O‘TKIR VA SURUNKALI NAFAS YETISHMOVCHILIGI
23-masala.
42 yoshli bemor D. birdaniga havo yetmay qolgashshgi uchun kasalxonaga
keltirildi. Ko‘p vaqtlardan beri bronxial astma kasalligi bilan og‘rib, kuniga 10—25 mg dan
prednizolon ichib yuradi. Oxirgi ikki hafta ichida ahvoli yomonlashgan. Nafas qisish xuruji,
balg‘am ajratish kuchaygan, isitmasi 37,7°S ga ko‘tarilgan. Ampitsillin, eufillin, balg‘am
ko‘chiruvchi Dorilar buyurilgan, kechasi yo‘tal tutgan vaktda havo yetishmay qoladi. Obyektiv
tekshirilganda bemorda ko‘karish, nafas olish minutiga 30 martaga tengligi aniqlangan. Ko‘krak
qafasining o‘ng tomoni nafasdan orqada qoladi. Perkussiyada quticha tovushi eshitiladi.
Auskultatsiyada o‘ng o‘pkada nafas shovqinlari keskin susaygan.
1. Utkir nafas yetishmovchiligiga nima sabab bo‘lgan?
a) spontan pnevmotoraks;
b) o‘tkir pnevmoniya;
v) o‘tkir bronxit;
g) astma statuyey;
d) o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi.
2. Qanday yordam ko‘rsatish kerak?
24-masala.
Bir necha yildan beri surunkali obstruktiv bronxitdan azob chekayotgan 52
yoshli bemor R. havo yetishmayotganidan, shilimshiq-yiringli balram ajratib yo‘talishdan,
isitmasi gox tushib, goh kutarilishidan shikoyat qilib kasalxonaga kelgan. Obyektiv
tekshirilganda — ko‘karish alomatlari sezilgan, yuz terisi ostiga va ko‘z shilliq pardasiga qon
quyilgan, nafas olishi minutiga 26 marta. Davolash uchun penitsillin, bronxolitiklar, kislorod
tayinlangan. Bemorda qo‘zg‘aluvchanlik va eyforiya bo‘lganligi uchun seduksen buyurilgan. Bir
necha kundan keyin havo yetishmasligi kamaygan, ammo ko‘karish alomati kuchaygan, yuzida
shish paydo bulgan. Bemorda tormozlanish va vaqti-vaqti bilan hushini yo‘qotish alomatlari
paydo bo‘lgan.
1. Qaysi kasallikka xos belgilar bor?
2. Ahvolning yomonlashishiga nima sabab bo‘lgan?
a) bronx-O‘pka infeksiyasi;
b) o‘pka-yurak yetishmovchiligi;
v) kislorod bilan davolash;
g) tinchlantiruvchi dorilardan berish kerak;
d) penitsillinga allergik reaksiya bo‘lgan.
25-masala.
49 yoshli bemor G. bir yildan beri hansirash va yo‘tali kuchayayotganligidan
shikoyat qiladi. Anamnezida o‘zgarish yuq. Otasi o‘pka kasalligi bilan og‘rigan. Obyektiv
tekshirilganda ko‘krak qafasining shakli bochkasimon, nafas olishi minutiga 28 marta. Zpigastral
sohada pulsatsiya kuzatiladi. Auskultatsiyada qattiq nafas bilan birgalikda yakka holdagi
hushtaksimon quruq xirillashlar eshitiladi. Yurak qisqarishlari soni minutiga 92 marotabaga,
arterial qon bosimi 180/100 ga teng. Rentgenologik tekshirilganda o‘pka maydonining tiniqligi
sezilarli darajada ortgan, pastki bo‘laklarida o‘pkaning rasmi kamayganligi pniklangan EKG da
yurakning o‘ng yarmi zuriqib ishlayotganligi aniqlangan. Tashki nafas funksiyasi tekshirilganda
o‘pkaning elastikligi kamayganligi, bronxlarning o‘tkazuvchanligi va gazning diffuziyalash
qobiliyati pasayganligi kuzatiladi. O‘pka skannirlanganda izotoplarni o‘pkaning pastki qismiga
bir xilda tarqalganligi aniqlangan.
1. Hansirashga ko‘proq nima sabab bo‘lgan?
a) xavo yetishmasligining markaziy buzilishi;
b) surunkali obstruktiv bronxit;
v) birlamchi O‘pka emfizemasi;
g) fibrozlovchi alveolit;
d) O‘pka pastki bo‘laklarining atelektazi;
ye) O‘pka arteriyasi tromboemboliyasining qaytalanishi.
2. Uylagan tashxisingizni qanday yordamchi tekshirish usuli tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |