Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

11.3. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari
baholarining shakllanishini takomillashtirish yoTlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif o‘zgarishini e'tiborga 
olgan holda baholaming shakllanishini takomillashtirib borish lozim. Bu 
nihoyatda muhim masala. Uning ijobiy hal etilishi juda ko‘p omillarga bogTiq. 
Respublika miqyosida bu masalani hal etishda o‘tish davrining hozirgi 
bosqichida davlatning roli ancha ulkan. Shuning uchun bu jarayonda
235
www.ziyouz.com kutubxonasi


agrosanoat majmuasini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan baho va moliya-kredit 
siyosati quyidagi vazifalami yechishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak:
• davlatning iste'mol mollari bilan o‘zini-o‘zi ta'minlashini tezlashtirish;
• qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o'rtasidagi mutanosiblikni 
ta'minlashga erishish;
• qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan darajada rag'batlantirish;
• fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilishda ko‘mak berish;
• jahon bozorlariga erkin chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.
Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga 
asoslanishi kerak:
• erkin baholami davlat tomonidan boshqariladigan baholar bilan 
uyg‘unlashtirish;
• tovar ishlab chiqaruvchilarning daromad olishlarini ta’minlash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samaradorlikni oshirish;
• baho 
va 
moliya-kredit 
munosabatlarining 
o‘zaro 
aloqasini 
optimallashtirish;
• talab va taklif ta'siri natijasida muvozanatli baholami shakllantirish;
• fan-texnika taraqqiyotini, ilg‘or texnologiyalami rag'batlantirish va 
boshqalar.
MaMumki, qishloq xo'jalik korxonalarida yetishtirilgan paxta 
xomashyosi « 0 ‘zpaxtasanoatsotish» uyushmasi tomonidan sotib olinmoqda. 
Kelgusida paxta xomahyosi bozorini rivojlantirish, mazkur mahsulotlarga 
belgilanadigan baholami liberallashtirish, erkin bozomi shakllantirish va 
raqobat muhitini yuzaga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlarining 
baholarining 
shakllanishini 
takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• qishloq 
xo'jaligi 
va 
sanoat 
mahsulotlari 
baholari 
o‘rtasida 
mutanosiblikni ta'minlash;
• tarmoqda yetishtirilayotgan mahsulotlar bozorini rivojlantirish, erkin 
sotish imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga chiqishni rag‘batlantirish;
• qishloq xo'jaligida marketing faoliyatini rivojlantirish;
• qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi inshootlami ko‘paytirish va 
ular faoliyatini rivojlantirish.
Ma'lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bir vaqtda pishib yetiladi va 
ko‘pgina turlari saqlash va tashish uchun noqulaydir. Shu sababli mahsulot 
pishib yetilgan paytda taklif miqdori keskin ortib, ular bahosining past darajada 
shakllanishiga olib keladi. Ushbu mahsulotlarni ma’lum muddat saqlab, keyin 
sotish natijasida bahoning maqsadga muvofiq darajada bo'lishiga erishish
236
www.ziyouz.com kutubxonasi


mumkin. Bundan tashqari, mazkur holat aholini yil davomida qishloq xo'jalik 
mahsulotlari bilan ta'minlashga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosini takomillashtirishda qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy 
minitexnologiyalarga asoslangan kichik korxonalami barpo etishga alohida 
e'tibor berish lozim. Shu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabni oshirish, 
mahsulotlami sotishda erkin bozomi shakllantirish ta'minlanadi va qishloq 
hududlarida qo'shimcha ish o ‘rinlari tashkil etishga ham erishiladi. 
Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalarining o‘z mahsulotlarini tashqi bozorda 
erkin sotish jarayonini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari barcha xarajatlami qoplab, 
optimal miqdorda foyda olishni ta’minlashi maqsadga muvofiqdir. Buning 
uchun qishloq xo‘jalik korxonalari fan-texnika yutuqlarini, samarali 
texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etishlari, ishchi va xizmatchilarning 
bilim va malakalarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yuksaltirishga erishish 
orqali mahsulot sifatini yaxshilash va xarajatlami tejashga erishishlari lozim.
Bunday tartibda shakllangan baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan 
bo‘lib, ular o‘z vazifalarini to‘liq bajarishlari mumkin. Shtmday baholargina 
tomonlaming manfaatlarini samarali ravishda qondirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish