Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Sofradeks quloq va ko‘z tomchilari 5 ml li flakonlarda



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Sofradeks quloq va ko‘z tomchilari 5 ml li flakonlarda 
Oxirgi mahsulotning tahlil usullari 
Tashqi ko‘rinishi. 
Tiniq, deyarli rangsiz eritma fenil etil spirtiga xarakterli hidga ega. 
Tiniqligi. 
Tekshirilayotgan 
eritmaning 
opalessensiyasi 
sandart 
dori 
moddasining 
opalessensian oshmasligi kerak. 
Rangliligi. 
Tekshirilayotgan eritmaning rang intensivligi standart dori moddasining rang 
intensivligidan oshmasligi kerak. 
Tiniqligi. 
Tekshirilayotgan eritmani yangi tayyorlanagan 40 mm qatlam qalinligida bo‘lgan 
standart eritma bilan solishtiriladi. Eritmalarni rangsiz, tiniq, neytral shishali tekis tubli, va ichki 
diametri 15 dan 25 mm gacha bo‘lgan bir xil probirkalarga solinadi. 5 daqiqadan so‘ng yangi 
tayyorlangan standart eritmasini eritma bilan solishtirilish uchun probirkalarni vertikal holatda 
ushlab, diffuziyali kun yorug‘ligida, qora fonda ko‘riladi. 
Standart eritmani tayyorlash:
1,0 g gidrazin sulfatini suvda eritiladi va 100,0 ml hajmgacha 
o‘sha erituvchi bilan to‘ldiriladi. 4-6 soatga qoldiriladi. 
25,0 ml tayyorlangan eritmaga 2,5 g geksamin 25,0 ml suvdagi eritmasi qo‘shilib, 
aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Suspenziyani (S1) shishada chang hosil qilmasligi va 
ishlatishdan oldin yaxshilab aralashtirish kerak.
15,0 ml olingan suspenziyani1000 ml suv bilan suyultiriladi (S2). Bu suspenziya yangi 


226 
tayerlangan bo‘lishi kerak va 24 soatdan ko‘p saqlamaslik kerak.
10 ml standart(S2)ga 90 ml suv qo‘shiladi va aralashtiriladi.
Rangliligi. 
Tekshirilayotgan eritmani standart eritmani rangliligi bilan 400 qatlam qalinligida 
solishtiriladi. Eritmalarni rangsiz, tiniq, neytral shishali tekis tubli va tashqi diametri 15 dan 25 mm 
gacha bo‘lgan bir xil probirkalarga solinadi. Eritmalarni solishtirish probirkalarni vertikal holatda 
ushlab turilib, kunning difuziya nurida, oq fonda o‘tkaziladi. 
Eritmani tayyorlash1: 46 g temir (III) xloridni 25 ml xlorid kislotasidan va 975 ml suvdan 
tashkil topgan, 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan 
to‘ldiriladi. 1 ml eritma tarkibida 45 mg FeCl
3
*6H
2
O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma 
suyultirilgan xlorid kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak. Eritmani yorug‘lik ta’siridan
himoya qilish kerak. 
10,0 ml olingan eritmanikonik kolbaga qattiq siqilgan qopqoq bilan solinadi, 15 ml suv, 5 ml 
xlorid kislota va 4 g kaliy yod qo‘shiladi. Kolbani yopiladi va 15 daqiqaga qorong‘u joyga qo‘yib 
qo‘yiladi. 100 ml suv solingandan so‘ng 0,1 M natriy tiosulfat bilan yodni titrlanadi, indikator 
sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash oxirida qo‘shib ishlatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 27,03 mg FeCl
3
*6H
2
O ga mos kelishi kerak. 
Eritmani tayyorlash 2: 60 g kobalt (II) xloridni 25 ml xlorid kislotasi va 975 ml suv bilan 
hosil bo‘lgan 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan to‘ldiriladi. 
1 ml eritma tarkibida 59.5 mg SoCl
2
*6H
2
O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma suyultirilgan 
xlorid kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak. 
5,0 ml tayyor bo‘lgan eritmaga konik kolbaga solib qopqoq bilan yopiladi, 5 ml vodorod 
peroksid (10 ml) va 10 ml 30% (mg/ml) natriy ishqorining eritmasidan qo‘shiladi. 10 daqiqa 
davomida asta –sekin qaynatiladi. Sovutilgandan so‘ng 60 ml 1M sulfat kislota va 2 g kaliy yod 
qo‘shiladi. Kolbani yopiladi va cho‘kmani sekin silkitish orqali eritiladi. Ajralib chiqgan yodni 0,1 M 
natriy tiosulfat bilan yodni titrlanadi, indikator sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash oxirida 
qo‘shib ishlatiladi. Titrlashning oxirgi nuqtasini pushti rang hosil bo‘lishi bilan to‘xtatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 23,79 mg SoCl
2
*6H
2
O ga mos kelishi kerak. 
Eritmani tayyorlash 3: 63 g mis (II) sulfatni 25 ml xlorid kislotasi va 975 ml suv bilan hosil 
bo‘lgan 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan to‘ldiriladi. 1 ml 
eritma tarkibida 62.4 mg SuCl2*6H2O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma suyultirilgan xlorid 
kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak. 
10,0 ml tayyor bo‘lgan eritmaga konik kolbaga solib qopqoq bilan yopiladi, 50 ml suv, 12 ml 
2M sirka kislota va 3 g kaliy yod eritmasidan qo‘shiladi.Ajralib chiqgan yodni 0,1 M natriy tiosulfat 
bilan yodni titrlanadi, indikator sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash oxirida qo‘shib 
ishlatiladi. Titrlashning oxirgi nuqtasini och-jigarrang rang hosil bo‘lishi bilan to‘xtatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 24,97 mg SuCl2*6H2O ga mos kelishi kerak. 
Ranglilikning standart eritmasini tayyorlash. 
30 ml eritma 1ni, 30 ml eritma 2 ni, 24 ml eritma 3 ni aralashtiriladi va 16 ml 1% mg/kg 
xlorid kislota qo‘shiladi. 
Ranglilikning standart eritmasini olish uchun 1,5 ml yuqorida ko‘rsatilgan eritmadan va 97,5 
ml 1% (mg/ml) xlorid kislotasini aralashtirilib olinadi. 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish