Kuch transformatorlari tuzilishi
1.
Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari.
2.
Kuch transformatorlarni ishlash prinsipi va vazifasi.
3.
Kuch transformatorlarining asosiy qismlari.
4.
Transformatorni ulanish sxemasi va guruhi.
5.
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi
Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari. Elektr stansiya va podstansiyalariga
o‘rnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga o‘zgartirish uchun
xizmat qiladi. Transformatorlar uch va bir fazali bo‘lib, hozirda uch fazali transformatorlar eng ko‘p
tarqalgan, chunki ularda umumiy quvvati xuddi shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlar
foydalanilgandagiga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi 20—25% ga kam bo‘ladi.
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330
kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kV li, birlik quvvati
250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlar quvvatining
chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish
sharoitlari, massasi va o‘lchamlari bilan cheklanadi.
Bir fazali transformatorlar, odatda, etarli quvvatga ega bo‘lgan uch fazali transformator
tayyorlash mumkin bo‘lmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin bo‘lgan
hollardagina
qo‘llaniladi. Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600
MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng.
Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi chulg‘amlar soniga qarab transformatorlar ikki chulg‘amli
va uch chulg‘amli transformatorlarga bo‘linadi (8.5- rasm, a, b). Bundan tashqari, aynan bir xil
kuchlanishdagi (odatda, past kuchlanish chulg‘ami) bir-biridan va yerga
tutashtirilgan qismlardan
izolyasiya qilingan ikki va
undan
ortiq
parallel
chulg‘amlarga ega bo‘lgan
transformatorlar
mavjud.
Bunday
transformatorlar
ajratilgan
chulg‘amli
transformatorlar deb ataladi
(8.5,v- rasm. Yuqori, o‘rta va
past kuchlanishli chulg‘amlarni
qisqacha YuK, O‘K va PK deb
belgilash qabul qilingan.
Past
kuchlanish
chulg‘ami
ajratilgan
kuchaytiruvchi
transformatorlarga
bir nechta
generatorlarni ulash imkoni
paydo
bo‘ladi.
Bunday
transformatorlar o‘z ehtiyojini ta’minlash sxemalarida, Shuningdek qisqa tutashuv tokining kattaligini
cheklash maqsadlarida pasaytiruvchi podstansiyalarda ham keng qo‘llaniladi.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash
toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Transformatorning nominal quvvati deb uning pasportida ko‘rsatilgan to‘la quvvatining
qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, o‘rnatish joyi va sovitish muhiti nominal bo‘lgan
sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin.
Ikki chulg‘amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir chulg‘amining quvvatidan
iborat. Uch chulg‘amli transformatorlar chulg‘amlarining nominal quvvatlari
bir-biriga teng yoki har
8.5-rasm. Transformatorlarning prinspial sxemalari:
а)-ikki chulg‘amli; b)-uch chulg‘amli;v)-past chulg‘amli
ajratilgan ikki chulg‘am.
xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil bo‘lganda har bir alohida chulg‘amlarning nominal quvvatlari
orasida eng kattasi transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi.
Chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida birlamchi va
ikkilamchi chulg‘amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun - bu uning liniya
(fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar
yulduz sxemasida biriktirilib, uch
fazali guruhga ulashga mo‘ljallangan bo‘lsa, bu kuchlanish
U/
ga teng bo‘ladi. Transformator
yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg‘ami qisqichlariga nominal
kuchlanish berilganda
ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominalga qaraganda transformatorda isrof bo‘lgan
kuchlanishning kattaligiga teng bo‘lgan miqdorga kichik bo‘ladi. Transformatorning
transformatsiyalash koeffitsienti