Qimmatli qog‗ozlar bozori va uning ishtirokchilari.
Fond birjasi -
qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdisi o‗tkaziladigan joy.
Fond birjasidagi qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni shartli ravishda 3
turga bo‗lish mumkin:
brokerlik operatsiyalari;
dillerlik operatsiyalari;
market-meykerlik.
Brokerlik operatsiyalari
– mijozning topshirig‗iga asosan va uning pul
mablag‗lari evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Dillerlik operatsiyalari
– tashkilot o‗z nomidan va o‗z pul mablag‗i evaziga
amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Market-meykerlik
fond bozorida emitentlarga ko‗rsatiladigan xizmat turi.
Bu xizmatlarga quyidagilar kiradi:
-
Sotib olish va sotish kotirovkalarini bir maromda ushlab turish;
-
Aksiyalar likvidligini ushlab turish;
-
Moliyaviy maslahatlar;
-
Aksiyalarni emissiyaga va bozorga taklif qilishda boshqarish;
-
Maqsadli sotib olish yo‗li bilan aksiyalarga sun‘iy talabni tashkil etish;
-
Emitentning aksiyalarini sotib oladigan jiddiy investorlarini jalb qilish.
Fond birjasining asosiy vazifalari:
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
-
qimmatli qog‗ozlarning bir maromda muomalada bo‗lishining zarur sharoitini
ta‘minlash;
-
qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan talab va takliflar o‗rtasidagi muvozanatni aks
ettiruvchi narxlarni, ya‘ni bozor bahosini belgilash;
-
qimmatli qog‗ozlar va qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarini kasb
mahoratini yuqori darajada saqlab borish;
-
muntazam ravishda narx aniqlanishiga, indeksatsiya o‗zgarishiga, savdo-sotiq
vaqti, qimmatli qog‗ozlar, shartnomalarning miqdoriga va boshqa
ko‗rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holatini va uning rivojlanishiga
doir taxminiy shartlarni e‘lon qilish.
Hozirgi vaqtda, rasmiy statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, duyoda 150 dan ortiq
fond birjasi bo‗lib, ulardan o‗n ikkitasi eng yirik birja sifatida xalqaro qimmatli
qog‗ozlar bozorining asosini tashkil etadi.
3
Bularga Nyu-York, London, Tokio,
Frankfurt, Tayvan, Seul, Syurix, Parij, CHikago, Kuala-Lumpur, Gonkong,
Istambul fond birjalaridir.
Xalqaro fond birjalarining infrato‗zilmasida yuzaga kelgan muhim
o‗zgarishlardan biri birjalar o‗rtasida mijoz uchun raqobat kurashining
kuchayganligi hisoblanadi. Uning isboti sifatida bozorning professional
ishtirokchilari sonining tobora oshib borayotganligini ko‗rsatish mumkin.
XX asrning 80-yillarida Angliya SEAQ International yuzaga keladi.
Bu nafaqat ingliz korxonalarining aksiyalarini, balki ular bilan birga, boshqa
evropalik emitentlar hamda amerikalik va yaponiyalik emitentlar tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarni oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan dilerlik
bozori
hisoblanadi.
Undan
keiyn
Bryusselda
yuqori
texnologiyali
kompaniyalarning aksiyalarini oldi-sotdi qilish amalga oiriladigan Evropa savdo
tizimi-ESDAQ yuzaga keladi.
3
И.Г. Доронин. Мировые фондовые рынки: закономерности тазвития и соврменное состояние //Дик, №8-
2002.-с49.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
XX asrning 90-yillarida muqobil savdo tizimlari- |INSTINET va
TRADEPOINT yuzaga keladi. Bularning birinchisi litseziyali broker-diler bo‗lsa,
ikkinchisi Angliyadagi litsenziyali investitsiya birjasi hisoblanadi.
90-yillarning ikkinchi yarimida elektron kommunikatsiya tarmog‗i-
Elektronic communiction networks yuzaga keladi. Ushbu tizim AQSHning
an‘anaviy birja xizmatlaridan qoniqmasdan, investitsiya kompaniyalarining
tashshabusi va ishtiroki bilan yuzaga keladi.
Xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining yuqorida qayd etilgan professional
ishtirokchilari va ularga xizmat ko‗rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining
rivojlanishi, provard natijada, ular o‗rtasidagi raqobat muhitini keskinlashuviga
olib keladi. Buning natijasida ko‗satilayotgan xizmatlar uchun olinadigan
to‗lovlarning kamayishi yuz beradi. Ular mijozlarga an‘anaviy birjalar yopilgandan
keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, investitsiyalar uchun turli xildagi
instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarni sir tutilishi kafolatlaydi.
2000 yilning boshiga kelib §arbiy Evropadagi barcha yirik fond birjalari
to‗liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, savdo ishtirokchilari
sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish imkonini beradi.
Bir qator mamlaktlarda fond birjalari o‗zlarining raqobat pozitsiyalarini
mustahkamlamoqda.
Bu
holat
moliyaviy
bozorlarning
xizmatlaridan
foydalanuvchilar
uchun
bir
necha
xizmat
turlarini
bir
joyda
markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Parij, Amsterdam,
Frankfurt, Xelsinki, Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bozorlarni, hosila
institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni birlashtiradi.
Xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining infrato‗zilmasidagi ikkinchi jiddiy
o‗zgarishlar birja ittifoqlarini to‗zish jarayonlarining boshlanganligi va tobora
chuqurlashib borayotganligi hisoblanadi.
Birja ittifoqlarini to‗zish yo‗lidagi dastlabki qadam 1997 yilda Benilyuks
birjasining to‗zish orqali qo‗yildi. Ushbu birjani to‗zish to‗g‗risidagi
shartnomaning imzolanishi bir vaqtning o‗zida uchta birjaga kross-a‘zolik
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
huquqini ta‘minladi. Hamkorlik hosila instrumentlari bozorlariga (forvard,
fyuchers, opsion bozorlari), kliring va hisob-kitoblar jarayoniga ham tarqaldi.
Ayni vaqtda, AQSHning birjadan tashqari savdo tizimi
NASDAQ
global
ahamiyatiga ega bo‗lgan xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozoriga aylanib bormoqda.
U amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritish bilan birga, jahonning
10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida e‘tirof etiloqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |