Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar
7.1-chizma
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko‘rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular tomonidan mahsulotlami
ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish,
ta'minot, ta'mirlash va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Mazkur
infratuzilma subyektlari korxonalarda ishlab chiqarishning muntazam va bir
maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratib beradi.
Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolaming madaniy, maishiy,
ma'naviy, ma'rifiy,
ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari,
o‘zaro
munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda
rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy
infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy
qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport,
umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining tunnush farovonligiga
ijobiy ta’sir etuvchi sohalami o‘z ichiga olgan va bog'lovchi tizim sifatida
faoliyat ko‘rsatadi.
132
www.ziyouz.com kutubxonasi
Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va
faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan
bog'liq tashkiliy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma
subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari
darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish
qismlariga bo‘linadi.
Bozor
infratuzilmasi
-
jamiyatda
bozor
munosabatlarini
shakllantiruvchi va iming rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi
sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo'lishi uchun bozor infratuzilmasi
yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini biijalar, savdo uylari, savdo
kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona
idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa shu
kabilar tashkil etadi.
Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit,
atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash,
fuqarolaming tabiat va atrof-muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish
bo‘yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari,
shuningdek
ekologiya
bilan
shug‘ullanadigan
xalqaro
va
ijtimoiy
tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti
natijasida yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlarni kamaytirish asosida
tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv
resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o‘zaro
hamkorlikda faoliyat yurgizishni o‘z ichiga oladi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan turli
yo‘nalishdagi xizmatlar tufayli barcha tamioq hamda korxonalaming o‘zaro
hamkorligi mustahkamlanadi.
Mustaqillikka
erishilgandan
so‘ng barcha turdagi
infratuzilma
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida davlat
tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvat!ash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr
talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda
bevosita shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy inffatuzilma subyektlarini
saqlab qolgan holda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan inlfatuzilma
subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlaming asosiy
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, inffatuzilma subyektlarini
shakllantirish va rivojlantirish, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini
oshirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
133
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |