ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 599
Shunday qilib, “Tuzuklar” O‘zbekiston davlatchligi tarixi o‘rni haqida eng ko‘p
fikr, baholar bildirilib, o‘z boshidan turli davrlarda turlicha munosabatni kechirgan
tarixiy manbadir. U quyidagi xulosalarga asoslanadi:
1) “Tuzuklar” - haqiqiy tarixiy manba va dunyoviy qonun-qoidalarni o‘zida
mustahkamlagan huquqiy manba;
2) “Tuzuklar” Amir Temur davrida uning o‘z qo‘li bilan yoki devonida yaratilgan,
uning o‘zi bir necha marta ko‘rib, tahrir qilgan;
3) “Tuzuklar” davlat tuzugi, uni boshqarish, mustahkamlash borasidagi huquqiy
asoslarni belgilab beradigan, shariat, odat va qonunlariga tayangan tavsiya hamda
qoidalardan iborat bo‘lgan, u o‘z davrining Konstitutsiyaviy qo‘llanmasidir;
4) O‘zbek davlatchiligi tarixida uning nihoyatda yuksak ahamiyati va o‘rni
beqiyosdir [6-12].
O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga jiddiy
munosabatda bo‘lganliklari zamirida insonni ulug‘lash, jamiyatning barcha qatlamlarini
adolat bilan chulg‘ab, chinakam huquq asoslariga tayanadigan davlat yaratishdan iborat
maqsad yotar edi. Shuning uchun ham ajdodlarimizga rahnamo bo‘lgan buyuk shaxslar
davlatchilik borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarini o‘rnatuvchi ko‘plab asarlar
yaratganlar. Ular orasida Amir Temurning “Tuzuklari”da ifoda etilgan davlat
masalalariga oid yo‘l-yo‘riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega. Buyuk
davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi hamda
davlatchilik an’analari mohiyati zaminida muayyan bir jug‘rofiy makon va jamiyatning
turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida yuzaga chiqaruvchi chinakam
tashkilotchilik yotganini ko‘ramiz.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga
mos bo‘lishi shart” deya alohida keltirilgan[1-9]. “Temur tuzuklari”da esa: “Qaysi
mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborlik kishilarini aziz tutdim;
sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim;
o‘sha viloyatlarning ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo‘lsa, o‘z
farzandlarimdek ko‘rdim. …Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam
yo‘lini to‘sdim”, deya ta’kidlanadi [4-76].
Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tuzilishi,
ularning o‘zaro bog‘liqligi, bir-biriga bo‘ysunadigan va bo‘ysunmaydigan idoralar,
ularning siyosatda muvofiqlashtirilishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari
uyg‘unligining ta’minlanishi, ularning yechimlari masalalari bugun ham o‘z ahamiyati
va mohiyatini saqlab qolgan.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |