ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


O‘ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

 
O‘ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARINING
O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
 
Qosimjonova Farangiz
O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi 
Ma’lumki, millatning o‘zligini, uning o‘ziga xos urf-odat, an’ana va qadriyatlarini 
ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu shubhasiz, xalq og‘zaki ijodi hisoblanadi. Maqollar esa xalq 
og‘zaki ijodining katta qismini tashkil etadi. Qolaversa, maqollar ma’lum bir millatning 
tarixini va o‘ziga xos qiyofasini o‘zida namoyon etadi.Shu sababli ham maqollar 
tilshunoslik va folklorshunoslikda ko‘plab o‘rganilayotgan mavzulardan biridir. 
Biz ushbu maqolada o‘zbek va ingliz maqollarini o‘zaro qiyoslab, ularning o‘ziga 
xos, umumiy, o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganar ekanmiz, xalq og‘zaki ijodining tub 
tomirlaridan hisoblangan maqollarning kelib chiqish tarixiga ham qisqacha to‘xtalsak 
foydadan holi bo‘lmas… 
Xalq maqollarining tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ular kelib chiqish 
jihatidan nihoyatda qadimiydir. Shu sababdan ham, maqollar asrlar davomida xalqning 
kundalik maishiy hayotida qo‘llanib, og‘izdan og‘izga ko‘chibgina qolmasdan, turli xil 
badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda ham qo‘llangan. 
Maqol so‘zining etimologiyasiga to‘xtalsak, bu so‘z arabcha “qavlun” so‘zidan 
olingan bo‘lib, aytmoq, gapirmoq,so‘zlamoq degan ma’nolarni anglatadi va aytib 
yuriladigan ixcham shakldagi chuqur mazmunga ega bo‘lgan birliklarga nisbatan 
qo‘llaniladi. O‘zbek tilida esa maqollar matal, naql, masal, zarbulmasal, hikmatli so‘z, 
otalar so‘zi kabi atamalar bilan iste’molda. 
Dunyoda o‘zining milliy maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q. Negaki, 
maqollar o‘zida millatning ko‘p asrlik tarixini jamlagan xazina sifatida avloddan 
avlodga o‘tadi.Va shu jihatdan, maqollar har bir xalqning badiiy merosi hisoblanadi. 
Jahon folklorshunosligida maqollar kabi bir biriga yaqin janrlarni uchratish qiyin. 
Arabcha “qavlun”, forscha “zarbulmasal”, ruscha “poslovitsa”, turkcha”otalar so‘zi” 
kabi so‘zlashga va umuman,so‘zga yaqin bo‘lgan birikmalar ham maqollarning 
nomlanishida umumiylik borligini ko‘rsatadi. 


~ 289 ~ 
Ma’lumki, ingliz tilida maqol atamasi “proverb” so‘zi bilan ifodalanadi. 
Shuningdek, adages, dictums, saws, maxims, truisms kabi so‘zlar ham og‘izdan og‘izga 
o‘tib yuruvchi, ixcham shakldagi mazmunli so‘z ma’nosini beradi. 
Ingliz maqollari ham ingliz folklorshunosligidagi keng tarqalgan janr bo‘lib, 
o‘zbek xalq maqollari bilan o‘zaro umumiy va xususiy, o‘xshash va farqli jihatlarga 
egadir. 
Maqollar mazmunida torayish va kengayishlar ham kuzatiladiki, ular tarixiylik 
prinsipi asosida o‘rganiladi.Aytaylik,qachonlardir keng iste’molda bo‘lgan maqollar 
vaqtlar o‘tishi bilan iste’moldan chiqadi.Masalan,ingliz tilidagi “a fools bolt is soon 
short” maqolini olaylik. Tarjimasi “Ahmoqning kamon o‘qi tezda otilar”. Maqolning 
o‘zbek tilidagi muqobil varianti esa “Ahmoqning boshiga aqlni yopishtirib qo‘ysang, 
qo‘li bilan ko‘chirib tashlaydi”. Maqolda qo‘llanilgan “bolt” so‘zi “kamon o‘qi” bo‘lib, 
tarixan inglizlarning maishiy quroli bo‘lganligidan darak beradi. Bejizga atoqli rus 
yozuvchisi Tolstoy “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini 
ko‘raman” deb aytmagan. 
Ibratlilik butun dunyo xalq maqollariga xos belgi sanaladi.Maqollar xalqaro adabiy 
janr sifatida o‘zida ibratli fikrni ifoda etishi kerak. Maqollar pand-nasihat ruhiga 
yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim va bu jihat barcha xalq maqollariga tegishli. “A bad excuse is 
better than none”. Tarjimasi xohlamasdan uzr so‘rash umuman so‘ramagandan ko‘ra 
yaxshiroqdir. O‘zbekcha “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq 
qinidan chiqar” maqolini uning muqobili sifatida ko‘rsatish mumkin. 
Ingliz va o‘zbek maqollari nafaqat ibratlilik ruhidaligi bilan,balkim tuzilish va 
shakl jihatidan ham bir-biriga o‘xshaydi. O‘zbek tilidagi bir qismli va ikki qismli 
maqollar ingliz tilida ham uchraydi. “The absent is always in the wrong”- bu maqol 
tuzilishiga ko‘ra bir qismli bo‘lib, “O‘zi yo‘qning ko‘zi yo‘q” deya tarjima qilinadi. 
“Actions speak louder than words”- “Gap bilguncha-ish bil”. Ingliz tilida bunday bir 
qismli maqollarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. 
Shuningdek, ikki qismli maqollar ham mavjud: 
After dinner sit a while, 
After supper walk a mile. 
O‘zbek tilida bunday maqollar “Ona yurting omon bo‘lsa,rang-u ro‘ying somon 
bo‘lmas” kabi qoliplarda ko‘plab uchraydi. 
Bir va ikki qismli maqollar o‘zbek va ingliz tillarida bir xil tarzda ko‘plab uchrasa 
ham, to‘rt komponentli maqollarni ingliz tilida uchratish qiyin. 
O‘zbek tilida maqollar shakliga ko‘ra nasriy va she’riy turlarga ajratiladi.Nasriy 
maqollar ingliz tilida ham ko‘plab uchraydi.”Barking dogs seldom bit”- “Qopag‘on it 
tishini ko‘rsatmas” 
She’riy maqollar o‘zbek tilida ko‘plab uchraydi: 
Oltovlon ola bo‘lsa, 


~ 290 ~ 
Og‘zidagin oldirar. 
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, 
Tepadagin endirar. 
O‘zbek poetikasining badiiy bezaklari hisoblangan o‘xshatish, qofiya, vazn, 
alleteratsiya kabilar bunday maqollarning ohangdorligini ta’minlaydi. Bunday she’riy 
maqollar ko‘proq o‘zbek tiliga xos va ularni ingliz tilida uchratish dargumon. 
O‘zbek va ingliz maqollari o‘rtasidagi umumiy jihatlardan yana biri bu ingliz 
folklorida ham o‘zbek folklorshunosligidagi kabi maqol, matal va hikmatli so‘zlar 
o‘rtasidagi farqlarni aniqlash masalasidir. Ingliz tilida “proverb” deya ataluvchi 
maqollar, “saying” ya’ni maqollar va “riddle” topishmoqlar o‘rtasiga buyuk Xitoy 
devorini qo‘yib bo‘lmaydi, biroq ularni bir-biridan farqlovchi belgilarning hali-hanuz 
aniqlanmaganligi fanning asosiy muammolaridan biridir. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, maqollar har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi 
ko‘zgudir. Biroq ingliz tilida shunday maqollar borki, ular o‘zbek maqollariga mutlaqo 
mos tushadi.Masalan, “Dogs bark, but caravan goes on”. O‘zbek tilida ko‘plab 
qo‘llaniluvchi “It hurar, karvon o‘tar” maqoli yuqoridagi naqlning aynan o‘zidir. “When 
the cat is away, the mice will play”- ushbu maqol ham “Mushuk bo‘lmasa sichqon 
bayram qiladi” yoki, “Sulaymon o‘lib, devlar qutilibdi” kabi paraleogik birikmalarga 
mutlaqo mos tushadi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘zbek va ingliz xaq maqollari o‘zaro umumiy va 
farqli jihatlarga ega: Anonim tarzda yaratilishi, o‘zida millatning asrlik tarixini ifoda 
etishi, og‘izdan og‘izga ko‘chib yurishi va shu holda mavjudligi bilan umumiylik kasb 
etsa, tuzilishi, shakl-mazmuni bilan o‘zaro farqlanadi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish