtiyot qismlar 40...60%
- har xil materiallar
10...12%
- shinalar
8...15%
- yonilg’i
4...8%
- asbob-uskunalar va vositalar 15...28% Ehtiyot qismlar va materiallar ishlash qobiliyati va
chidamligiga
qarab ham, har xil
guruhlarga bo’linadi:
1) Ishlay bilish qobiliyati avtomobilnikiga teng qismlar,
2) Harakat havsizligini ta’minnlovchi qismlar,
3) Ishlay bilish qobiliyati kam va ularni ish jarayonida almashtirish hisobga olingan qismlar,
4) Oldingi 3 guruh qismlarni almashtirish jarayonida, almashtiri-lishi zarur bo’lgan
yordamchi qismlar.
Ko’rinib turibdiki biz rejalashtirishda asosiy diqqatimizni keyingi 3
guruh qismlarga
qaratishimiz kerak.
ATK larda saqlanadigan, ishlatiladigan ehtiyot qismlar va materiallarni turlari 4000 ga etadi.
Bu qismlar va materiallarni omborlariga biron-bir qonuniyat bilan joylashtirilmasa, ularni topib
olish juda ko’p vaqtni oladi. Shuning uchun saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallar ma’lum
qonuniyatga asosan bo’linadi va peshtaxtalarga joylashtiriladi. Ehtiyot qismlar guruhlarga, guruhlar
guruhchalarga va h.k bo’linib nomenklatura qatorlari hosil bo’ladi. Bu qator bo’yicha har bir qism 3
yoki 4 raqamdan iborat yorliqqa ega bo’ladi. Ko’rsatilgan shakl pog’onali narvon bo’yicha bo’linish
deyiladi. Ehtiyot qismlar, metall materiallar omborxonada maxsus ko’p qavatli peshtaxtalarda
saqlanadi. Shinalar ham 2 qavatli peshtaxtalarda tik turgan holda saqlanadi. Kameralarga
ozroq dam
berilgan holatda ilgaklarda saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan bir oz aylantirilib turiladi. Shinalar
ombori qorong’i bolib, u erda havoni harorati me’yorida bolishi kerak ((-10°S< t < +20°C
oralig’ida), tez yonadigan materiallar bo’yoqlar, laklar, eritgichlar maxsus yong’inga chidamli
qurilmalarda saqlanishi zarur. Kislotalar solingan shisha idishlar, yumshoq idishlarda, alohida
xonalarda saqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: