Mavzu:
Matn muharrirlari. Matn muharrirlarining turlari, asosiy vazifalari va qo’llanilishi
Reja:
1. Matn muharrirlari.
2. WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
3.
Microsoft Office
tarkibidagi matn muharriri
WINDOWS tarkibidagi matn muharrirlari
Standart dasturlar WINDOWS tarkibidagi (birgalikda beriladigan) dasturlardir. Bu dasturlar
yordamida biz har xil asosiy ammallarni bajarishimiz mumkin (matn yozish, rasm chizish, musika
eshitish, video ko’rish, hisob kitob qilish, uyin uynash va xoqazo). Bu dasturlarning kamchiligi bor
- shu dasturlar yordamida sodda fayllarni yaratishimiz va dasturlar yordamida tashqi qurilmalarning
kam imkoniyatlaridan foydalanishimiz. Endi shu bo’limlar bilan yaqinroq tanishini boshlaymiz.
Bosh menyuning PROGRAMM bo’limi yordamida kompyuterimizga o’rnatilgan dasturlar
ro’yxatini ko’rishimiz va ularni ishga tushirishimiz mumkin. Bu bo’lim ichidagi dasturlar va ular
guruhlar ro’yxatida
СТАНДАРТНЫЕ
nomli dasturlar guruhi joylashadi.
SHu dasturlardan birinchi tanishadigan dastur bu -BLOKNOT (NotePad) dasturi. Uning
yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni yaratishimiz va taxrirlashimiz
mumkin. Bu dasturda hamma matnlar yoziladi, rasm va jadvallar bilan ishlash imkoniyatlar yo’q.
7-rasm
Bu dasturni ishga tushurish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin
ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi
БЛОКНОТ nomli dasturni ishga tushiramiz.
Dastur ishga tushgach ekranda standart dastur oynasini ko’ramiz (7-rasm). Uning asosiy ish
sohasi oq varaqga o’xshash bo’lib unda qora chiziqcha -kursor joylashadi. Bu kursor turgan joyda
matn paydo bo’ladi. Kursorni joyilashinishini o’zgartirish uchun klaviaturadagi ko’rsatgichlardan
foydalanamiz.
36
Yozilgan matnli faylni saqlash uchun sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab
ichidagi СОХРАНИТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada СОХРАНЕНИЕ ДОКУМЕНТА oynasi
paydo bo’ladi (8-rasm). Bu oyna orqali fayl saqlanishi kerak bo’lgan papka ichiga kirib oynaning
pastki qismida joylashgan ИМЯ ФАЙЛА satriga saqlanayotgan faylning nomini yozamiz va
СОХРАНИТЬ tugmasini bosamiz.
8-rasm
Qaysidir matnli faylni taxrirlash yoki ko’rish uchun ochmoqchi bo’lsak u holda sichqoncha
bilan menyuning ФАЙЛ bo’limini tanlab ichidagi ОТКРЫТЬ buyrug’ini tanlaymiz. Natijada
saqlashda chiqqan oynaga o’xshash ОТКРЫТИЕ ДОКУМЕНТА nomli oyna hosil qilinadi. Shu
oyna orqali biz kerakli faylni topib, uni tanlab ОТКРЫТЬ tugmasini bosamiz.
Matnli faylni bosmaga (printerga) chiqarmoqchi bo’lsak sichqoncha bilan menyuning ФАЙЛ
bo’limini tanlab ichidagi ПЕЧАТЬ buyrug’ini tanlaymiz.
СТАНДАРТ dasturlarning boshqasi bu - WORD PAD dasturi. Uning yordamida esa
murakkabroq (.doc, .txt, .wri, .rtf kengaytmali) matnli fayllarni yaratishimiz mumkin. Bu dasturda
matn har xil harflar shrifti (shaqli), har xil razmerida (kattalikda) va har xil ko’rinishida yoziladi,
rasmlar bilan ishlash imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo’q.
Bu dasturni ishga tushirish uchun biz sichqoncha yordamida ПУСК tugmasini bosamiz, keyin
ПРОГРАММЫ bo’limini tanlaymiz. Shu bo’limdagi СТАНДАРТНЫЕ guruhini topib ichidagi
WORDPAD nomli dasturni ishga tushiramiz (9-rasm). Dastur ishga tushgach ekranda standart
dastur oynasini ko’ramiz. Dastur oynasi qo’yidagi qismlardan iborat: NOM SATRI (dastur belgisi,
fayl nomi, dastur nomi va oynaning uchta asosiy tugmalarini ko’rsatadi), menyu satri (dasturning
asosiy buyruqlar joylashgan menyu), YORDAMCHI QUROLLAR TUGMALARI SATRI
(yordamchi qurollar tugmalari joylashgan), ISH SOHASI (oq varaq), MA‘LUMOTLAR SATRI
(qo’shimcha ma‘lumotlar).
37
9-rasm
Bu dasturda ishlash uchun biz yordamchi qurollar bilan yaqinroq tanishimiz kerak. Ular ishlash
holatlari bo’yicha guruhlarga bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |