.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo’llanilishi amaldagi
talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni
to’ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan
shaxsga yo’naltirilgan ta’limga o’tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni
shakllantirish bo’yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
“Talaba portfoliosi”ni yaratishdan maqsad nima?
Portfolio talabaning ma’lum fan bo’yicha barcha ishlarini to’liq yoritishi kerak.
U o’z ichiga fan bo’yicha barcha turdagi topshiriqlar, loyihalar, ma’ruzalar, yozma
ishlarni qamrab olishi, talabaning ushbu fan bo’yicha muvaffaqiyatlarini, fanga
munosabatini, fanni o’zlashtirishi va tushunishini, muammoli topshiriqlarni bajarish
va kommunikativ qobiliyatini, uning kelajakda ushbu fan bo’yicha intilishlari va
o’zlashtirishini, o’zlashtirish usullarini ko’rsatib berishi zarur. Aniqlilik va nutq,
fikrni bayon qilish madaniyati «portfolio» sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Portfolioni yaratishda asosan quyidagilarga ahamiyat berish talab etiladi:
- talabaning mustaqil fikrlashi;
-“portfolio” yaratishning vaqt oralig’ini belgilash ( semestr, o’quv yili yoki
butun o’quv jarayoni bo’yicha);
-fan bo’yicha erishilgan bilimlarning o’zaro bog’’liqligi va asoslanganligi;
-taklif etilgan ishlar(loyihalar, mustaqil ishlar, referatlar va b.) bo’yicha
talabaning o’z bahosi;
- muammollarni hal etish jarayoni, yo’llari.
Talaba portfoliosining mazmuni
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ko’plab kompetentlikga yo’naltirilgan
pedagogik texnologiya haqidagi materiallar mavjud. Ana shunday kasbiy ta’lim
tizimida faol foydala- niladigan texnologiyalardan biri “Portfolio” hisoblanib, uning
mazmun-mohiyatini turli mualliflar turlicha izohlashadi, jumladan:
-talabaning turli sohalardagi mehnatining majmuasi bo’lib, u nafaqat o’quv
455
natijalarini, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni ham ko’rsatadi;
-o’qishning ma’lum oralig’i davrida talaba erishgan yutuqlar ko’rgazmasi;
-talabaning o’quv natijalarini maqsadga yo’naltirilgan, tizimli va uzluksiz
baholash hamda o’z-o’zini baholash shakli.
-talabaning topshiriqlarni tanlashda bevosita ishtirokini ta’minlovchi hamda o’z
ishlarini o’zi tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi talaba ishlarining
antologiyasi, ya’ni talabada refleksiya qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik
texnologiya.
Refleksiyaning ma’nosi o’z bilimi va qobiliyatini aniqlash va shunga bog’’liq
holda yutuqlari hamda imkoniyatlarini baholash, o’zini kelajakda rivojlantirish uchun
tegishli xulosalar qabo’l qilishga qaratilgan bilish jarayonidir. Refleksiya - insonning
ichki ruhiy potentsialini, alohida ma’naviy faoliyatini ochib beruvchi va aniqlovchi
innovatsion yo’l bo’lib, u ruhan o’z-o’zini tahlil qilish, o’z kamchiliklari bilan
ko’rashish, o’z kuchi va imkoniyatlariga ikkilanishlarni bartaraf etishga
asoslangandir. Shu sababli portfolioni yaratishdan maqsad o’quv natijalari bo’yicha
talabaning rivojlanishini namoyish qilish va xulosa sifatida e’tibor, «talaba bilmaydi
yoki bajara olmaydi»- deb emas, balki “talaba biladi va bajara oladi”- deb ishonch
hosil qilishga qaratilishi lozim.
Portfolioni yuritish mas’uliyati talabaga yoqlanadi. Portfolio tarkibiga kiruvchi
barcha materiallarni talabaning o’zi mustaqil tanlashi lozim. O’qituvchi va ota-ona
unga ruhan va amaliy yordam berishlari zarur.
“Talaba portfoliosi”- talabaning bilish jarayonidagi ijodiy mehnati natijalarini
o’zi tomonidan ob’ektiv baholash instrumenti, shaxsiy faoliyati refleksiyasidir. U
hujjatlar to’plami sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-talabaga “portfolio”ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo’yicha
topshiriqlar, ko’rsatmalar;
-talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga
joylashtirilgan faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;
-portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhi anketasi.
Bunday “portfolio”ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi
saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin. Ushbu papkaga muallif uchun
ruxsat beriladi.
456
Do'stlaringiz bilan baham: |