Laboratoriya ishi:
1. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida toshbaqalarning tashqi tuzilishidagi va xulq-atvoridagi
cho‘l muhitiga moslanish belgilarini аniqlаng.
2
. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‘ldiring
.
Toshbaqalarning jihatlari
Moslanish belgilari
Toshbaqalarning tashqi tuzilishidagi
cho`l muhitiga moslanish belgilari
Tosh kosalari va terisi rangi cho`l muhiti rangiga o`xshash, terisi
qalin
Toshbaqalarning
xulq-atvoridagi
cho`l muhitiga moslanish belgilari
Oziq taqchil bo`lgan jazirama yoz kunlarida va qishda oziq
topolmasdan “uyqu”ga ketadi
Toshbaqalardagi
moslanishlarning
nisbirligi
Tosh kosalari ularni yirtqichlardan himoya qiladi, ammo, burgut,
sarisor, boltayutar qushlaridan himoya qilolmaydi
BILET-25
1. Biosfera evolyutsiyasi: noogenez jarayonini tushuntiring.
2. Umurtqasiz hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi evolutsion
o‘zgarishlar haqida ma’lumot bering.
3. Rasmda qanday jarayon ifodalangan?
1-savol javobi:
Noogenez.
Taxminan 50 m
ing yil avval biosfera rivojlanishiga inson faoliyati bilan bog‘liq
ekologiyaning yangi
–
antropogen omili o‘z hissasini qo‘sha boshladi. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan
biosfera rivojlanishida noogenez davri boshlandi.
Inson o‘zin
ing tarixiy rivojlanishining dastlabki bosqichida
biologik tur sifatida biotsenoz tarkibidagi organik moddalar bilan oziqlanuvchi tarkibiy qismi hisoblangan,
odamlarning yashash muhitiga ta’siri boshqa organizmlarning ta’siridan farqla
nmagan. Inson faoliyati
birinchi navbatda o‘ziga oziq topish va yashash muhitini yaxshilashga bo‘lgan eng zarur ehtiyojlarini
qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Odamlar aqliy qobiliyatining rivojlanishi, mehnat faoliyati va ijtimoiy
h
ayot tarzi tufayli inson rivojlanishning biologik qonunlari nazoratidan chiqa boshladi. Ko‘proq kishilik
jamiyatining rivojlanish qonunlariga bo‘ysuna boshladi. Olovdan foydalanish, ov qilish, baliq ovlash, meva
va urug‘larni yig‘ish
, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, yashash joylarini qurish, faol ravishda
boshqa joylarga ko‘chib o‘tish, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hamda o‘troq yashashga
moslanish atrof-
muhitni o‘zgartiruvchi kuchga aylandi.
O‘rta asrlarda fan
-texnika, jamiyat, sanoat va
qishloq xo‘jaligining rivojlanish sur’atlari tezlashdi. Yangi yerlarning kashf etilishi inson ehtiyojlari uchun
tabiiy hududlarning o‘zlashtirilishini sezilarli darajada
kengaytirish imk
onini berdi. Inson o‘z ehtiyojlari
uchun tirik organizmlar, qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‘proq foydalana boshladi. XIX
asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‘i –
ko‘mir va neftdan foydalanishga o‘tdi. Avval moddala
r
almashinuvi va energiya oqimiga jalb etilmagan, Yer qobig‘ida yig‘ilgan biogen moddalar inson tomonidan
sun’iy ravishda davriy aylanishiga qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: