Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Sinus tugun.
Sinus(sinoatrial) tugun uzunligi 15 mm, kengligi 3 mm, qalinligi 1 mm
bo`lgan, ellips shaklidagi, atipik kardiomiotsitlardan iborat tuzilma. O`ng bo`lmachaning
orqa-yon devori yuqori qismida joylashgan(shuningdek, bu yerdan o`ng bo`lmachaga
yuqori kovak vena quyiladi). SA tugun hujayralarida qisqaruvchi filamentlar deyarli yo`q
va ularning diametri bor yo`gi 3-5mkm (bo`lmacha qisqaruvchi tolalari diametri 10-15
mkm). SA hujayralari to`g`ridan-to`g`ri qisqaruvchi tolalar bilan bog`langan. Shuning
uchun, HP hosil bo`lishi bilan tezda bo`lmacha kardiomiotsitlariga tarqaladi.
Sinus tugun avtomatiyasi.
Avtomatiya-ayrim yurak tolalarining mustaqil qo`zg`alishi va
ritmik ravishda miokard qisqarishini chaqiruvchi xususiyati. Aynan SA tugun yurak
qisqarish ritmini nazorat qiladi.
Sinus tugun avtomatiyasi mexanizmi.
Sinus tugunda tinchlik potensiali kichikroq
bo`ladi(-60dan -55 mVgacha), tipik kardiomiotsitda esa -90 dan -85 mV gacha. Bu farq
shu bilan tushuntiriladiki, SA tugun membranasi, kardiomiotsit membranasiga nisbatan
natriy va kaltsiy ionlarini ko`proq o`tkazadi, bu ionlar esa o`z o`zidan hujayra ichi
manfiyligini birmuncha neytrallaydi. Avtomatiya mexanizmiga o`tishdan oldin yana bir
narsani eslab o`tsak: kardiomiotsitlar membranasida 3 tip ion kanallar bor edi:(1) tez
natriy kanallari, (2) sekin kaltsiy(yoki natriy-kaltsiy kanali deb ham nomlanadi) kanallari,
(3) kaliy kanallari. Kardiomiotsitlarda HP yuzaga kelishida dastlab tez natriy kanallari
ochiladi, hujayra ichi qayta zaryadlanadi. Keyin 0.3 sekund davom etuvchi plato fazasi-
sekin kaltsiy kanallari ochilishi hisobidan. Kaliy kanallarining ochilishi va kaliy
ionlarining hujayra tashqarisiga chiqish va tinchlik potensiali tiklanish.
Sinus tugunning tinchlik potensila -55mV, bu holatda ion kanallar ishlash funksiyasi
boshqacha bo`ladi. Bunda tez natriy kanallari inaktiv holatda va HP hosil bo`lishida
deyarli qatnashmaydi ya`ni tez natriy kanallarining juda ko`p qismi inaktiv holatda
bo`ladi, faqat ayrimlari ishlaydi. Bu holatda faqat sekin kaltsiy kanallari ochiladi va HP
shu kanal hisobidan vujudga keladi. Bundan tashqari kardiomiotsitlarga nisbatan sinus
tugunda depolyarizatsiya va repolyarizatsiya jarayonlari nisbatan sekin rivojlanadi(bu
holat sekin kaltsiy kanallar faoliyatiga bog`liq).
Umumiy qilib to`xtalsak:
0-faza-Ko`tarilish ya`ni tez depolyarizatsiya
. 0 faza (boshqa yurak hujayralarida
bo`lgani kabi) harakat potentsialining ko`tarilishidir. E`tibor bering, yurak urishi boshqa
turdagi yurak to`qimalarida bo'lgani kabi tez yoki tik emas. SA tugunidagi
ko`tarilishning ion asoslari ham farq qiladi. Boshqa miokard hujayralarida ko`tarilish
o`tkazuvchanlik(gNa)va ichkariga Na
+
ionlari oqimining ko`payishi natijasidir. SA tugun
hujayralarida
Do'stlaringiz bilan baham: