O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana08.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#645326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
fayl 1951 20210924

Nazorat savollari 
1.Sog‘lomlashtirish tizimida inson organizmining moslashish reaksiyalari haqida 
gapirib bering 
2.Inson organzmining jismoniy mashqlarga moslashish jarayoni qanday kechadi? 
3.Sog’lomlashtirish tizimida moslashtirishni shakllanish bosqichlari nechta? 
4.Adaptasiya tushunchasiga ta’rif bering. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Arziqulov R.”Sog’lom turmush tarsi asoslari” T-2005 
2.Irgashov Sh. “Voleyologiya” T-2015 
3.Mutalova Z. “Sog’lom turmush tarzi” T- 2007. 
4.Safarova D D, Shakirjanova K.T, Abduraxmonova N.K.”Voleyologiya asoslaridan 
ma’ruzalar to’plami”
Т 2006..


66 
2.2. Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi uslublar haqida tushuncha. 
Salomatlikni baxolash usullari. Salomatlik miqdorini baxolash. Inson 
salomatligi va xayotning davomiyligi ikki guruxga oid omillarning o‘zaro ta’siri bilan 
bog‘liq. Bir tomonda, bu xayotiy zaxira darajasi bo‘lib, u patogen ta’sirlarni 
neytrallash va fiziologik sharoitlarga moslashishni ta’minlaydi. Zaxiraning miqdori 
ma’lum darajada genetik xususiyatlarga bog‘liq, shuning uchun odamlar 
salomatlikning turli miqdorlariga ega xolda dunyoga keladi. Boshqa tamonda tashqi, 
tashqi va ichki muxit ta’sirlari organizm tizimlarining shikastlanishi va zaiflashishiga 
olib keladi. Oqibatda insonning kasal bo‘lishi yoki erta vafot etishi, yoki aksincha 
samarali sog‘lom uzoq umr ko‘rishi ikkala tamon o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘ladi: 
ta’sir intensivligi, moslashishning mukammalligi xamda organizmning qarshilik 
ko‘rsatish darajasi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, “ patogen omil”, “ jaroxatlani” va “ salomatlik zaxiralari” 
tushinchalari orasidagi farqni xisobga olgan xolda, tibbiyot faoliyati soxalari xam 
farqlanadi, uni quyidagilarga ajratish mumkin: profilaktik tibbiyot: u xavfli omillar va 
ular bilan kurashishni o‘rganadi; davolovchi tibbiyot: u kasalliklar patogenezi va 
ularni davolash yo‘llarini o‘rganadi; sog‘lomlashtiruvchi tibbiyot: uning vazifasi 
salomatlik mexanizmlar va sabablarini, shuningdek, organizmning moslashish 
imkoniyatlarini oshirish orqali salomatlik zaxiralarini oshirishni o‘rganadi. 
Tibbiyotning profilaktik, davolovchi va sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishlari 
orasidagi farkka karamay, ular bir-biriga zid va raqobatchi emas. Masalan, patogen 
omilni yo‘qotish yoki kasallikni davolash salomatlik zaxirasini oshirish va saqlashga 
yordam berishi mumkin. O‘z navbatida salomatlik zaxirasining ortishi kasallikning 
patogenlik darajasi yoki xaf omilini kamaytiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan 
tibbiyotning jixatlari salomatlikka erishish usullarida bir-biridan farqlansa xam, 
yagona yakuniy maqsadga ega bo‘ladi. 
Proflaktika, davolash va sog‘lomlashtirishga individual yondoshuvlarni faqat 
inson salomatlik darajalarini aniq baxolagandan so‘ng amalga oshirish mumkin. 
Proflaktik tibbiyot xavf omillarning darajasini o‘lchash va aniqlash bo‘yicha ko‘plab 
usullarga ega. Klinik tibbiyot kasaliklar, jaroxatlanishlarning tarqalganligi 


67 
chuqurligini xisobga olgan xolda tashxislash va baxolash borasida katta yutuqlarga 
erishdi. Ulardan farqli xolda sog‘lomlashtiruv tibbiyot xayot zaxiralarini miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda o‘lchashning etarli darajadagi usullariga xali ega emas.
Organizmning zaxira imkoniyatlarini o‘rganish tibbiyotning ancha dolzarb 
muommolridan xisoblanadi, shu bilan bog‘liq xolda zaxiralar xolatini aniqlaydi va 
potogen omillarning ta’sir etish prognozi salomatlik extimolini to‘liq belgilaydi. 
Masalan, kuch jixatdan bir xil potogen omillar bir xil xolatlarda xavfsiz, boshqa 
xolatlarda xayotga xavf solishi mumkin. Bunday farq omilning darajasi bilan emas, 
balki salomatlik zaxirasining turliligi bilan tushintiriladi. Bularning bachasi 
shifokorga organizm xolatini baxolashda nafakat potologik buzilishlar darajasini, 
balki bir vaqtning o‘zida salomatlik zaxiralarini xam inobatga olish zarurligini 
belgilab beradi. 
Salomatlikni o‘lchash muommosi qadimdan olimlarning e’tiborini tortib 
kelgan.Mavjud ko‘pchilik usullar organizmning funksional imkoniyatlari( jismoniy 
yuklamalrga tolerantlik darajasi, aerob qobilyat miqdori) ni aniqlashga asoslangan. 
SHunga qaramay, salomatlikni xar tamonlama baxolash uchun bular etarli emas, 
chunki salomatlikni bu kabi yondoshuvlar orqali to‘liq aniqlab bo‘lmaydi. 
 
Baxolash tizimi o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlar va tamoillarni oladi? 
Salomkalikni baxolab, shifokor nafakat inson bajarishi mumkin bo‘lgan( mexnatga 
layoqatlilik darajasi) ish xajmini o‘lchay olishi, balki o‘zini qanday xis qiladi( 
salomatlik sifati), shuningdek u qancha yashash mumkinligi( zaxiralar, salomatlik 
prognozi) xaqidagi ko‘rsatkichlarni o‘lchay olishi kerakdir. Sanab o‘tilgan talablarni 
xisobga olgan xolda, salomatlik tushinchasini quyidagi am aliy tarifi ( avvalgilarga 
qo‘shimcha sifatida ishlab chiqildi) 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish