I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

IPv4 va IPv6 protokollarini solishtirish 
Ushbu ikki protokollar haqida keltirilgan maʻlumotlardan soʻng, ularni 
solishtirib koʻrib, jadval tuzamiz. 
IPv4 va IPv6 protokollarining solishtirma jadvali 
6.1- jadval.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu ikki protokol bir-biri bilan solishtirilganda 
ustunlik va kamchiliklari bor. IPv6 protokolida xavfsizlik choralari koʻrilgani, 
yaʻni IPSec protokolining ishini osonlashtirish uchun qoʻshimcha maydon 
qoʻshilganligi, maʻlumotlarning yetib borishi sifati va ishonchliligi, IPv6 asosidagi 
qurilgan tarmoqning sodda arxitekturaga ega boʻlishi, yaʻni NAT — tarmoq 
manzillarini ishlatmagan holda end-to-end asosida ishlashni tashkil etgani uchun 


153 
ham bu protokolga oʻtish eng toʻgʻri yyechimdek koʻrinishi mumkin, ammo 
hozirdagi 
koʻplab 
tarmoq 
qurilmalarining 
IPv6 
protokolini 
qoʻllab-
quvvatlamasligi, koʻplab kontent maʻlumotlardan IPv6 orqali foydalanish ilojsiz 
boʻlgani, qurilmalarni yangilash uchun esa katta xarajat va vaqt talab etilishi bu 
protokolni qoʻllashda koʻplab qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Hozirda IPv4 
manzillari qolmagani va keyingi ulanayotgan yangi foydalanuvchilarni faqat IPv6 
orqali manzillash mumkin boʻlganligi, IPv6 protokoliga oʻtish muqarrarligini 
anglatadi. 
6.4. Internet sohasidagi standartlar 
 
Internet tarmogʻi ishlashini tartibga soluvchi markaziy tashkilot mavjud emas, 
lekin maʻlum bir fundamental prinsiplarni oʻrnatuvchi va tarmoq ishlashini 
boshqaruvchilar mavjud. Oʻz falsafasi boʻyicha Internet tarmogʻi avtonomdir va 
xatto anarxiyalikdir; oqibat natijada bu uning qudrati va zaifligidir. 
Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni maʻmuriylashtirish va qoʻllab-
quvvatlashda boʻyicha turli tadbirlarda qatnashadilar. Mazkur kitob kontekstida 
bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib oʻtish lozim: CERT, IAV, IETF, 
IESG, IRTF, ICANN va The Internet Society (ISOC sifatida maʻlum boʻlgan, 
Internet jamiyati). 
Kompyuter himoyasi buzilishiga eʻtibor beradigan guruh (CERT) - Karnegi-
Mellona Universitetining ekspertlar guruhi, ular Internet tarmogʻida kompyuter 
himoyasi buzilishi bilan bogʻliq masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning
noyabrida ARPA tomonidan oʻz-oʻzidan koʻpayuvchi virusli dasturlarni paydo 
boʻlishi bilan bogʻliq bir qator insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi.
Internet arxitekturasi boʻyicha Kengash(IAB), dastlab – Internet tarmogʻining 
koordinatsion Kengashi – tarkibi 12 ekspertdan iborat koʻngilli organ, ular Internet 
ehtiyojlariga yordam berish uchun oʻzlarining kompaniyalari-sponsorlari 
resurslaridan foydalanishadi. IAB ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va 
IRTF faoliyatini nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik 
siyosat va ishchi yoʻnalishni ishlab chiqaradi. 


154 
Internetning injenerlik muammolari guruhi (IETF) ustivorliklarni aniqlaydi, 
oʻrnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, jumladan protokollar, 
arxitektura va ekspluatatsiya boʻyicha yyechimlar ishlab chiqadi. Taklif etilgan 
standartlar Internetda Soʻrovlar, kommentariyalar va takliflar (RFC) koʻrinishida 
eʻlon qilinadi. Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan soʻng u tasdiqlash 
uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhiga(IESG) kelib tushadi. 
Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi (IRTF) uzoq muddatli 
masalalar, jumladan manzillash sxemalari va texnologiyalar bilan shugʻullanadi. 
Ismlar va raqamlarni berish boʻyicha Internet korporatsiya (ICANN)- 1999 
yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy maʻlum 
boʻlgan nomerlarini taqsimlash, IP-manzillarni boshqarish va domen ismlarini 
berish boʻyicha IANA federal organining vakolatlarini oʻziga olish uchun tashkil 
etildi. Portlar nomerlari 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni 
tashkil etadi. Umumiy maʻlum boʻlgan portlar 0 dan 1 023 gacha diapazon ichidagi 
raqamlar bilan nomerlanadi va tizimiy jarayonlar yoki amaliy dasturlarda 
foydalaniladi. Umumiy maʻlum boʻlgan portlar misollar koʻrsatish mumkin: SMTP 
(Pochtani uzatish oddiy protokol), protokoli uchun 25 port, HTTP (Gipertekstli 
transport protokoli) protokol uchun 80 port Telnet Distansion xizmati uchun 107 
port. TCP/IP protokoli bazazidagi Internet mijoz/server muxitida, server amaliy 
daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida bajariladi. 
Shuningdek, ICANN kompyuterlarni Internetga joylashtirishni xoxlagan 
tashkilotlarga IP-manzilni belgilaydi;IP - manzillar soni tashkilot hajmiga bogʻliq. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish