HOZIRGI ZАMON FАLSАFАSI, UNING АSOSIY OQIMLАRI
REJA:
1. Hozirgi zamon falsafasi, asosiy oqim va eng asosiy tamoyillari.
2. Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan sharq olimlari.
3. Falsafaning jamiyat taraqqiyoti töğrisidagi ta'limotlar asosida tadrijiy taraqqiyot
va inqilobiy sakrashlar yölidan borishni ilgari surgan ta'limotlar.
4. Xulosa:
1. Hozirgi zamon falsafasi, asosiy oqim va eng asosiy tamoyillari.
Maʼlumki, hamma zamonlarda ham falsafa oʼz davrining dolzarb muammolarini
hal etish yoʼllarini topishga harakat qilgan. XXasrga kelib insoniyat fan va texnika
taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan
ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, ogʼir
yoʼqotiishar davri ham boʼldi. Bu esa falsafiy fikr taraqqiyotida uz aksini topdi,
uning turli yoʼnalish va oqimlari shugʼullangan muammolarning salmogʼi, maqsad-
muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida
nihoyatda xilma-xil oqim va yoʼnalishlar mavjud. Oʼz navbatida, bu ilm-fan va
amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha boʼlgan falsafa
ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon falsafasining eng
asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan
uygʼunligi,
demokratik
erkinliklar,
inson
qadri,
biror
taʼlimotni
mutlaqlashtirmaslikdir. Bagʼrikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy taʼlimotlar
rang-barangligini taʼminlaydi. Аnʼanaviy falsafada, turli gʼoyaviy tizimlarga
boʼlinishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda maʼlum bir umumiylik
mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning koʼp
xilligi va oʼziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil
yoʼnalish sifatida shakllanganligi yaqqol koʼzga tashlanadi. Аnʼanaviy falsafada
akut — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan boʼlsa, endi
ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistentsializm) muammolari hamda
uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Yaʼni, ilgari maʼrifatparvarlik
gʼoyasi ustuvor boʼlsa, endilikda koʼproq inson huquqlariga eʼtibor kuchayib ketdi.
Falsafa goʼyoki, mavhumlikdan aniqliktomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan
masalalarni hal qilish boshlandi. Аnʼanaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari
asosida tushuntirishga harakat qilingan boʼlsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda
qolgan muammolar oʼrganila boshlandi. Bugungi kunga kelib koʼpgina falsafiy
oqimlar oʼzlarining anʼanaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq
qilishlarini taʼkidlash maqsadida, nomlariga “neo”, yaʼni yangi, zamonaviylashgan
degan maʼnoni anglatuvchi qoʼshimchani qoʼshganlar. Masalan, neopozitivizm,
neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Fanning jamiyat hayotidagi
oʼrnini belgitsientizm va lash fia a nisbatan munosabatga qarab, antispientizm
zamonaviy falsafiy taʼlimotlarni asosan ikki yoʼnalishga ajratish mumkin. Ulardan
biri — stsientizm (lot scientia — fan) yaʼni, fan mavjud barcha ijtimoiy
muammolarni hal etishi mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm goyalari neopozitivizm, texnologik
determinizm kabi taʼlimotlarning asosini tashkil etadi. Ikkinchisi — aitistsieitizm,
yaʼni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy taʼsir koʼrsatishini asoslovchi falsafiy
dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, Frankfurt ijtimoiy-falsafiy
maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, baʼzi diniy-falsafiy oqimlarning
fanga munosabatini ifodalaydi. Аntistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini
nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qoʼymaslik talabi
bilan bogʼlikdir. Аntistsientizmning ayrim oʼta ashaddiy namoyandalari fan-
texnika taraqqiyotini tamoman toʼxtatib qoʼyish gʼoyasini ham ilgari suradilar.
Umuman olganda, XX asr falsafasida bir-biriga muqobil boʼlgan yoʼnalishlar
ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va
antistsientizm, materializm va idealizm oʼz oʼrniga ega boʼlmoqtsa.