~ 217 ~
Temirova Kamola Baxtiyor qizi Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi 2-bosqich
magistranti
Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sh. T. Maxmaraimova
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek tilining naqadar boy xususiyatga ega
ekanligi, unga bo‘lgan hurmat-e’tibor ma’naviy shaxslar tomonidan o‘rinli baholangani,
shuningdek kinofilmlarda ham tilning o‘z jozibadorlik kasb etishi yuksak baholangan.
Xalq og‘zaki ijodi hisoblanmish maqollar haqida qisqacha to‘xtalingan. Nafaqat, badiiy
asarlarda, balki kinofilmlarda ham maqollardan keng qo‘llanilishi “Mahallada duv-duv
gap” kinosidan o‘rin olgan maqollar vositasida talqin etilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘zlikni anglash, ona tili, kino san’ati, kinoasar tili, kinodramaturg,
ssenariynavis, qahramon tili, adabiy til, xalq so‘zlashuv tili, maqol, “Mahallada duv-duv
gap” kinofilmi.
Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar
inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu
millatning ruhidir. Tilga ehtirom va e’tibor bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining
e’tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o‘zining ona tiliga muntazam muhabbat
bilan qaragan, uni e’zozlab
ardoqlagan, o‘zbek tilining mukammalligi va betakror
ohanglaridan faxru iftixor qilgan. O‘zbek tilidagi tarang mantiq va go‘zallikni har soniya
inkishof etishga ishtiyoq sezgan.
Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan biri tilshunoslik necha o‘n asrlardirki,
til deyiladigan tilsimning tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo‘lida tinimsiz
izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi o‘laroq, bu fanda xilma-xil yo‘nalishlar, ilmiy
qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo‘lgan tilshunos
yo‘q. Izlanishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazaridan tilshunoslikning barcha soha bilan
o‘zaro
aloqadorligini, shuningdek uning vositasi sanalmish tilning har jabhada o‘z
o‘rniga ega ekanligi barchamizga ma’lum. Millionlar san’ati deb baholanuvchi kino
olamida ham til o‘z jozibadorligini namoyon etadi. Tilning jilvakorligi aktyor va
aktrisalar nutqi orqali (sahna ortida yozuvchi-dramaturg, rejissor,
operator, rassom,
kompozitor va boshqa kinoijodkorlarni unutmasligimiz kerak, albatta) yanada
ravshanlashadi. “Biz kinoasarlarni ko‘rish va eshitish uchun yaratiladi, deb e’tirof
etamiz. Manzaralar va qiyofalar yaratish uchun bo‘lsa, musiqa,
shovqinlar va til
eshitishga e’tibor qaratiladi. Kino tomoshabinlarini hayajonlantiradigan, qahramon
bilan birga hamdard bo‘ldiradigan muhim omil bu tildir. Har bir qahramon nutqida
qo‘llanadigan so‘z jarangdor bo‘lishi, urg‘ulari joy-joyiga qo‘yilishi joiz. Qahramonlar
ijobiy bo‘lsa
muhabbat, salbiy bo‘lsa nafrat qo‘zg‘atadigan omil ham asar tilidir”.
Kinodramaturg asarning tilini yaratishda hayotiy kuzatishlar jarayonida ko‘rgan,
bilgan, eshitgan, o‘qigan va esida qolgan so‘zlarni personajlar tiliga ko‘chiradi. Badiiy
obrazdagi shaxsning tili, til materiallari yordamida ishlanadi va sayqallanadi. Bunga
muallifning badiiy to‘qimasi, fantaziyasi va dunyoqarashi yordam beradi. Til
tipiklashtiriladi. Natijada badiiy libos kiygan qahramon tili paydo bo‘ladi. Ssenariynavis
asar yozayotganda grammatik qoidalarga amal qilibgina qolmasdan, ko‘proq erkin, xalq
so‘zlashuv tiliga suyanadi. Shunda personajlar tilining jozibasi xalq tiliga yaqin bo‘lib,
so‘zning ta’sir kuchini oshiradi. Har bir muvaffaqiyatli chiqqan gap asarning butun ta’sir
~ 218 ~
kuchini oshiradi va asarni yanada jozibali qilib, tomoshabin qalbida shu asarning sirli
eshiklarini ochadigan oltin kalit bo‘lib qoladi. Ana o‘sha kinoasarning sirli eshiklarini
ochishga xizmat qiladigan oltin kalitlardan biri xalqimiz orasida “otalar so‘zi” deb
e’tirof etiluvchi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunasi sanalmish maqollardir.
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq
maqollari
folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir.
Maqol
atamasi arabcha [
قو ڶ
– “қавлун”] maqola, kichik asar; so‘z, nutq. Hayotiy tajriba
asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan,
ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. Maqol, masal, zarbulmasal, naql,
hikmat, foyda, hikmatli so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishmandlar
so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari
g‘oyat ommaviy bo‘lib, umumfolklor namunasi hisoblanadi.
O‘zbek
turmushini, milliyligini, o‘zligini namoyon etgan juda ko‘plab milliy
kinolarimiz bor. Kino ortida o‘z kasbining fidoyilari, jonkuyarlari, katta adabiy-badiiy
zahiraga ega bo‘lgan ma’naviy shaxslar faoliyat yuritishadi. Odatda mashhur
“Mahallada duv-duv gap” filmi haqida gap ketsa, Shuhrat Abbosovning filmi deyishadi,
lekin ssenariy mualliflari Ramazonov va Rest tilga ham olinmaydi.
Buning ustiga
dialoglarni buyuk Abdulla Qahhor yozgani qayd etilmaydi ham. Rejissor Sh.
Abbosovning oliy malakasini mutlaqo inkor etmagan holda sayoz ssenariy hech qachon
teran film paydo bo‘lishiga olib kelmaganini ta’kidlab o‘tamiz. “Mahallada duv-duv
gap” ssenariysiga A.Qahhordek hajv, dialog ustasi sayqal bergani, uzoq yurtda yurib
Vatanini sog‘ingan, yurtdoshlarining mehmondo‘stligini, mehr va sadoqatini,
keksalarga izzat-hurmatini, yoshlarga bo‘lgan samimiy his-tuyg‘ularini, ayniqsa chuqur
his etgan rejissor Shuhrat Abbosov asar mualliflari Abdulla Ramazonov va Y.Rest
tasvirlagan obraz va voqealarni yoshlarga xos shijoat, ehtiros ila ekranga olib chiqqani
ham mazkur komediyaning yuksak reytingini belgilab berdi.
Kundalik hayotimizda maqollardan ko‘p foydalanamiz. Badiiy asarlarda
maqollarning ishlatilishi asarning nafaqat badiiyligini ta’minlaydi, balki insonga estetik
zavq-shavq ulashadi. Ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib, davr sinovlaridan o‘tib
kelayotgan o‘lmas, nodir kinolarimizda ham milliyligimiz ramzi bo‘lgan “otalar so‘zi”
- maqollardan keng o‘rinlarda qo‘llanilgan.
Jumladan, 1960-yilda rejissor Shuhrat
Abbosov boshchiligida su’ratga olingan “Mahallada duv-duv gap” kinokomediyasida
ham maqollarning o‘rni bo‘lakcha. Kino ishlanganiga qariyb yarim asrdan ziyod vaqt
o‘tsada, o‘z muxlislariga ega ushbu kinoda hokisor Mehriniso ona obrazi tufayli elning
“aya”siga aylangan Lutfixonim Sarimsoqovaning tilidan aytilgan
Do'stlaringiz bilan baham: