Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

-maga < -ma+ga, -oʻrga 
> oʻr+ga
) hamda oʻz asosiy ma’nosidan uzoqlashgan yordamchi soʻz-analitik shakllar
shuningdek, avvalgi shaklning yangi ma’no kasb etishidan yuzaga kelgan koʻrsatkichlar 
farqlanadi. 
Muhimi shundaki, “yasama (ikkilamchi) shakllar, ikki affiksning oʻzaro qoʻshilishidan 
hosil boʻlgan tarkibli yoki analitik shakllar boʻlishidan qat’iy nazar, ular, odatda, sifat jihatidan 
yangi birlik sanaladi. Shu bilan birga, ular paydo boʻlishining avvalgi davrida tashkil etuvchi 
qism (komponent)larining dastlabki ma’nolari bilan ma’lum darajada aloqasini saqlab turadi. 
Aytish joizki, ular, yasama (ikkilamchi) shakllar boʻlishiga qaramasdan, tilda tamomila yangi 
birliklardir. Bu yasama shakllar boshqa shakllar bilan teng huquqli boʻlib, grammatik tizimda 
tarkibidagi qismlardan farqli holda, yangi bir oʻrin egallaydi”. Bu fikrlarga qoʻshilgan holda 
aytish mumkinki, analitik shakllar tildagi ma’lum bir qonuniyat tufayli yuzaga kelmagan. Ular 
garchi alohida yasalmagan boʻlsada, tilda mavjud boʻlgan birliklar sifatida tan olinishi lozim va 
ular yasalish bilan teng huquqlidir. 
Y.Tojiyev affiks morfemalarni soʻz yasovchi va shakl hosil qiluvchilariga ajratib, soʻng 
ularning ichki tasnifini beradi[Tojiyev, 1992: 6-15]. Morfemalar xususida soʻz borganda
ularning sinxron hamda diaxron tomonlari aralashtirib yuborilmasligi lozim. Tilda sodir 
boʻlayotgan oʻzgarishlar soʻzning tarkibiga ham oʻz ta’sirini oʻtkazadi, natijada u ham asta-sekin 
oʻzgarib boradi. Bunday oʻzgarishlar deyarli sezilmaydi, faqat kuzatishlar jarayonida aniqlanadi. 
Tilshunoslik tarixidan bizga ma’lumki, soʻz tarkibi uch (asosan ikki) yoʻl bilan oʻzgaradi. Bular: 
“soddalashuv, qayta tuzilish, murakkablashuv” yoki “soddalashuv, qayta boʻlinish, 
murakkablashuv”. 
Soʻz tarkibi haqida fikr yuritganda asos va qoʻshimchalarni ajratishning oʻzi kamlik 
qiladi, ularning kelib chiqishi, oʻzgarishi, qotib qolishi, singishi, qayta boʻlinishi, boʻlinish 
chegarasi, qoʻshilishi yoki ajralishi kabi holatlarni nazarda tutish kerak boʻladi. Bu haqda 
A.Gʻulomovning “Oʻzbek tili qoʻshimchalari tizimida yondosh hodisalar”[Gʻulomov, 1963: 214] 
asarida batafsil ma’lumot berilgan. 
Soddalashuv soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasalgan qoʻshma soʻzlarning sodda soʻzlarga, 
koʻp morfemali soʻzlarning bir yoki kam morfemali soʻzlarga oʻtishi hodisasidir, ya’ni qoʻshma 
soʻzlarning sodda soʻzga, bir necha affiksli soʻzning bir affiksli soʻzga aylanishidir. Soddalashuv 
jarayoni tilda oʻz-oʻzidan sodir boʻlmaydi. Biror shakl soddalanishga uchrashi uchun ma’lum 
tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirishi kerak. Bunda soʻz tarkibidagi fonetik (asosan), 
grammatik va semantik, vazifaviy jihatlardan oʻzgarishi asosida kam morfemali birlikning hosil 
boʻlishi koʻzda tutiladi[Usmonova, 2016: 56].
Morfemalarning biri kuchsizlanib qoladi yoki 
vazifasini yoʻqotadi, yana bir holatda ikki asos qoʻshilib ketib ajralmas holatga keladi.
Sakson, 
toʻqson, qayni, ogʻayni, bugun, boshmaldoq, saryogʻ, qayragʻoch (qora yogʻoch).
Bu soʻzlar diaxronik jihatdan ikki asosdan yasalgan boʻlib, bugungi kunda asoslar tarkibi 
batamom yoʻqolib, soddalashuv yuz bergan. 
Sakson va toʻqson
shakllarining tarixan 
sakkiz+oʻn, 
toʻqqiz+oʻn
shaklidan hosil boʻlganligi ma’lum. Bu soʻzlar sonlarning (sakkiz, toʻqqiz) oʻnlik 
sistemasini hosil qilish uchun oʻziga qardosh boʻlgan raqam (oʻn)i bilan birikkan.
Qayni
va 
ogʻayni
morfemalarida ham 
qayin+ini, ogʻa+ini
shakllari diaxronik nuqtayi 
nazardan birikib olgan. Qayni shakli ham 
qayin+ini
shaklidan birinchi asosning qisqarishi 
qayn+ni
(“qayn+ona”ga oʻxshash) shakliga oʻtib, ikkinchi asosning 
ni 
shakli bilan bogʻlanadi va 
natijada ajralmas holatga keladi. 
Ogʻayni 
shakli ham 
ogʻa+y+ni
shaklini yasagan boʻlib, 
ogʻa
asosiga 
ni(ini)
qisqargan (soddalashgan) shaklining qoʻshilishida bitta “y” ning ortishi kuzatiladi. 
Bugun
shaklida esa 
bu+kun
ikki asosning birikuvi natijasida ikkinchi asosdagi 
kun
soʻzi 
tarkibidagi bosh tovush “k” “g” ga oʻtadi. Natijada, qaytadan munosabat yuzaga kelib, ikki asos 
bir morfema sifatida soddalashadi. 
Boshmaldoq 
leksemasi 
bosh 
va
 barmoq
asoslarining qoʻshilib 
soddalashishidan hosil boʻlgan. 


46 
Soʻz tarkibidagi yana bir oʻzgarish qayta boʻlinish
 
hisoblanib, bunda soʻzdagi morfemalar 
chegarasining oʻzgarishi va bular natijasida yangi affiksal morfemalarning paydo boʻlishi 
nazarda tutiladi. Soʻz tarkibining bunday oʻzgarishi oʻzbek tilida kam uchraydi. 
Sh.Rahmatullayevning fikricha: 
-lar
koʻrsatkichi son kategoriyasining shakli emas, balki egalik 
yoki tuslovchining tarkibiy qismi sifatida namoyon boʻladi. Tarixan olib qaralganda 
ul+lar
soʻzi 
tarkibidagi asos morfema “ul” va affiksal morfema “-lar” bir-biri bilan aloqaga kirishib, asos 
tarkibidagi “-l” fonemasining tushib qolishiga sabab boʻlgan. Asosda qayta boʻlinish yuz bergan. 
Bugungi kunga kelib esa “ul” shakli “u” shakliga aylanib qolgan. Bu xususiyat “-lar” shaklining 
“ul” kishilik olmoshiga qoʻshilishi natijasida “-ar” qoldiq qism sifatida boshqa morfemani 
shakllantirishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, “ul+ar” tarkibidagi 
“-l
” fonemasi 
affiksga birikib ketgan. 
-lar
affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham mavjud:
“-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash ham oʻrinli 
emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan 
-lar
affiksining egalik va tuslovchi 
tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kategoriyasining shakli emas, balki 
-lar
koʻrsatkichining boshqa grammatik kategoriyalarning formalari tarkibida qatnashuvidir [Oʻzbek 
tili grammatikasi, 1975: 126-127]. Olimning bu talqinlari ham hali ancha izohtalabdir. Bu 
oʻrinda prof. A. Berdalievning -
lar
affiksining kelib chiqishi haqidagi fikrlariga e’tibor qaratish 
lozim. Chunki yuqoridagi izohning oʻzi etarli emas.
Mening, sening
olmoshlari tarkibidagi kelishik shakli 
(men+ning, sen+ning)
qoʻshilishi 
bilan asos tarkibida oʻzgarish sodir boʻlmoqda. Binobarin, 
men va sen
shaklidagi 
-n
fonemasi 
kelishik shaklining tarkibiga oʻtib ketgan. Yoki 
men, sen
morfemalariga qaratqich kelishigi 
affiksi 
-ning
birligining -
ing
varianti qoʻshilgan boʻlishi aniqroqdir. Chunki uning -
im
varianti 
ham bor (
manim
kabi).
“Soʻz morfologik strukturasidagi dastlabki boʻlinish chegarasining oʻzgarishi: 
uniki
soʻzi 
aslida 
u(l)
olmoshi, -
ing
qaratqich kelishigi koʻrsatkichi va tegishlilikni ifodalovchi 
-ki
affiksidan 
iborat boʻlgan. Hozirda esa u ikki komponentdan iborat: 
u+-niki 
[Hojiyev, 1985: 57]”. Aslida, 
ulningki
ning qisqargan shakli.
V.G.Gakning koʻrsatishicha, tilning ifodalovchi (shakliy) va ifodalanuvchi (mazmun) 
sathlariga xos lisoniy birliklar nomutanosibligi uch turga boʻlinadi: afunksional (vazifaviy) 
lisoniy nomutanosiblik; sistem lisoniy nomutanosiblik; struktur lisoniy nomutanosiblik. Bu 
turlarning uchinchi turi boshqalariga nisbatan ancha keng tarqalgan. Struktur lisoniy 
nomutanosiblik til birliklari tarkibiy qismlarining miqdori va shu miqdor bilan muvofiqlashuvchi 
ma’no va vazifa munosabatiga asoslanadi. Shuning uchun ham lisoniy nomutanosiblikning bu 
turi tilning sintaktik sathi hodisalarida ancha faol boʻladi.
Soʻz tarkibining asemantik xarakteridagi lisoniy unsurlari shakl va mazmun 
nomutanosibligining struktur nomutanosiblik deb ataluvchi turiga qarashli boʻladi. Struktur 
lisoniy nomutanosiblikning leksemalarga xos koʻrinishi ham sintagmatik xarakterdagi 
nomutanosiblik hisoblanadi. Bu holatlarni morfemalar tizimida ham kuzatish mumkin. 
Shakldoshlik, ma’nodoshlik va koʻp ma’nolilik buning yaqqol misolidir. 
Soʻz tarkibida tilda rasmiylashgan ma’no va vazifasidan uzoqlashgan affiks 
xarakteridagi morfemalarni koʻplab uchratish mumkin. Bu xususida professor Y.Tojiyev 
“Oʻzbek tili morfemikasi” nomli asarida alohida toʻxtalib oʻtgan.
Ular hozir oʻzlarining lugʻaviy ma’nolarini yoʻqotgan. Endi ularni shu soʻzlar tarkibi 
nuqtayi nazaridan lugʻaviy qiymatga ega morfema deb boʻlmaydi, chunki soʻzlar tarkibida 
soddalashish yuz bergan. Murakkab shakllarning hosil boʻlish jarayoni til taraqqiyotidagi 
murakkablashuv, qayta boʻlinish, soddalashuv singari omillar ta’sirida yuzaga keladi va ular 
morfem birliklar doirasida oʻziga xos oʻrin egallaydi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish