b) revmatizm (o‘tkir revmokardit, poliartrit, plevrit);
v) sulfanilamid preparatlariga allergik reaksiya, pansitopeniya;
g) sulfanilamid preparatlari ta’sirida kelib chikkan gemolitik kamqonlik;
d) sistemali qizil volchanka.
2. Tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshirish usullarini qo‘llash kerak?
13-masala.
Tez yordam mashinasida 45-yoshli bemor D. kasalxonaga keltirilgan. Kuchli
havo yetishmasligidan shikoyat qilgan.
Bir necha yildan beri surunkali bronxit kasalligi bilan og‘riydi (yo‘taladi, ozgina harakat
kilsa xansirab koladi).
Oxirgi ikki hafta davomida hansirash kuchaygan, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida
og‘riq paydo bo‘lgan. Obyektiv tekshirilganda nafas olishi minutiga 32 marotabaga yetgan,
lablari ko‘kargan. Yurak urishi minutiga 100 marta. Perkussiyada ko‘krak qafasining o‘ng
tomonida bo‘g‘iq tovush eshitilgan va o‘sha joyda nafas olish keskin pasaygan. Jigarning pastki
qirg‘og‘i qovurg‘a yoyidan 3 sm pastda. Rentgenda tekshirilganda III qovurg‘agacha suyuqlik
borligi aniqlangan. EQG da sinusli taxikardiya alomatlari bor.
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) plevra mezateliomasi;
b) o‘pka raki;
v) yurak yetishmovchiligi natijasida plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilgan;
g) jigar sirrozidagi plevra varaqalari reaksiyasi;
d) o‘ng o‘pkaning pastki pnevmoniyasi va uning natijasida hosil bo‘lgan
ekssudatli plevrit.
2. Birinchi navbatda qanday davolash choralarini kerish kerak?
14-masala.
Kardiologiya bo‘limida yotgan 60 yoshli bemor G. asoratsiz miokard
infarktidan davolanayotgan edi, kasallikning ikkinchi haftasida chap ko‘kragida og‘riq paydo
bo‘lib, nafas olganda og‘riq kuchaygan, isitmasi 37,6°S ga ko‘tarilgan. Pnevmoniyaga gumon
qilinib penitsillin tayinlangan. Lekin davolanishiga qaramasdan isitmasi 38,2°S ga ko‘tarilib,
ko‘kragidagi og‘riq kuchaygan, mayda bo‘g‘imlarida xam og‘riq paydo bo‘lgan. Auskultatsiyada
perikardning kuchsiz ishqalanish tovushi eshitilgan. Nafas shovkini susayib, plevraning
ishkalanish shovqini kuchaygan.
Jigari va talog‘i kattalashmagan. Yurak qisqarishlari soni minutiga 92 martacha, A/B—
130/80 mm ga teng. Rentgenologik tekshirilganda plevra bo‘shlig‘ida ozroq suyuqlik borligi
aniqlangan. Qonda leykotsitlar 12X109 l, eozinofillar — 18 ga teng.
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) o‘tkir miokard infarktning qaytalanishi;
b) infarktdan keyingi asoratlar (Dresler sindromi);
v) bakterial endokardit;
g) o‘tkir pnevmoniya;
d) penitsillinga allergik reaksiya.
2. Bu kasallikda davolash usuli qanday bo‘lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: