10.Mikrobiologik tozaligi.
Tekshirish U DF, 2.6.12., 2.6.13, N. ga asosan olib boriladi.
Kategoriya 3A,5.1.4, N.
Yashovchan aerob bakteriyalarning umumiy sonini aniqlash.
Tekshiriluvchi A namuna.
Preparatdan olingan 10 g o’rtacha namunani steril o’lchov
idishiga solib, ustiga 500 ml bo’lguncha tarkibida 40 g/l steril polisorbat- 80 saqlovchi, natriy xlorid
va peptondan pH=7.0 tashkil topgan steril fosfat bufer eritmasidan solinadi va aralashtiriladi.
Bakteriyalarning umumiy sonini aniqlash uchun 1 ml tekshiriluvchi A namuna ikki
qatlamli usul yordamida ikkita Petri kosachasiga zich ozuqa muhiti №1 ga ekiladi.
Yashovchan aerob zamburug’larning umumiy sonini aniqlash.
Tekshiriluvchi B namuna.
Preparatdan olingan 10 g o’rtacha namunani steril o’lchov
idishiga solib, ustiga 200 ml bo’lguncha tarkibida 40 g/l steril polisorbat- 80 saqlovchi, natriy xlorid
va peptondan pH=7.0 tashkil topgan steril fosfat bufer eritmasidan solinadi va aralashtiriladi.
Zamburug’larning umumiy sonini aniqlash uchun 1 ml tekshiriluvchi B namuna ikki
qatlamli usul yordamida ikkita Petri kosachasiga zich ozuqa muhiti №2 ga ekiladi.
Enterobacteriaceae oilasi bakteriyalari borligini aniqlash.
Tekshiriluvchi V namuna.
Preparatdan olingan 10 g o’rtacha namunani steril o’lchov
idishiga solib, ustiga 100 ml bo’lguncha natriy xlorid va peptondan pH=7.0 tashkil topgan steril
fosfat bufer eritmasidan solinadi va aralashtiriladi.
10 ml tekshiriluvchi V namunani 100 ml №3 ozuqa muhitiga ekiladi.
Staphylococcus aureus borligini aniqlash.
Tekshiriluvchi G namuna.
Preparatdan olingan 10 g o’rtacha namunani steril o’lchov
idishiga solib, ustiga 500 ml bo’lguncha tarkibida 40 g/l steril polisorbat- 80 saqlovchi, natriy xlorid
va peptondan pH=7.0 tashkil topgan steril fosfat bufer eritmasidan solinadi va aralashtiriladi.
50 ml tekshiriluvchi G namunani 500 ml tarkibida 40 g/l steril polisorbat- 80 saqlovchi №8
ozuqa muhitiga ekiladi.
Pseudomonas aeruginosa borligini aniqlash.
Tekshiriluvchi D namuna.
Preparatdan olingan 10 g o’rtacha namunani steril o’lchov
idishiga solib, ustiga 100 ml bo’lguncha natriy xlorid va peptondan pH=7.0 tashkil topgan steril
fosfat bufer eritmasidan solinadi va aralashtiriladi.
10 ml tekshiriluvchi namunani 100 ml №8 ozuqa muhitiga ekiladi.
Yashovchan aerob mikroorganizmlarning preparatdagi ruxsat etilgan miqdori:1 g
preparatdagi bakteriyalar soni 10
3
dan ko’p bo’lmasligi, zamburug’lar soni 10
2
dan ko’p
bo’lmasligi kerak.
1 g preparat tarkibida Enterobacteriaceae oilasiga mansub mikroorganizmlar bo’lmasligi
kerak;
1 g preparat tarkibida Staphylococcus aureus bo’lmasligi kerak;
1
g preparat tarkibida Pseudomonas aeruginosa bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |