4. Etuklik;
5. To„yinish;
6. Inkiroz (kasodlik).
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar
bozorga kirib kelishining uzoq
davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib
keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida
muhim bosqich bo„lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali
amalga
oshirilsa, ya‟ni loyihalashtirilayotgan tovar bo„yicha bozor talabi va
xaridor ehtiyojini firma vaqt bo„yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda
xarajatlar shuncha kam bo„ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va
zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g„oyat keskin o„sishi bilan ajralib
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo„ladi.
Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo„ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
SHunday qilib bu davr kapital
sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan
bo„lsa, ular to„liq xarajatlar hisobiga o„tkaziladi, ya‟ni hisobdan uchiriladi.
O„sish davrida tovar sotish hajmi usib boradi- iste‟molchilar mahsulotni qabul
qilgan va unga bo„lgan talab ta‟minlangan bo„ladi. Har qanday mahsulot bu
bosqichga etib kelmaydi: ko„plari bozorga kirib
kelish davridaek kasodga
uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan tulib ketadi. Narxlar tobora
arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini
davom etishi va absolyut o„sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv
raqobat xukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni
kiritish ularni assortiment
guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko„rsatish uslublarini
kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni
modifikatsiyalash,
tovarni
modifikatsiyalash
va
marketing-miksni
modifikatsiyalash bo„lib hisoblanadi.
To„yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
To„yinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari
bo„yicha to„liq sotishni tobora oshirib borishni ta‟minlashga qaratiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning o„tishi
qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot
tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo„ladi, mahsulotni bozorga etkazib
berishni to„xtatish haqida kat‟iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin
bo„lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini
rejalashtirishda
katta ahamiyatga egadir.