5-SINF 21-25 MAVZULAR YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
1. Yer havo qobig’ining yuqori chegarasi taxminan necha km balandda deyiladi?
A. 2 000 km B. 3 000 km C. 1 500 km D. 3 000 km
2.Meteorologik stansiyalarda termometr o’rnatilgan quti eshigi qaysi tomonga qaratib
qo’yiladi?
A. Janub B. Shimol C. Sharq D. G’arb
3. Bir kecha kunduzda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartirib turadigan shamolga nima
deyiladi?
A. Passat shamollari B. Musson shamollari
C. Briz shamollari D. G’arbiy shamollar
4. Havo harorati +10 gradus bo’lsa 1 m kub havo o’zida qancha suv bug’ini tutib tura oladi?
A. 5 g B. 9 g C. 17 g D. 21 g
5. Shamolning tezligi qanday asbob bilan o’lchanadi?
A. Anemometr B. Exolot C. Fluger D. Barometr
6. Stratosferaning yuqori chegarasi necha km balandda?
A. 80-85 km B. 50-55 km C. 60-65 km D. 1 000 – 2 000 km
7. Tog’da necha metr balandga ko’tarilsa, nafas qisiladi, bosh aylanadi?
A. 3000 m B. 2500 m C. 1500 m D. 2000 m
8. Qaysi faslda musson shamollari dengiz ustidan sernam havo keltirgani uchun yog’in ko’p
yog’adi?
A. Qish B. Bahor C. Kuz D. Yoz
9. 30 gradus shimoliy va janubiy kengliklardan ekvatorga qarab esuvchi doimiy shamollarga
nima deyiladi?
A. Passat shamollari B. Musson shamollari
C. Briz shamollari D. G’arbiy shamollar
10. Qaysi bulut ob-havo aynib kelayotganini bildiradi?
A. Qat-qat bulut B. Patsimon bulut C. To’p-to’pbulut D. To’g’ri javob yo’q
11. Havo harorati +20 gradus bo’lsa 1 m kub havo o’zida qancha suv bug’ini tutib tura oladi?
A. 5 g B. 9 g C. 17 g D. 21 g
12. Meteorologik stansiyalarda havo namligi qanday asbob bilan o’lchanadi?
A. Anemometr B. Exolot C. Fluger D. Gigrometr
13. Haroratning sutkalik o’zgarishi dasht va cho’llarda necha gradusgacha o’zgaradi?
A. 15-20 B. 10-15 C. 20-25 D. 30-35
14. Havodagi barcha suv bug’lari qaysi qatlamda joylashgan?
A. Stratosfera B. Mezosfera C. Ekzosfera D. Troposfera
15. Shamol vujudga kelishining asosiy sababi nima?
A. Yer yuzasidagi turli joylardagi havo bosimida farq bo’lishidir
B. Yer yuzasidagi turli joylardagi havo haroratida farq bo’lishidir
C. Okeanlardagi qalqish
D. Vulqonlar otilishi
16.Musson shamollari qaysi mintaqalarda kuchli bo’ladi?
A. Janubi-g’arbiy Osiyoda
B. Sharqiy va Janubiy Osiyoda
C. Janubi-sharqiy Osiyoda
D. Shimoliy Afrikada
17. Havo harorati 0 gradus bo’lsa 1 m kub havo o’zida qancha suv bug’ini tutib tura oladi?
A. 5 g B. 9 g C. 17 g D. 21 g
18. O’rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham , Janubiy yarimsharda ham doim g’arb
tomondan esib turuvchi shamollarga nima deyiladi?
A. Passat shamollari B. Musson shamollari
C. Briz shamollari D. G’arbiy shamollar
19. Havo harorati nima yordamida o’lchanadi?
A. Anemometr B. Exolot C. Termometr D. Gigrometr
20. Havoning qancha suv bug’ini tutib turishi nimaga bog’liq?
A. Havo bosimiga B. Havo haroratiga
C. Havo kuchiga D. Yog’in miqdoriga
Do'stlaringiz bilan baham: |