85-masalaga javob. 1. Ayrim paytlarda laboratoriyada tekshirilayotganda konda
miyeloleykoz borligi aniklanadi. Bunday bemorlarning ahvoli yaxshi, ish qobiliyati yo‘qolmagan
bo‘ladi. Leykomoid reaksiyaning bu kasallikdan farqi shuki, bunda bemorning ahvoli ancha og‘ir
bo‘ladi. Surunkali miyeloleykozda trombositlar va leykotsitlar juda ko‘p bo‘ladi.
2. Qon va suyak ko‘migidagi filadelfiya xromosomalari tekshirib aniqlangandan keyin
surunkali miyeloleykoz tashxisi qo‘yiladi (22- juft xromosomaning yarmi kolgan bo‘ladi). Bu
xromosomalar surunkali miyeloleykozning markeri bo‘lib, 90—95% bemorda aniqlanadi.
GEMOLITIK KAMQONLIK 86-masalaga javob. 1. Klinik va laboratoriya belgilariga qaraganda bemorda gemolitik
kamqonlik (taloq kattalashgan, retikulotsitlar va bilirubin kupaygan) bor. Siydikning qora rangda
bo‘lishi va isitma qon tomir gemolizini ko‘rsatadi. Neytrofilli leykotsitlarning bo‘lishi
(eritrotsitlarning qon parchalanishidan paydo bo‘lgan leykomoidli reaksiyasi) o‘tkir gemoliz
borligini ko‘rsatadi. Gemolitik kamqonlik belgilari paydo bo‘lishini nafas yo‘llarining o‘tkir
yallig‘lanishidan deb o‘ylash mumkin, bu ko‘pincha Virusli infeksiyadan keyin paydo bo‘ladi.
Autoimmun gemolitik kamqonlikning patogenetik mexanizmida eritrotsitlarga nisbatan
antitelalar hosil bo‘ladi.
2. Autoimmun gemolitik kamqonlikni keltirib chiqargan eritrotsitlardagi autoantitelalarni
aniqlab tashxis qo‘yish uchun kumbs sinamasi qo‘llaniladi.
87- masalaga javob. 1. Bemorda gemolitik kamqonlikning klinik — gematologik
(terining sarg‘ayishi, taloqning kattalashishi, retikulotsitlar va to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubinning
ortishi) belgilari bor. Turli ma’lumotlarga qaraganda dopegit qabul qilgan bemorlarning 1/3
qismida eritrotsitlarga qarshi autoantitelalar hosil bo‘lishi mumkin ekan. Kumbs sinamasi
yordamida 70% bemorda gemolitik kamqonlikdagi antitelalar borligi aniqlandi. To‘gri
bo‘lmagan Kumbs sinamasi tashxis qo‘yishda ahamiyatga ega emas.
2. Prednizolon bilan davolash antimmun gemolitik kamqonlikda 50% holda foyda beradi.
Glyukokor-tikoidlarning adekvat dozasi (prednizolon bemorning 1 kg vazniga 1 mg dan beriladi)
samara bermasa, taloqni olib tashlash masalasi qo‘yiladi. Agar splenektomiyadan keyin ham
bemorning ahvoli yaxshilanmasa, immunodepressantlar beriladi. Agar glyukokortikoidlarning
yuqori dozasi bilan davolangandan keyin ham kasallik kaytalansa va bemor yosh bo‘lsa
(yoshlarga immunodepressantlar berish mumkin emas) taloqni olib tashlashga ruxsat beriladi.
Mabodo yuqorida ko‘rsatilgan davolash usullari ham yordam bermasa yoki unga qarshn
ko‘rsatma bo‘lsa, u holda plazmoforez qilinadi.
3. Splenektomiya qilingandan keyin operatsiyadan keyingi o‘limni kamaytirish uchun
kuniga 80—100 mg dan prednizolon beriladi. Tromb hosil bo‘lishi oldini olish uchun
operatsiyadan oldin 3-4 mahal 5000 TB dan geparin, kurantil va tret al beriladi.