O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana08.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#645326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
fayl 1951 20210924

Organizmni chiniqtirish
deganda uning turli xil tashqi ta’surotlarga sovuqqa, 
issiqqa, yuqori darajadagi quyosh radiatsiyasiga kabilarga organizmning sekin-asta 
qarshiligining orta borishligi, xamda turli xil yuqumli kasalliklardan saqlanishligiga 
tushuniladi.Bunda havo, suv, quyosh nuri hamda muntazam, meyorida turli xil 
irogrammada shugullanadigan jismoniy tarbiya va sifatli, tartibli ovqatlanishliklar 
chiniqishlikning asosiy manbalari hisoblanadi. SHuningdek yana eng muhimlaridan 
muntazam ravishda havo, suv vannalari, suvda suzishlik, va bulardan tashqari 
hayotda shaxsiy va umumiy gigiena qoidalaridan to‘liq foydalanishlik, xonalarni 
tez-tez shamolatishlik va unda optimal issiklikni tartibga solib turishlik, hamma vaqt 
tartibli va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishliklar ham muxim omillardan 
xisoblanadi.Organizmni 
chiniqtirishning 
asosiy 
qoidalari 
mavjuddir. 
Ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Quyosh vannasidan foydalanishlik qoidalari. Bunin uchun gorizontal 
holatda yotib, toza havo va xaroratdan foydalanishlik lozim. Asosan soat 8 dan 11 
gacha, ovqatlanishdan 1.5 soat oldin yoki 1.5-2 soat keyin bajarilishi kerak. Aks 
holda quyosh nuri ta’sirida teri kuyishligi yoki ovtob urishi mumkin. 
2. Havo vannasidan foydalanishlik. Buning uchun asosan kunduz kuni soat 9 
dan 18 gacha ma’lum qulay vaqtlarda, quyosh nuridan, shamoldan saqlangan xolda 


15 
shugullanishlik lozim. Och qoringa va ovqatlanish tugagan davrlarda shug‘ullanish 
tavsiya etilmaydi. 
3. Suvdan turli xolda foydalanish. Buning uchun boshdan boshlab suv 
quyishlik, dush qabul qilishlik, suv ostida massaj qabul qilish (kattalar uchun), 
cho‘milish va boshqalar. Muhimi ayniqsa bolalar uchun badanni suv bilan artishlik 
muhimdir. Bunda sochiq yoki yumshoq po‘kak (gupka) yordamida badanni artib 
quruq sochiq bilan tezda artib olinadi. Suvning xarorati maktabgacha bo‘lgan davrda 
+28 +25° , maktab davrida +25 +20° dan boshlanib, keyinchalik xar 3-4 kunda sekin 
-asta +1° gacha kamaytirilib maktabgacha bo‘lgan davrda +19° gacha, maktab 
yoshdagilar uchun +16° gacha pasaytirishlik ma’qul. Kattalar esa, o‘z sharoit va o‘z 
xolatlariga ko‘ra, o‘zlari aniqlashlari lozim.Organizmning chiniqishida ko‘pgina 
reaksiyalar sodir bo‘ladi. Suvdan foydalanishda yana quyidagilarga rioya qilishlik 
lozim. Boshdan suv quyishlik va dush qabul qilishlik yaxshi natija beradi. Bunda 
bolalar suv bilan badanni artishgaodat qilgach, dush qabul qilishlik birinchi galda 10-
15 soniya (sekund) va asta sekin 40-30 soniyagacha. Suvdan foydalanishlik asosan 
yoz kunlarida bo‘lishligi lozim, ayniqsa jismoniy mashg‘ulotlardan keyin ertalabki 
vaqtlarda. Cho‘milish ham muhimlardan hisoblanadi. Asosan ertalabki jismoniy 
mashg‘ulot, quyosh vannasidan keyin bo‘lishi lozim. Maktab yoshdagilar uchun 10- 
15 daqiqa bulishi lozim va bunda albatta suv ichida etarli darajada xarakatda 
bo‘lishlik lozim. Aks xolda badan sovqotishi- titrashlik kabi holatlar paydo bo‘lishi 
mumkin.Bundan tashqari sof havoda jismoniy mashg’ulotlarning ahamiyati kattadir. 
Ma’lumki jismoniy tarbiya masalalari uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: 
musobaqalarda qatnashishlik uchun, maxsus maqsadlar uchun, xamda umumiy 
organizm taraqkiyotini mustaxkamlash uchun. Birinchi va ikkinchi turlari ma’lum 
maqsadlarga asoslanib maxsus dastur (programma) larga asoslangan xolda uzoq 
muddatlarda olib boriladi vategishli maqsadlarga erishiladi. 
Umumiy organizm taraqqiyotini mustaxkamlash uchun olib boriladigan 
jismoniy tarbiya yuqorida aytilganlardan tashqari xarakat faoliyatini oshirish uchun 
asos bo‘ladi. Bunda ma’lum maqsadlar uchun jismoniy shugullanishliklar kerak 
bo‘ladi. Masalan: yurish, yugurish, sakrash, tanlangan sport mashgulotlari va 


16 
maxsus kasbiy (professional) tayyorgarliklar va boshqalar. Ertalabki gigiyenik 
gimnastikaning ahamiyati haqida so’z yuritilar ekan, har kuni ertalab uyqudan 
gurgach 7-20 xil mashq va xar bir xolatlarni 6-8 marta qaytarishlik kerak. Bunda 
odam o‘zini tetik va bardam xis qiladi, kayfiyati yaxshilapadi va kelgusi mexpat 
xamda o‘kishlar uchun go‘yoki energiya-kuch olgandek bo‘ladi. Ergalabki ruxiy 
oziklanish va qut barakaga qo‘l urishlik «jismoniy zaryadlanish» deb bekorga 
aytilmagan. Buning uchun bunday mashgulotlarni muntazam ravishda 
(sistematicheskiy) bajarishlik organizmga kuch gayrat bagishlaydi, muskullarni 
quvvati ortib boradi, shamollash kabi kasalliklarga qarshi kurash qobiliyati oshadi, 
charchashlik alomatlari kamayib boradi va kuch quvvat, bardamlik osha 
boradi.Jismoniy tarbiyaning nafas faoliyatiga ta’siri bu salomatlikni mustaxkamlash 
uchun nafas olish va chiqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlikka odatlanish kerak. Buning 
uchun nafasni burundan chuqur ritmik va tekis olish kerak.
Ertalabki komleks gimnastik mashqlarga albatta nafas xarakatlari birga olib 
borilishi kerak. Burundan nafas olishda sovuq havo iliy boshlaydi, changlardan 
tozalanadi, quruq havo namlanadi, burundagi shilliq qatlamlar havodagi mikroblarga 
qiron keltiradi, o‘pkaning olveolalarigacha sof toza havo boradi. Shunday qilib, 
to‘g‘ri va chuqur nafas olishlik organizmning barcha xo‘jayra to‘qimalariga, 
a’zolariga, yurakka nerv asab tizimiga ijobiy ta’sir etib, organizning quvvatini 
oshiradi. Jismoniy mashqlarning salomatlikka, organism rivojlanishining sifatiga, ish 
qobiliyatiga va qaddi- qomatning rostlanishiga ta’sirida inson salomatligi, qomati, 
oganizm taraqqiyotining sifat darajasi, ish qobiliyatining turli xi bo‘lishi, normal 
xolda bo‘lmasligi uning ish qobiliyati va aql zakovatiga salbiy ta’sir qiluvchikabi 
sabablar anchagina. Masalan, turli xil kasalliklar, bemorning uzoq mudsat kravatda 
yotib kolishi, o‘z gavdasnni yaxshi tuta olmasligi, ishlash uchun normal shart 
sharoitlarning bo‘lmasligi, xona yoruqligining yaxshi emasligi, o‘kuvchi yoshlar 
uchun stol stul va partalarning baland pastligi xatto sumka yoki napkalarni doimo bir 
tomonda ushlash va boshqalar odam gavdasi-qomatining turli xilda o‘zgarishiga olib 
keladi (umurtqa pog‘onasining u yoki bu tomonga egilishi ko‘krak qafasida o‘zgarish 
bo‘lishi, elka gavda tuzilishidagi ayrim o‘zgarishlar va boshqalar) albatta ular


17 
kishining tashqi ko‘rinishidagi kamchiliklar va organizm ish qobiliyatining sifatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xolatlarda shifokor tomonidan kursatmalar beriladi 
xamda jismoniy tarbiya beruvchi uqituvchilar o‘zlarining xar bir talabaga yoki 
o‘sayotgan yosh organizmga o‘ziga tegishli bo‘lgan dars dasturlarini belgilab qad-
qomatni rostlash, nuqsonlarni iloji boricha yo‘qotish uchun tavsiyalar berilib, uzoq 
vaqg davomida mashqlar o‘tkazishni buyuriladi va bajariladi. Shuningdek, uyda, 
o‘qishda va ishda xech qachon bunday kishilarga ortiqcha vamurakkab mashklarni
tavsiya etish mumkin emas, chunki oqibati yaxshi bo’lmaydi. 
Hulosa qilib aytganda, normal, maqsadga muvofiq va turli xil tegishli, 
kompleks jismoniy mashklar bilan doimiy, muntazam ravishda shugullanish, albatga 
o‘zining ijobiy samarasini beradi, organizmning normal rivojlanishi, o‘quvchilar, 
talabalar 
va 
yoshlarning 
jismonan 
baquvvat, 
aqliy 
mehnat 
qobiliyatini 
mustaxkamlaydi. Jismoniy tarbiya va sport bolalarni, yoshlarni, ularni yoshi, 
jismoniy holati, kuch-quvvati, ruhiy holati - psixologik xususiyatlari vakobiliyatiga 
qarab o‘ziga xos bo‘lgan izkul’tura va sportning turidan tanlab jalb etish ksrak. 
Bunda dastlab oz-ozdan xarakatga o‘rgatib, erkin holda shug‘allanishlari va turli 
xollarini o‘rgatish bilan mashg‘ulotlarga jalb etish kerak. Shuningdek mashqlar 
davrida biror kamchilik, nokulayli yoki u yoki bu jarohat olgan takdirda tezda tegishli 
yordam ko‘rsatib, kelgusida ko‘rqib qolmasliklarini hisobga olib, tushuntirish yo‘li 
bilan - psixologik nuqtai nazardan tarbiyalash ularning sog‘ligini saqlash - valeologik 
yoshdoshishlik eng muhim metodologik tarbiya hisoblanadi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish