www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi
kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki
yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib
qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni
chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
To’g’ri Javob:
Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
Izoh:
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar:
1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni
tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.
2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.
3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib
qo‘yadigan darajada bo‘lsa.
4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi
xavfi bo‘lsa.
5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib
qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga
o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi,
chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi
ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin
baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi.
Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.
(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi.
Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har
birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum
qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham,
tayammum qilinadi... -tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
Do'stlaringiz bilan baham: