Tasviriy san`at nazariyasi va tarixi
Mazkur yunalish tasviriy, amaliy va me`morchilik san`at larining
nazariy asoslari hisoblangan kompozitsiya, rangshunoslik, yorug` soya,
prespektiva
qonunlarini, bu borada yaratilgan asarlarni chuqurroq
o`rganishni, shuningdek, sungi yillarda ochilgan yangiliklar muntazam
tanishib borishni nazarda tutadi. Bu esa yuqorida qayd qilganimizdek,
tasviriy, amaliy – bezak va me`morchilik san`at
lari tarixini kengrok va
chuqurroq o`rganishni talab etadi. Ayniqsa, bu borada so`ngi yillarda
O`zbekiston hududi xarobalaridan topilgan devoriy rasmlar, haykaltaroshlik
asarlari va memorchilik obidalar katta O`rinni egallaydi. Ular orasida
Ayrtom, Varaxsha, Afrosiyob,
Dalvarzintepa, Janbas qala, Taxariston,
Bolalik tepa, Tuprok kala va boshka joylardan topilgan san`at namunalar
alohida ahamiyat kasb etadi. Sharq memorchiligini qadimiy mashxur
obidalari, evropa va Amerika mamlakatlarining
hozirgi zamon mashxur
memorchiligini chuqur o`rganish talab etiladi. Bu esa tasviriy san`at
darslariga me`morchilikka oid mavzularni kiritilishi bilan izoxlanadi.
Shuningdek, tasviriy san`at tarixiga oid materiyallar hatoriga Sharq va
Movarounnaxr miniatyura rangtasvir maktablari ham kiradi.
O`qituvchining
mustaqil
ishlari
jarayonida
IX-XX
asr
memorchiligi, ayniqsa, Temur va temurylar davridagi me`morchilikni
chuqur va atrofilicha o`rganish talab etiladi.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida qurilgan me`morchilik binolari
bilan o`quvchilarni tanishtirish va uz vatani haqidagi tasavvurlarni yanada
boyitadi.
24
O`zbekistonning mustaqillik yillarida tasviriy san`at ning
taraqqiyoti, O`zbekiston badiiy akademiyasining tashkil topishi,
milliy
rassomchilik va dizayn institutining ochilishi bu davrda iqtidorli yosh
rassomlarning jahon madaniyati va san`ati sarxatlarida urin olishi hamda bu
rassomlarni yuksak badiiy saviyada yaratgan asarlarini o`rganish nihoyatda
muhimdir. Shu bilan birga jahonning ig`lor tasviriy san`ati, uning buyuk
vakillarning ijodini o`rganish o`qituvchilarni orqaga surib bulmaydigan
vazifalaridan hisoblanadi.
Tasviriy san`at o`qituvchisi o`zbek xalq amaliy san`atini o`rganishi
nihoyatda muhim. Chunki, san`atning bu turi mamlakatimizda shunchalik
keng rivojlanadiki, uni tasavvur etish qiyin. Ayniqsa,
naqqoshlik,
ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, misgarlik, kashtachilik, sapoldozlik,
zardozlik san`at lari dunyoda shuhrat qozongan. Tasviriy san`at
o`qituvchisi amaliy san`at ning nazariy asoslari bilan bir qatorda, bu
sohalarida ijod qilgan mashxur ustalarning (T. Arislonqulov, U. Juraqulov,
A. Kasimjonov, Sh. Muradov, Ya. Raufov, M. Raximov, T. Tuxtaxujaev,
M. Usmonov, X.
Xaydarov, J. Xakimov, S. Hamidov, v.b.) hayoti va
ijodini, mamlakatimizda xalq amaliy san`at i keng rivoj topgan
markazlarni (Samarkand, Buxoro, Qo`qon, Shahrisabz, Marg`ilon, Urgut,
Chust, Kitob, Rishton, Kattaqo`rg`on, G`ijduvon, Xo`jayli, Nurota, Xiva,
Andijon, Namangan,
Sherobod,Toshkent v.b.) o`ziga hos xususiyatlarini
bilish talab etiladi.