497
milliondan ortiq insonlar oʻzbek tilida soʻzlashadilar va oʻz
fikrlarini bayon qiladi, ilmiy
tadqiqotlar olib boradi, bir soʻz bilan aytganda ijod qiladi. Biz juda katta gʻurur bilan aytsak
boʻladiki, oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri sifatida koʻp asrlik madaniy, ilmiy-
ma’rifiy va badiiy tafakkur hamda intellektual salohiyatining yorqin mahsulidir. Oʻzbek tiliga
fidoyilik milliy qadriyatgina emas, balki vatanparvarlikdir. Davlat tili mustaqil boʻlishi arafasida
universitetning (ToshDU) oxirgi kurslarida oʻqir edik, birdan ustozlarimiz bir–birlarini
quchoqlab, yigʻlab tabriklaganlarinig uvohi boʻlganmiz. Nuqul ular muborak boʻlsin, millatning
tugʻilgan kuni, xayrli boʻlsin, -deya, ta’kidlashar edi. Keyin bilsak, Oʻzbekistonda 1989-yil 21-
oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi
qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil
qadam desak yanglishmaymiz. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek
tili mustahkam
huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi dunyoda oʻz mavqeyiga ega boʻlgan tillar qatoridan
joy oldi. Barchamizga ma’lumki, istiqlol yillarida ona tilimiz chin ma’noda davlat tiliga aylanib,
xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar
etadigan beqiyos kuch, salobatli ustunga aylandi.
Xalqimizni ildam qadam tashlashga ruhlantiruvchi yalov sifatida maydonga chiqdi.
Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qoʻllanib,
xalqaro minbarlarda baralla yangrayotganligi koʻplab xayrixohlarni toʻlqinlantirib yubordi. Shu
oʻrinda dunyoning turli mamlakatlarida tilimizga e’tibor va uni oʻrganishga
qiziqish kun sayin
ortib bormoqda.
Shu oʻrinda til imkoniyatlari va uni oʻrganish, targʻib qilish millat fenomenining asosiy
jihati boʻlsa, yana bir muammo borki u ham boʻlsa, yoshlarimiz ong-u shuuriga muqaddas
tilimizga boʻlgan hurmatni tarbiyalashdan iborat. Agar xonasi boʻlsa, bugungi avlod til
imkoniyatlaridan oqilona foydalanyaptimi? Ular soʻzlashuv va yozma muloqot jarayonlarida
qanday muammolarga duch kelishmoqda? Bugungi globallashuv davri, texnika va axborotlar
asrida
til
imkoniyatlarini
maqsadli
ishlatish
koʻnikmalari
toʻla
shakllanyaptimi?
Ilmning ikki qanoti boʻlmish ogʻzaki va yozma nutq salmogʻini toʻlaqonli
his etadigan yangi
avlod kadrlariga ta’lim berib, tarbiyalashda qanday muammolarga duch kelyapmiz?
Oʻnlab savollar barchamizni oʻylantirib qoʻyadi. Sabab qidiramiz, muammoni koʻtaramiz, bahs –
munozara qilamiz, biroq uning samarali yechim-yoʻlini topishda qiyinchiliklar girdobiga singib
ketaveramiz.
Muammolar yechimini qidirar ekanmiz, birinchi muammo: bu maktab darsliklari va
undagi gʻalizliklar. Ikkinchi muammo: bu oʻqituvchi metodikasidagi kasbiy mahoratning
yetishmasligi. Uchinchi muammo: mazkur mavzularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning
yetarli emasligi va mavjudlari ham amaliyotga toʻliq tatbiq etilmayotganligi. Toʻrtinchi
muammo: xalqimizning kitobxonlik saviyasi toʻlaqonli shakllanib, rivojlanish pallasiga hali-
hanuz oʻtmaganligi. Beshinchidan esa internet axborot almashinuvidagi
pala-partishlik va
savodsizlarcha yozma muloqotdan foydalanilayotganligi. Umuman olganda mazkur muammolar
u qadar katta fojia keltirib chiqarmaydi-ku, deb e’tiroz bildirayotganlar bordir. Biroq millatni
tanazullga olib boruvchi asosiy omillar bilinar-bilinmas epkin sifatida kirib keladi va katta
inqirozlarga sabab boʻlishi tarixiy faktdir.
Abdulla Avloniy “Tilga, madaniyatga muhabbat har bir kishining xalqiga boʻlgan
muhabbati deb baholaydi hamda soʻzni noyob gavhar ekanligiga ishora qilib, millatning
borligʻini koʻrsatuvchi oyna til va adabiyotdir”,- deya oʻz fikrlarini “Maktab gulistoni” (T.,
1916) asarida ifodalaydi.
Ijodkor oʻquvchilar bilan ishlash jarayonlarida ham oʻquvchi fikrini bayon qilishida duch
keladigan ayrim muammolarga toʻxtalib oʻtsak, ijodkor oʻz tuygʻularini toʻgʻri va salmoqli
ifodalashda soʻzni toʻgʻri
ishlata olmaslik, ayrim oʻrinlarda tinish belgilarining oʻrnini
almashtirib yuborishida, ba’zan juda koʻp imlo xatolar bilan fikrini qogʻozga tushirishida,
ayniqsa, soʻz zalvorini his qilmasdan matnda ishlatib yuboraverishida koʻzga tashlanadi.
498
Oʻzbek tili xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-e’tiborini tubdan
oshirish, bugungi yosh avlod oldida turgan katta mas’uliyatlardan biri boʻlib, yoshlarimizni
vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga
vorislik ruhida tarbiyalashning asosiy
mexanizimlaridan biri ekan, barcha fuqarolar mana shu
oʻrinda burchli ekanligimizni yodda saqlashimiz zarur. Tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar
orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizni aslo unutmasligimiz kerak.
Oʻzbekona lutf, muomala, milliy qadriyatlar, odob-axloq esa ona tilimiz madaniyatining
kalitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: