76
Usullar:
Slaydli taqdimot, aqliy hujum, munozara, kichik guruhlarda ishlash,
mashq va o‘yinlar.
Zarur
materiallar:
Flipchart, rangli markerlar, daraxt
tasviri chizilgan vatman, meva
yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka o‘yin
to‘pi yoki yumshoq o‘yinchoq.
Asosiy qismi:
Videorolik
«Sfera» loyihasi (2011) va IASC (2007) bergan ta’rifga ko‘ra
birinchi psixologik
yordam (BPYO)
– bu qiyinchiliklarni his qilayotgan va yordamga muhtoj bo‘lgan
yaqin insonlarga nisbatan umuminsoniy ko‘mak va amaliy yordam berish bo‘yicha
choralar majmuidir. BPYO quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-ixtiyoriy ravishda amaliy yordam berish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish; ehtiyojlari va
muammolarini baholash;
-asosiy ehtiyojlari qondirilishida yordam berish (masalan,
oziq-ovqat, suv,
ma’lumot);
-insonlarni tinglay bilish, biroq ularni gapirishga majburlamagan holda;
-tinchlantira bilish va insonga o‘zini xotirjam his qilishiga yordam berish;
-ma’lumotlarga ega bo‘lishida, ijtimoiy ko‘mak beruvchi tegishli xizmatlar va
tuzilmalar bilan aloqa o‘rnatishga yordam berish;
-kelgusidagi ziyonidan himoyalash.
77
BPYO - bu faqatgina mutaxassislar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordam emas. Bu
professional konsultatsiya emas. Bu distress holatini yuzaga
keltirgan hodisalarni
atroflicha muhokama qilishni nazarda tutuvchi «psixologik debrifing»
Psixologik debrifingni emotsional yengil tortishga yordam berish sifatida
tavsiflaydilar. Buning uchun insondan yaqinda sodir bo‘lgan stressli hodisa davomida
his qilgan o‘z tuyg‘ulari, fikr va emotsional
munosabatlarini qisqa, lekin izchillikda
sanab o‘tishi so‘raladi. Bunday aralashuvni o‘tkizmagan ma’qul. Debrifingning bunday
turini insonparvarlik xizmatlari xodimlari o‘z missiyasini
tugallashi yoki vazifasini
bajarib bo‘lganidan so‘ng qo‘llaydigan odatiy operativ debrifingdan farqlash zarur.
Bu jabrlanuvchidan u bilan nimalar sodir bo‘lganini tahlil qilish, sodir bo‘lgan
voqealarning aniq ketma-ketligini va mazmunini aniqlash maqsadidagi murojaat emas.
BPYoda insonlarni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan o‘z tuyg‘ulari
va munosabatlarini
so‘zlab berishga majbur qilmasdan ularni tinglash zaruriyati nazarda tutiladi.
BPYO
besamar deb baholangan «psixologik debrifing» uchun muqobil usul bo‘lib
hisoblanadi. Undan farqli o‘laroq BPYo insonning o‘zini uzoq muddatli tiklab olishi
uchun foydaliroq bo‘lgan sohalarni o‘z ichiga oladi (turli tadqiqotlar va insonparvarlik
guruhlari xodimlarining umumiy fikrlari bundan dalolat beradi).
Bu sohalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-xavfsizlik, insonlar bilan aloqasini, xotirjamlik va umid tuyg‘usini shakllantirish;
-ijtimoiy, jismoniy va emotsional ko‘makdan foydalanish imkoniyatini berish;
-o‘ziga va atrofdagilarga yordam bera olishi yuzasidan ishonchini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: