Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 8-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

166
www.ziyouz.com kutubxonasi


8-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR
VA ULARNINGIQTISODIY SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO‘LLARI
♦ Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
♦ Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
• Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va 
ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami jalb etish ko'lamini va samaradorligini 
oshirish yo'Ilari.
8.1. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so'zidan olingan bo'lib, “pul 
sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma'nolami anglatadi. Investitsiya faoliyati 
subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, 
investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug‘urta 
kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar 
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha 
mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish 
natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada 
yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan 
foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalami amalga oshirishning tub 
maqsadidir.
Shulami e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion 
siyosat ishlab chiqilgan. U 0 ‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati 
to‘g‘risida»gi (04.12.1998) va «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi 
(30.04.1998) Qommlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga 
oshirilmoqda.
Barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham 
investitsiyalaming ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda 
rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo
167
www.ziyouz.com kutubxonasi


etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-inshootlar, barcha turdagi zarur 
texnikalar, qishloq xo'jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya 
inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda 
aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash lozim.
Hozirgi davrda investitsion m ablagiar yangi, samarali texnologiyaga 
hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
masalaning to‘g‘ri, samarali hal etilishi m aium miqdordagi investitsiyalar 
sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablagiari 
tarmoqda doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va 
ulami rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa 
muddatlarga m oijallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo'jaligining asosiy 
vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ulami kapital ta'mirlashga sarflansa, 
unda bu sarflar uzoq muddatga moijallangan boiadi. U asosiy kapitalga 
sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar 
qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa 
muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo‘jaligining 
ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ulaming ishga yaroqliligi tubdan 
yaxshilanadi.
Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi:
- kapital investitsiyalar;
- innovatsion investitsiyalar;
- ijtimoiy investitsiyalar.
Asosiy va aylamna fondlami barpo etishga va ulami takror ishlab 
chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini 
rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.
Texnika va texnologiyalaming yangi avlodini yaratish, mavjudlarini 
takomillashtirish va ulami o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion 
investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini 
oshirishga, 
shuningdek, 
nomoddiy 
ne'matlaming 
boshqa 
shakllarini 
rivojlantirishga sarflanadigan mablagTar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi.
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham boTish 
mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablagTar 
real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo'yilmalar deb 
ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital qo'yilmalarga boTinadi. 
Real investitsiyalaming umumiy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarni tashkil 
etadi. Real investitsiyalami sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof 
kapital qo'yilmalardir. Sof kapital qo'yilma yalpi kapital qo‘yilma summasiga 
teng yoki kam boTishi mumkin. Qishloq xo'jaligi, jumladan, korxonalar 
miqyosida yalpi kapital qo'yilmani sof kapital qo'yilmaga aylantirishga alohida
168
www.ziyouz.com kutubxonasi


c'tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, 
ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.
Qimmatli qog‘ozlami (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) 
shakllantirishga 
sarflangan 
mablag'lar 
esa 
moliyaviy 
investitsiyalar 
hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida moliyaviy investitsiyalar ko‘lamini 
kengaytirish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Jumladan, 
fermer 
xo‘jaliklari, 
agrofirmalarda qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini yo‘lga qo‘yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda 
quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalami tanlash. Bu qishloq xo'jaligida 
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta'minlaydi;
- qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan investitsiyalaming iqtisodiy jihatdan 
asoslanganligi. Qishloq xo'jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini 
hisobga olgan holda loyihalaming iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan 
bo‘lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada belgilangan mablag‘Iar ko‘zda 
tutilgan tadbirlami bajarish uchun yetmaydi va oqibatda ko‘zlangan maqsadga 
erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib 
keladi;
- chet el investorlarini va ulaming investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb 
etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlami mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 
mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar 
bilan tanishtirish, reklamani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda investitsion muhitni 
yanada yaxshilab borish lozim va boshqalar.
Barcha omillami e'tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar 
qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq 
xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan 
ta'minlanadi, bog‘lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining 
mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o'rinlari barpo etilishini 
ham ta'minlaydi, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlaming bilitnlarini, 
malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ulaming 
uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi 
ko'payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholi va qayta ishlash 
tarmoqlarining talabi qondirilishini ta'minlaydi, fuqarolaming turmush 
darajasini yuksaltiradi. Bulaming hammasi investitsiyalaming iqtisodiy- 
ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligidagi 
ahamiyati ulkan.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish