Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
bir marta mash tortish farz hisoblanadi. Boshning hammasiga bir marta mash tortish esa, hadisi
sharifda keltirilgani bois sunnat hisoblanadi. Hadisi sharif: Anas ibn Molik (r.a.) uch martadan
yuvib tahorat qildilar, boshlariga bir marta mash tortdilar va aytdilarki: “Bu Rasululloh (s.a.v.)
ning tahoratlaridir”. (Burhoniddin al-Marg‘inoniy, “Hidoya”)
8. G’usl vojib bo‘lgan kishi Qur’oni Karim oyatlarini yoddan o‘qishi joizmi?
a) Tahoratsiz kishi kabi mushafga qaramasdan yoddan o‘qishi joiz
b) Harom
c) Makruh
To’g’ri Javob:
Harom
Izoh:
Kichik tahoratsizlik holatidagi kishiga mumkin bo‘lmagan amallar katta tahoratsizlik
holatidagi kishiga ham bajarish man etiladi. Shu bilan birga g‘usl vojib bo‘lgan kishiga Quroni
karimni xoh yoddan bo‘lsin, xoh qarab o‘qishlik hamda masjidga kirishligi ham harom
hisoblanadi. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”)
9. Quyidagilardan qaysi biri tahoratdagi sunnat amallarga kirmaydi?
a) Tahoratni «Bismillah...» bilan boshlamoq, tahoratni misvok ishlatish bilan boshlamoq, burniga
ham uch marta suv olib qoqmoq.
b) Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish, qiblaga
qarab o’tirmoq
c) Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq, qo’lni yuvmoq, qo’l va oyoqni yuvganda
panja uchidan boshlamoq.
To’g’ri Javob:
Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda
turish, qiblaga qarab o’tirmoq
Izoh:
Tahoratdagi sunnat amallar:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq
tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish;
qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish; tahorat chog’i
tobe’ va sertavoze’ turish. (“Ibodati Islomiya”)
Do'stlaringiz bilan baham: |