Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov


VII BOB BOZOR KON’YUNKTURASINI TADQIQ



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/200
Sana08.06.2022
Hajmi4,94 Mb.
#643363
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200
Bog'liq
Marketing (M.Qosimova, M.Yusupov va b.).decrypted

VII BOB
BOZOR KON’YUNKTURASINI TADQIQ
ETISH VA BASHORAT ETISH
7.1. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha
Kon’yunkturani o ’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil 
etadi. Bizning mamlakatimizda kon’yunkturani o’rganish XX asming 20- 
yillarida tashkil etildi. “Kon’yunktura” lotincha so’z bo’lib, holat degan 
ma’noni anglatadi, u keng ma’noda ulaming o’zaro aloqasidan olingan 
shartlaming yig’indisi, o ’tar sharoit, predmetlarining joylashishidir.
Bozor kon’yunkturasi — bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda 
talab bilan taklif o ’rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, 
ijtimoiy, tabiiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlami tahlil va bashoratni 
taxmin qiladi. Hozirgi kunda deyarli hamma yirik firmalar xususiy 
kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular o ’zining faoliyat doirasida jahon 
va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini kuzatishadi. Iqtisodiy 
kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining rivojlanishi va o ’zaro 
aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir ko’rinishdir. 
Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha amaliy 
sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor, 
ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani awal olib borilayotgan ishlar bilan 
bog’laydi. Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, 
balki butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, 
muomala, iste’mol, bo’lar ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga 
qamrab oladi. Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o’sish davrlarida ko’riladi. 
To’rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari 
bilan bog’liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillaming va 
kon’yunkturani rivojlanishi sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir.
Beshinchidan, uning 
asosiy ko’rinish shakli talab, taklif, va narx 
dinamikasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozoming 
holatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bo’g’in bo’lib hisoblanadi. 
Kon’yunktura tadqiqotining ikkita obyektiga ko’ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, ikki mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi:
• umumxo’jalik kon’yunkturasi;
• tovar bozori kon’yunkturasi.
Umum xo’jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga 
qaramasdan tovar bozorlarining va ko’plab o ’zaro munosabatlar 
kon’yunkturasini yig’indisi deb qarash mumkin. Tovar kon’yunkturasi 
umumxo’jalik kon’yunkturasini tashkil etadi, umumxo’jalik kon’yunkturasi 
esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqaradi. Shuning uchun 
ham um um xo’jalik k o n ’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar 
kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb hisoblab 
b o ’lm aydi. T ovar b ozorlari k o n ’yu nkturasini u m u m x o ’jalik 
kon’yunkturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar 
kon’yunkturasini tashkil etuvchilaiga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. 
Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro 
ta ’sirchanligi va o ’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, 
umumxo’jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.
Bozomi va awalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar 
ishbilarmonlar doirasining flkriga ko’ra, ishbilarmonlarga ulaming xo’jalik 
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni 
pasaytirishda qurol hisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina 
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini 
o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga 
keladigan asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori o ’zida, birinchidan, m a’lum bir tovarni ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilar o ’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar 
guruhi va iste’molchilar guruhi o’rtasida iqtisodiy aloqalarining tizimini o’zida 
aks ettiradi. Aloqalaming asosiy ko’rinishining birinchi turi bu oldi-sotdi 
jarayoni, ikkinchisi esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning 
mexanizmi orqali o ’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozomi butunlay 
shakllantiradi. Bozor munosabatlaming tarixiy rivojlanishi davomida milliy 
chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.
7.2.Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish 
ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari
Kon’yunktura tahlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, 
tarkibi, bir tovaming boshqasining o’mini egallay olish imkoniyati, tovar 
zahiralari, narxning o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining
www.ziyouz.com kutubxonasi


o’rganishni oladi. Bozor konyu’nktutasini muntazam ravishda o’iganib borish 
savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor 
kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning 
qamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish 
firmasi uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yunkturasi 
bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xaraktedanadi. Shunga 
ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va 
sotib oluvchilaming xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx- navoga, modaning 
o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozoming kelajakdagi holatini ishlab 
chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, 
ulaming qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport 
va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab 
aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab va 
korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi 
xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanish darajasini hisobga 
olib talab o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili 
bir -biri bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi. Sifatli tahlil qilish 
uchun to’plangan ma’Iumotlami uchta guruhga bo’linadi:
-o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar. 
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib, kon’yunktura sharxi 
hisoblanadi. Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o ’tishdan aw al 
kon’yunkturaning ko’rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish darkor.
Ko’rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko’rsatkichlarga bo’linadi. 
Makroko’rsatkichlarga-umumxo’jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlari, tovar aylanmasi ko’rsatkichlari, pul muomalasi 
ko’rsatkichlari, iste’mol ko’rsatkichlari kiradi. Mikro ko’rsatkichlarga esa 
alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va hokazolar.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita 
yo’l bilan olib borish mumkin:1

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish