Istiqlol avlodi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/65
Sana09.06.2022
Hajmi4,56 Mb.
#646107
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
1 “Ko‘rish, eshitish, tushunish” voyaga yetmaganlarda o‘z joniga

Umumiy 
vaqt: 
2 soat 
Usullar: 
Slaydli taqdimot, aqliy hujum, munozara, kichik guruhlarda ishlash, 
mashq va o‘yinlar. 
Zarur 
materiallar: 
Flipchart, rangli markerlar, daraxt tasviri chizilgan vatman, meva 
yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka.
 
 
 
 


24 
Mashg‘ulotning borishi. 
Kirish qismi: 
Videorolik
O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi o‘z joniga qasd 
qilish muammosini o‘rganish 
shuni ko‘rsatadiki, bir 
qator hollarda o‘smirlar o‘z muammolariga ota-onalar 
va o‘qituvchilarning e’tiborini jalb qilish uchun o‘z 
joniga qasd qilishga qaror qilishgan va befarqlik, 
bema’nilik, 
beparvolikka 
va 
kattalarning 
shavqatsizligiga qarshi dahshatli tarzda norozilik 
bildirganlar. Bolalar va o‘smirlardagi o‘z joniga qasd 
qilish harakati yoshining o‘ziga xos hususiyatlari 
bilan ajralib turadi. Bolalar ta’sirchanlik va 
ishonuvchanlikning kuchayishi, kuchli his qilish va 
xavotirlanish qobiliyati, kayfiyatning o‘zgarishiga 
moyillik, tanqidiy o‘zini baholash qobiliyatlarning 
zaifligi va impulsiv qaror qabul qilish bilan ajralib turadi. Ko‘pincha bolalar va 
o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilishiga g‘azab, norozilik, tajovuz yoki o‘zini va 
boshqalarni jazolash istagi sabab bo‘lgan holatlar mavjud. 
O‘smirning o‘z joniga qasd qilishini bir qarashda murakkab ekanligini tushunish 
qiyin. Psixologiyada bu davr - o‘smirlik davri inqiroz davri sifatida tavsiflanadi. 
10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha o‘smirlik davri hisoblanadi. 
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik 
jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning 
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, 
yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar 
avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy 
hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. 
Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, 
jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy 
masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u 
muayyan tartib-qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi.
O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham 
burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi 


25 
muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida 
qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, 
ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib 
qoladi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq 
tashvishga soladi. 
Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘tishini harakatga keltiruvchi kuch nima? 
O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga 
keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik 
kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi 
psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. 
O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy 
masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli 
kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan 
ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, 
har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. 
Buning natijasida o‘smirning psixik faoliyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. U 
mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor 
bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish 
uchun turli xil odatlarga o‘rgana boshlaydilar. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan 
alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti–harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri 
yo‘lga solishlari lozim. 
O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsiplar, o‘zligini anglash, baholash 
kabilar shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod 
va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 
O‘smir shaxsini tarkib topshirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, 
kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. 
Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligini 
qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy 
tushunchalarni to‘g‘ri anglaydi. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash 
natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zamirida axloqiy 
ideallar yuzaga kela boshlaydi. 


26 
O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida o‘zini anglash jarayonida o‘ziga 
baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish 
ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-
atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. 
O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat - voyaga yetish yoki 
kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy 
sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jarayonida, xulq-
atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, 
chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. 
O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan P.I.Leventuev, D.B.Elkonin, 
T.V.Dragunovning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan 
munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon 
bo‘ladi. 
O‘smirlarning jismoniy o‘sishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin 
o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. O‘quv fanlarning ko‘payishi, axborotlar. ma’lumotlar 
tarmog‘ining kengayishi ularning fikr yuritishini shakllantiradi. 
O‘smirning eng muhim xususiyatlardan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning 
tanqidiyligining tez rivojlanishidir. Bu esa o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr 
boshlanganini bildiradi. Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi 
o‘rtasida «anglashilmovchilik devori»ni vujudga keltiradi. Aqlning tanqidiyligi 
o‘smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘zgalar mulohazasidan, darslikdan xato 
va kamchiliklar topishga, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga 
urinib va bahslashishiga moyil bo‘ladilar. Tafakkurning mustaqilligi inson uchun katta 
ahamiyatga ega. O‘qituvchi dars jarayonida va darslardan tashqari vaqtlarda, har qanday 
og‘ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo‘llab quvvatlashi, uning 
rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish