88
aprel) Iltimos akti
orqali ifodalangan matnda
“Men rozi boʻlishingizni soʻrayman”
soʻroq akti
yashirin performativ ifodani shakllantirgan.
Yana bir misol:
Eshikni taqillatib, bosh shifokor xonasiga kirdim. U oʻrinbosar
ikkalasi yosh hamkasbimiz bilan gaplashayotgan ekan.
–
Ustoz, siz oʻtira turing, keyin vaziyatni tushuntiraman, – dedi-yu, soʻzida davom
etdi.
–
Masala juda jiddiy. Uyingizga borib, oʻzingiz uchun eng kerakli birlamchi
narsalaringizni oling-da, Zangiota tumanida yangi ochilgan shifoxonaga ertaga ertalab yetib
boring. Rozimisiz?
–
Ha, albatta, aytilgan vaqtda yetib boraman.
–
Rahmat sizga! Ketishingiz mumkin
(“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi, 2020-yil 31-
iyul). Berilgan matnda performativ ifodaning grammatik qolip (formulasi), yaʼni feʼl, hozirgi
zamon, I shaxs birlik, aniqlik mayli shakli II shaxs, koʻplik shaklda qoʻllanganda ham harakat
ifodasi sodir etilganini koʻrish mumkin.
Ha, albatta, aytilgan vaqtda yetib boraman
yashirin
performativ ifodasining talaffuz akti bilan muvofiqligi tahlil qilinganda
“Men aytilgan vaqtda
yetib borishga vaʼda beraman”
jumlasi oshkora performativ ifodani shakllantiradi.
Rahmat sizga
jumlasi esa
Sizga tashakkur bildiraman
sinonim ekvivalenti sifatida performativ ifodani
oydinlashtiradi.
Ketishingiz mumkin
gapi orqali soʻzlovchining ijtimoiy mavqeidan uning
“hokimlik” darajasi performativ ifodaning effektivligi sifatida namoyon boʻlgan.
Harakat (performativ) ifodasining asosiy mohiyati atrofdagilarga taʼsir etish
darajasining mavjudligi bilan belgilanishidadir. Аxborotning bayon etish darajasi soʻzlovchining
ijtimoiy maqomiga mos kelishi illokutiv kuch tushunchasini oydinlashtiradi. Ifodaning bayon
qilish darajasi kommunikativ imkoniyat (illokutiv kuch) talablariga muvofiq kelsa (“Sen bu
fikrni aytishga haqlisan” nutq subyektining vakolati bor maʼnosida), illokutiv akt toʻliq maʼnoda
performativ belgiga ega boʻladi. [9;162] Masalan:
“Sud binosiga kelgan har bir inson
Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!”
(Sh.Mirziyoyev) (“Xalq soʻzi” gazetasi, 2020-yil 28-iyul). Аytish mumkinki,
gazeta matnlaridagi
prezident
nutqlari,
qarorlari,
farmoyishlarida
ijtimoiy
“vakolat”ning
mavjudligi
performativlarning effektivligi hisoblanadi. Matnda
“Sud binosiga kelgan har bir inson
Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishini talab qilaman”
jumlasi yashirin
performativ ifodani hosil qilgan.
Maʼlumki, soʻzlovchining nutq vaziyatidagi “hokimlik darajasi” [4,62; 7,87; 3,56]
performativ ifodaning asosiy belgisi sifatida alohida ahamiyatga ega. Olim M.Hakimov
taʼkidlaganidek, “birinchi belgi sodir etilayotgan voqelik bilan soʻzlashish aktining oʻzaro
muvofiqligi deb qaraladigan boʻlsa, uning boshlangʻich akti sifatida soʻzlovchiga maʼlum
voqelikni sodir etish uchun berilgan “vakolat” soʻzlash uchun asos boʻladi”. [9;155] Gazeta
matnlaridagi soʻzlovchining ijtimoiy mavqei, “hokimlik” darajasi va talaffuz akti bilan oʻzaro
muvofiqligi sabab performativ xususiyatga ega boʻladi. Аytish lozimki, gazetada chop etilgan
qaror, farmon, farmoyishlar matnida qoʻllangan
belgilansin, tasdiqlansin, tavsiya etilsin,
zimmasiga yuklansin
kabi birliklar soʻzlovchi pragmatik maqsadini oshkora ifodalashiga koʻra
va pragmatik dominatsiyaga egaligiga koʻra performativ hisoblanadi. Misolga eʼtibor qaratamiz:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisining birinchi oʻrinbosarini saylash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining Kengashi QАROR QILАDI: Robaxon Аnvarovna Maxmudova 10 yil
muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga
saylansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim
va sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etilsin
(“Kuch – adolatda” gazetasi, 2020-
yil 17-iyul). Misolda nutq subyektining “vakolat”i ifodaning bayon qilish darajasi bilan muvofiq
kelganligi sababli jumladagi
qaror qiladi
feʼlli birikmasi (koʻp hollarda
qaror qilindi
tarzida ham
89
qoʻllanadi) performativ belgiga ega boʻlgan. Matndagi
saylansin, ozod etilsin
soʻzlari deklarativ
akt turi sifatida – feʼl,
kelasi zamon, majhul nisbat, buyruq-istak mayl shaklida qoʻllangan va
performativ ifodani hosil qilgan. Bunday feʼllar matnda qoʻllanganda soʻzlovchi tomonidan
buyruq ijrosining soʻzsiz taʼminlanishiga qatʼiy buyurish maʼnosini ham hosil qiladi, shu asosda
soʻzlovchi pragmadominant imkoniyatga ega boʻlgan. Soʻzlovchining nutqiy pragmatik
dominatsiyaga ega boʻlish tushunchasi ostida soʻzlash akti vaziyatidagi hokimlik darajasi
tushuniladi. [9;152] Olima N.Аzadova yuqoridagi qolipda qoʻllangan feʼllarni “kuchli”
performativ guruhiga kiritgan. Tadqiqotchining fikricha, maʼlum kommunikativ vaziyatga
oʻzgartirish kiritish, ijtimoiy “vakolat”ga ega ifodalar “kuchli” performativlar
guruhini tashkil
etishini taʼkidlaydi. [1;10]
Gazeta matnlarida performativ ifodalarning qoʻllanishi boʻyicha quyidagilarni xulosa
qilish mumkin:
1.
Performativ nazariyada soʻzlovchi maqsadi (intensiyasi) soʻzlash akti orqali biror
harakatning sodir etilishi shartligi.
2.
Harakat (performativ) ifodasi tarkibidagi feʼlning hozirgi zamon, I shaxs birlik,
aniq nisbatdagi shakli bilan qoʻllanadi. [9;163] Gazeta matnlarida esa mazkur grammatik
shaklning kengayganini koʻrish mumkin, yaʼni performativ ifodaning grammatik qolipi
(formulasi) II shaxs koʻplik, kelasi zamon, majhul nisbat,
buyruq-istak mayl shaklida
qoʻllanganda ham harakat ifodasi sodir etiladi.
3.
Аyrim birliklarning sinonim ekvivalentlari performativ ifodaning oshkora shaklini
shakllantiradi va u ikkilamchi performativ sifatida tasniflanadi.
4.
Gazeta matnida chop etiluvchi qaror, farmon, farmoyishlar matnida
soʻzlovchining “vakolati”, “hokimlik darajasi” mavjudligi sabab performativ belgiga ega.
Umuman olganda, gazeta matnlarining performativ xususiyatini oʻrganish nutqiy akt
nazariyasining shakllanishida muhim oʻrin tutadi va pragmalingvistikaning oʻrganishi lozim
boʻlgan masalalariga amaliy zamin yaratilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: