5-SINF 26-30 MAVZULAR YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
1.Sayyoramiz, ya’ni Yer taxminan qancha vaqtdan beri mavjud?
A. 5 mlrd yil B. 4 mlrd 600 mln
C. 6 mlrd yil D. 5 mlrd 400 mln
2. Biosferaning odam yashaydigan va tabiatga juda katta ta’sir ko’rsatadigan qismi nima deb
ataladi?
A. Atmosfera B. Troposfera C. Noosfera D. Gidrosfera
3. Safarnoma asari muallifi kim?
A. Nosir Xisrav B. Abu Rayxon Beruniy C. Mahmud Koshg’ariy D. Muhammad Al Xorazmiy
4. Organizmlar quruqlik yuzasida necha metr balandlikgacha bo’lgan joylarda eng ko’p
tarqalgan?
A. 100 m B. 150 m C. 250 m D. 200 m
5. Yevropadagi qaysi davlatlar O’zbekiston bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan?
A. Italiya va Germaniya B. Italiya va Fransiya
C. Ispaniya va Gretsiya D. Angiliya va Portugaliya
6. Yerning organik hayot paydo bo’lgan, odam yashaydigan va organizmlar o’zaro ta’sir etib
turadigan qobig’iga nima deyiladi?
A. Biosfera B. Troposfera C. Noosfera D. Gidrosfera
7. Dunyo aholisining yarmidan ko’pi qaysi qit’ada joylashgan?
A. Afrika B. Osiyo C. Avstraliya D. Yevropa
8. Yevrosiya va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida juda katta maydonlarni qaysi zona
egallaydi?
A. Tayga B. Keng bargli o’rmonlar C. Tundra D. Aralash o’rmonlar
9. Qaysi zona iqlimi, tuproqlari dehqonchilik uchun qulay?
A. Tayga B. Dasht C. Tundra D. Aralash o’rmonlar
10. Biosferaning qalinligi necha km ?
A. 30-40 km B. 30-35 km C. 35-40 km D. 50-55 km
11. Savannalar va siyrak o’rmonlar zonasida yog’in asosan qaysi faslda yog’adi?
A. Qish B. Yoz C. Kuz D. Bahor
12. Hozirgi odamlarning ajdodlari taxminan qancha vaqt ilgari paydo bo’lgan?
A. 3 mln yil B. 4 mln yil C. 2 mln yil D. 5 mln yil
13. Quruqlikdagi iqlimi, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi bir-biridan farq qiladigan
yirik tabiiy komplekslarga nima deyiladi?
A. Iqlim B. Tabiat zonalari C. Tabiat komponentlari D. Ob-havo
14. Qish sovuq yoz issiq va yog’in kam yog’adigan iqlim nima deb yuritiladi?
A. Kontinental iqlim B. Dengiz iqlimi C. Tropik iqlim D. To’g’ri javob yo’q
15. Inson tomonidan o’zgartirilgan, obod qilingan joylar nima deb ataladi?
A. Vodiylar B. Obod joylar C. Vohalar D. Shaharlar
16. Cho’llarda qanday o’simliklar uchraydi?
A. Akatsiya, Otquloq, yantoq B. Yantoq, yulg’un, saksovul
C. Jiyda, uzum, pista D. Yantoq, olcha, do’lana
17. Nosir Xisrav sayohati qaysi davrga to’g’ri keladi?
A. X-asr B. IX-asr C. VII-asr D. XI-asr
18. Oyning necha xil ko’rinishi mavjud?
A. 4 B. 6 C. 7 D.8
19. Tashqi yadroning qalinligi qancha?
A. 2000 km B. 2080 km C. 1050 km D. 3025 km
20. Atmosferaning quyi –troposfera qatlami , butun gidrosfera va litosferaning yuqori necha
km li qatlamining o’zaro ta’siri kuchli bo’lgan?
A. 4-5 km
B. 5-6 km
C. 3-4 km
D. 2-3 km
Do'stlaringiz bilan baham: |